1 Relyatsion hisoblash – bu relyatsion algebradan farqli o'laroq, protsessual bo'lmagan so'rovlar tilidir, ya'ni u nima qilish kerakligini aytadi, lekin buni qanday qilishni tushuntirmaydi. Relyatsion hisob ikki shaklda mavjud


Download 35.44 Kb.
bet5/19
Sana04.02.2023
Hajmi35.44 Kb.
#1160932
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
41 bilet

5) table_name jadvalida condition ustunidan boshqa ustundagi ma`lumotlarni chiqaradi
43)
1)Ma’lumotlar bazasi – bu ma’lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan ma’lumotlarning nomlangan to‘plami bo‘lib, kompyuter xotirasiga yozilgan ma’lum bir tuzilmaga ega, o‘zaro bog‘langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo‘lib, u biror bir ob’yektning xususiyatini, holatini yoki ob’yektlar o‘rtasidagi munosabatni ma’lum ma’noda ifodalaydi. MB foydalanuvchiga strukturalashgan ma’lumotlarni saqlash va ishlatishda optimal qulaylikni yaratib beradi. Ma’lumki ma’lumotlarni kiritish va ularni qayta ishlash jarayoni katta hajmdagi ish bo‘lib ko‘p mehnat va vaqt talab qiladi. MB bilan ishlashda undagi ma’lumotlarning aniq bir tuzilmaga ega bo‘lishi, birinchidan foydalanuvchiga ma’lumotlarni kiritish va qayta ishlash jarayonida undagi ma’lumotlarni tartiblashtirish, ikkinchidan kerakli ma’lumotlarni izlash va tez ajratib olish kabi qulayliklarni tug‘diradi. MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko‘rinishlarda foydalanish juda qiyin edi. Bugungi kunda turli ko‘rinishdagi ma’lumotlardan zamonaviy kompyuterlarda birgalikda foydalanish va ularni qayta ishlash masalasi hal qilindi. Kompyuterlarda saqlanadigan MB maxsus formatga ega bo‘lgan muayyan tuzilmali fayl bo‘lib, undagi ma’lumotlar o‘zaro bog‘langan va tartiblangandir. Ma’lumotlar bazasi deganda ma’lum bir tuzilmada saqlanadigan ma’lumotlar to‘plami tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda MB ma’lum berilgan aniq bir tuzilmaga ega bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi maxsus formatga ega bo‘lgan fayldir.
2) Jamlashtirish relyasion ma’lumotlar bazasi operatorlaridan biri bo‘lib,
jadvallar orasidagi aloqani belgilaydi va ulardan ma’lumotni bitta komanda
yordamida ajratishga imkon beradi. Xar xil jadvallarda bir xil nomli ustunlar bo‘lishi
mumkin bo‘lgani uchun, kerakli ustun uchun jadval nomi prefiksi ishlatiladi.

Download 35.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling