1 resurslarni taqsimlashning samaradorligi
Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi
Download 38.04 Kb.
|
iqtisod
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ulgurji savdo firmalari - ulgurji xolda (katta part
- Supermarket - bu xaridorning o’ziga-o’zi xizmat ko’rsatishga asoslangan keng tarmoqli savdo korxonasi.
- Auditor firmalar - korxona, firma, kompa niyalar Mo liyaviy xo’jalik
Savdo uylari - savdo muassasasining maxsus turi. U ixtisoslashgan yoki universal bo’lishi mumkin. Ixtisoslashgan savdo uyi ayrim tovarlar bilan (kiyim-kechak, oyoq kiyim, gazlama va q.k.), universal savdo uyi har xil tovarlar bilan savdo qiladi.
Ko’p tarmoqli tashqi savdo firmalari ham savdo uyi deb ataladi. Ular o’z nomidan va ko’pincha o’zlari hisobidan eksport-import hamda boshqa savdo aloqalarini olib boradi. Tashqi savdo uylari savdo korxonalarini sotib olish, jihoz va uskunalarni ijaraga topshirish, kreditlar berish, sug’urta xizmati ko’rsatish bilan Moliya va ishlab chiqarish xizmatida ham qatnashadi. Savdo uylari tarkibida savdo firmalari muhim o’rin tutadi. Ular tijorat ishini yurituvchi va ixtisoslashgan savdo-sotiq korxonalaridir. Firmalar mustaqil yoki yirik sanoat korporatsiyalari tarkibida ish yuritib, ulgurji va chakana savdo bilan shug’ullanadigan turlarga bo’linadi. Ayrim firmalar har ikkala savdo turi bilan ham shug’ullanadi.
Infratuzilma tizimida Moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi muassasalar alohida o’ringa ega. Ular Moliya bozori, uning asosi bo’lgan kapital bozorini shakllantiradi va amal qilish tartib-qoidalarini o’rnatadi. Moliyaviy muassasalardan ko’pchiligi o’ziga xos belgilarga ega bo’lsada. ularning barchasi bitta umumiy belgiga ega. Ular o’zlarining majburiyatlarini bildiradi, ya’ni mablag’lari ortiqcha bo’lgan sub’ektlardan pul qarz oladi va o’z nomidan mablag’lari yetishmagan sub’ektlarga pul qarz beradi. Bozor infratuzilmasining banklar, sug’urta kompaniyalari, soliq va bojxona idoralari kabi muassasalari Moliya-kredit munosabatlarida alohida o’ziga xos o’ringa ega. Bozor iqtisodiyoti sub’ektlarini Moliyaviy axborotlar bilan ta’minlash bozor infratuzilmasining axborot xizmati idoralari, shu jumladan auditorlik firmalari zimmasiga tushadi. Auditor firmalar - korxona, firma, kompaniyalar Moliyaviy xo’jalik faoliyatini tekshirib boruvchi, ular hisobotini ekspertizadan o’tkazuvchi idora. Ular odatda aktsioner jamiyat yoki kooperativ shaklda faoliyat ko’rsatadi va to’liq mustaqillikga ega bo’ladi. Auditor firmalar o’z ishini har bir mamlakatda yoki xalqaro miqyosda qabul qilingan hisob-kitob va taftish qoidalariga binoan olib boradi. Auditor firma ishida qatnashuvchi taftishchilar auditorlar deb ataladi. Shunday qilib, bozor infratuzilmasi va uning qarab chiqilgan elementlari barcha bozor turlarining faoliyat ko’rsatishi, hamda davlatlararo iqtisodiy munosabatlarni tartibga solishni ta’minlaydi.
Raqobat — bozor subʼektlari iqtisodiy manfaatlarining toʻqnashuvidan iborat boʻlib, ular oʻrtasidagi yuqori foyda va koʻproq naflilikka ega boʻlish uchun kurashni anglatadi. Raqobat — mustaqil tovar ishlab chiqaruvchi (korxona)lar oʻrtasida tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda oʻz mavqeini mustahkamlash uchun kurash. Raqobat koʻp qirrali iqtisodiy hodisa boʻlib, u bozorning barcha subʼyektlari oʻrtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Resurslarnn yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. oʻzlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer, ishchi kuchi) yuqori nd/shshrda sotish uchun amalga oshiriladi. Ishlab chiqaruvchilar va resurelarni yetkazib beruvchilar oʻrtasidagi R. bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot toʻliq erkinlashgan sharoitda yaqqol namoyon boʻladi. R. isteʼmolchilar oʻrtasida ham yuz berib, tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga qaratiladi, yaʼni haridor har bir sarflangan pul birligi evaziga koʻproq naflilikka ega boʻlishga harakat qiladi, arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. R.da ishlab chiqaruvchilar oʻrtasida sarflangan harajatlarga koʻproq foyda olish, shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, yaʼni qulay bozorlar, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun kurash boradi. R. asosida ishlab chiqaruvchilarning mulk egasi sifatida alohidalashuvi va mustaqil boʻlishi, manfaatlar toʻqnashuvi yotadi. Chunki har bir mulk egasining oʻz manfaati boʻlib, ular shu manfaatga erishish uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va boshqa barcha sohalardagi faoliyati shu manfaatga boʻysundirilgan boʻladi. R. mavjud boʻlishining yana bir sharti — bu tovarpul munosabatlarining, maʼlum darajada rivojlangan bozor tizimining boʻlishidir. Shu sababli R.ning asosiy sohasi bozor hisoblanadi. Yangi texnologiya joriy qilish, talabga javoban tovar turlarini tez oʻzlashtirish, malakali ishchi kuchiga ega boʻlish va zamonaviy marketing xizmatidan foydalanish kabilar R. kurashidan gʻolib chiqish shartiga aylanadi. Monopoliya R.ga zid, chunki u tovar ishlab chiqaruvchiga tanho hukmronlikni taʼminlab, oʻzaro bellashuv uchun sharoit qoldirmaydi. R. kurash yoʻlini tanlash jihatdan ham halol va gʻirrom R.ga boʻlinadi. Halol R. bozordagi kurashda qabul qilingan, hammaga maqbul usullar bilan olib boriladi, bozor qoidalariga asoslanadi. Firrom R.da taqiqlangan va qoralangan usullar, yaʼni qalloblik, koʻzboʻyamachilik, soʻzida turmaslik, aldash, iqtisodiy josuslik, qoʻporovchilik va hatto jismoniy zoʻravonlik kabi jinoyatkorona usullar qoʻllaniladi. Bozor iqtisodiyoti aslida faqat halol R.ni tan oladi. R. iqtisodiyotni sogʻlomlashtirib turadi. R.dan jamiyat manfaatlari yoʻlida foydalanish va uni nazorat qilishda davlat tomonidan qabul qilinadigan monopoliyaga qarshi qonunlar muhim ahamiyatga ega. R. olib borish usuliga koʻra, narx bilan R. va narxsiz R.ga boʻlinadi. Narx bilan raqobatlashuv tovarlar yoki xizmatlarni raqiblarga Karaganda foydani vaqtinchalik kamaytirish hisobiga arzon narxda sotishni bildiradi (narxdan tashlamalar, ulgurji haridorlarga imtiyozlar va boshqalar), Narxsiz R.ga haridorlarni egallash va saqlab turishning narxlarni arzonlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan har qanday qonuniy usullari kiradi (sifatini oshirish, xizmat muddatini uzaytirish, ekologik tozalik, xavfsizlik va boshqalar) Oʻz miqyosiga koʻra, R. eng avvalo 2 turga — tarmoq ichidagi va tarmoqlararo R.ga boʻlinadi. Iqgisodiy adabiyotlarda tarmoq ichidagi R.ning 4 ta shakli alohida ajralib koʻrsatiladi. Bular erkin R., monopolistax R., monopoliya va oligopoliyatrR.ning amal qilishi uchun muayyan shartsharoitlar mavjud boʻlishi shart. Bu shartsharoitlar faqat bozor munosabatlari qaror topgan muhitda boʻlishi mumkin. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillarining kuchayib borishi bilan R. cheklanadi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish uchun davlat monopoliyalarga qarshi siyosat olib boradi, iqtisodiyotni monopoliyadan chiqarish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi, monopoliyaga qarshi qonunchiliknn amalga oshiradi. Davlatning R.ga nisbatan siyosati uning maʼrifatli, madaniy koʻrinishlari va qoidalarini taʼminlashga yoʻnaltiriladi. Bunday siyosat ishlab chiqarishni takomillashtirish, mahsulotlarni samarali taqsimlashga, texnika va iktisodiy taraqqiyotga yordam beradi, isteʼmolchilarning manfaatlarini ximoya qilishga xizmat qiladi. Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish davrida xukumat tomonidan iktisodiyotda R. muhitini yaratish masalasiga alohida eʼtibor berildi. Jahondagi barcha rivojlangan davlatlarda boʻlgani kabi Oʻzbekistonda ham R. boʻyicha davlat siyosati amalga oshiriladi. Shu maqsadda 1996-yil 15 martda Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi. Keyinchalik, u mustaqil davlat qoʻmitasiga aylantirildi. Oʻzbekistonda R.chilik muhitini vujudga keltirishda narx bilan raqobatlashuv usuli tanlandi va narxlar erkin qoʻyib yuborildi. "Monopolistik faoliyatni cheklash toʻgʻrisida"gi (1992-yil 3 avgust) konunga koʻra, narxlarni monopollashtirish, bozorda ataylab taqchillik yaratish, R.ning gʻirrom usullarini qoʻllash man etiladi. "Isteʼmolchilarning huquqdarini himoya qilish toʻgʻrisida"gi (1996-yil 26 aprel) qonuniga asosan, gʻirrom R.ga yoʻl qoʻymaydigan mexanizmni yaratishga ham alohida eʼtibor berilgan. "Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻgʻrisida" (1996-yil 27 dekabr) qonunida ham sogʻlom R. muhitining huquqiy shartsharoitlari taʼminlab berilgan. Ahmadjon Oʻlmasov. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi asosiy vazifalarini ajratib koʻrsatish mumkin: tartibga solish vazifasi; resurslarni joylashtirish vazifasi; innovatsion vazifa; moslashtirish vazifasi; taqsimlash vazifasi; nazorat qilish vazifasi. Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (isteʼmol)ga muvofiqlashtirish maqsadida taklifga taʼsir oʻtkazishdan iborat. Aynan shu vazifa yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi, yaʼni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi. Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini ular eng koʻp samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona joylashtirish imkonini beradi. Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti subʼektlarining rivojlanishini taqozo etuvchi turli koʻrinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi. Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yoʻnaltirilgan boʻlib, ularning shunchaki oʻzini-oʻzi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xoʻjalik faoliyati sohalarining ekspansiyasi (kengayishi)ga oʻtishini bildiradi. Raqobatning taqsimlash vazifasi ishlab chiqarilgan neʼmatlar yalpi hajmi (yalpi ichki mahsulot)ning isteʼmolchilar oʻrtasida taqsimlanishiga bevosita va bilvosita taʼsir oʻtkazadi. Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasi bozordagi baʼzi ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik oʻrnatishiga yoʻl qoʻymaslikka yoʻnaltiriladi. Raqobat kurashining mazmuni toʻgʻrisida toʻlaroq tushunchaga ega boʻlish uchun uning asosiy shakllari va belgilarini koʻrib chiqish zarur. Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning toʻrtta shakli alohida ajratilib koʻrsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistic raqobat, monopoliya va oligopoliyadir Download 38.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling