1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtiso
1.2. Normativ va pozitiv mikroiqtisodiyot
Mikroiqtisodiyot fani firma va uy xo`jaliklarining qarorlarini va ularning maxsus bozorlardagi o`zaro aloqalarini, firma va uy xo`jaliklarining iqtisodiy qaror qabul qilishi va ularning bozordagi o`zaro aloqalarini, raqobat va ishchilar daromadi qanchalik ularning hatti-harakatlariga ta’sir qilishini ham o`rganadi. Mikroiqtisodiyot fani makroiqtisodiyot bilan juda ham bog’liqdir, chunki, butun dunyoda sodir bo`layotgan iqtisodiy o`zgarishlar o`sha alohida individual sub’ektlarning iqtisodiy munosabatlarining mahsulidir. Makroiqtisodiy o`sishni mikrodarajadagi munosabatlarning uyg’unlashuvisiz tasavvur qilish qiyin. Misol qilib olsak, makroiqtisodiyotchilar davlat miqyosida tovar va xizmatlardan olinadigan daromad solig’ining ta’sirini o`rganishlari uchun, ular har bir xo`jalik yurituvchilarning tovar va xizmatlarni ayirboshlashga bo`lgan salohiyatini bilishlari zarurdir. Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyot bir biriga aloqador bo`lib o`xshab ketsa-da, ammo ikkisi alohida fandir. Chunki, ikkisi turli savollarga javob bo`ladi, har bir fanning o`zini alohida usullari mavjud bo`lib, ikkovi ham alohida fan sifatida bir biridan ajralgan holda o`rganiladi. Mikroiqtisodiy nazariyaning ikki ko`rinishi o`zaro farqlanadi: a) pozitiv mikroiqtisodiyot; b) normativ mikroiqtisodiyot. Pozitiv mikroiqtisodiyot real iqtisodiy hodisalarni va ularning aloqadorliklarini o`rganadi. Pozitiv tahlil iqtisodiyotdagi hodisalarni tushuntirishni bildirsa, normativ tahlil bular qanday bo`lishi kerak, degan savolga javob beradi. AQSH hukumati avtomobillar importiga kvota belgilaydi, deylik. Bunda mamlakatda chiqariladigan avtomobillarning narxi, ularning miqdori va sotilishida nima o`zgaradi? Bu avtomobillardan foydalanuvchilarga va avtomobil sanoatida ishlovchilarga qanday ta’sir etadi, degan savollar paydo bo`ladi. Bu savollar pozitiv tahlil doirasiga kiradi. Mikroiqtisodiyotda pozitiv tahlil markaziy o`rin egallaydi. Normativ mikroiqtisodiyot esa qaysi sharoitlar yoki jihatlar maqbul yoki nomaqbul ekanligini belgilaydi, harakatning aniq yo`nalishlarini taklif etadi. Normativ tahlil faqat iqtisodiy siyosatning sifatli tanloviga daxldor emas. U siyosatning aniq talqinlarini ishlab chiqishni ham qamrab oladi. Benzin solig’i maqbul degan qarorga kelingach, uning miqdori haqidagi masala yuzaga keladi. Biz xarajatlar va daromadlar muvozanatini hisobga olib benzinga solinadigan soliq optimal miqdori qanday bo`ladi, degan savolni beramiz. Normativ taxlil ko`pincha baho berish xususidagi mulohazalar bilan to`ldiriladi. Masalan, benzinga soliqni import qilinadigan neft uchun qo`yilgan boj bilan taqqoslab shunday xulosaga kelish mumkin, garchi neft solig’ini boshqarish yengil bo`lsa- da, bu kam daromadli iste’molchilarga ancha ko`proq ta’sir o`tkazishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling