1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
Download 0.64 Mb. Pdf ko'rish
|
1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtiso
1.4. Bozor va uning vazifasi
Xususiy mulkchilik- bu fuqaro yoki firmani iqtisodiy ne’matga egalik qilish, foydalanish, taqsimlash huquqidir. Agar mulkchilik huquqlari yaqqol aniqlangan va ishonchli himoyalangan bo`lsa, bunday tizim resurslardan yaxshiroq foydalanishni ta’minlaydi. Tadbirkorlik erkinligi har qanday inson tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishi mumkinligini: resurslarni sotib olish va o`z tanloviga ko`ra har qanday tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni tashkil etish, ularni bozorda sotish, pullarni bankka qo`yish va boshqalarni ko`zda tutadi. Tanlash erkinligi resurs egalarini ularni o`z hohishiga qarab foydalanish: xodimlar uchun har qanday faoliyat turi bilan shug’ullanish, iste’molchilar uchun o`z pul daromadlariga tovar va xizmatlarni sotib olish imkoniyatini ko`zda tutadi. Tanlovning to`g’riligi va tadbirkorlik erkinligi iqtisodiyot holati haqidagi axborot to`la hajmining mavjudligi bilan aniqlanadi. [1] N.Gregory Mankiw. Principles of Microeconomics. (Fifth edition). USA 2008. P 30-34 Raqobat • cheklangan resurslarning ko`proq miqdoriga, ulardan eng ko`p qaytim olish maqsadida ularni o`z ihtiyoriga olish uchun xo`jalik sub’ektlari o`rtasidagi musobaqadir. optimallashtirish tamoyili • har bir faoliyatdan va resurslardan foydalanishdan maksimal foyda olish; muqobil xarajatlar tamoyili • noyob resurslardan foydalanish yo`nalishlarining barchasidan olinadigan foyda va xarajatlarni solishtirish orqali. Mikroiqtisodiyot iqtisodiy sub’ektlarni ikkiga bo`lib qaraydi - iste’molchilar (uy xo`jaliklari) va ishlab chiqaruvchilar (firmalar). Iste’molchining maqsadi - mumkin darajada o`zining ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish bo`lsa, ishlab chiqaruvchilarning maqsadi - foydani yoki boshqa bir faoliyat ko`rsatkichlarini maksimallashtirishdan yoki minimallashtirishdan iboratdir. Jamiyatda vujudga keladigan yana bir muammo - bu iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar faoliyatini muvofiqlashtirishdir: • ishlab chiqaruvchilar faoliyatini (kim qaysi mahsulotdan qancha ishlab chiqaradi) muvofiqlashtirish; • iste’molchilar faoliyatini (kim, qaysi mahsulotdan, qancha iste’mol qiladi) muvofiqlashtirish; • ishlab chiqarish va iste’mol qilish bo`yicha qabul qilingan qarorlarni muvofiqlashtirish. E’tiboringiz uchun rahmat ! Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling