1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtisodiyotning ahamiyati


Download 0.64 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/4
Sana10.11.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1764312
  1   2   3   4
Bog'liq
1. Resurslarning cheklanganligi va ularni taqsimlash Mikroiqtiso



Toshkent moliya instituti
2-kurs I-90 guruh talabasi
Zoxidov Shokirjonni
Mikroiqtisodiyot fanidan
tuzgan taqdimoti


1.Resurslarning cheklanganligi va ularni 
taqsimlash
2. 
Mikroiqtisodiyotning ahamiyati
3.Bozor va uning vazifasi
Reja:
Mikroiqtis odiyot fanining
predmeti, maqs adi va
vazifalari


Resurslarni cheklanganligi inson, oila, jamiyat oldiga tanlov 
muammosini qo`yadi:
o
nima va qanday miqdorda ishlab chiqarish?
o
qanday texnika va texnologiyani qo`llash?
o
ishlab chiqarilgan kim tomonidan mahsulot iste’mol
qilinadi?
Aynan shuning uchun mikroiqtisodiyot fanining e’tibor
markazida - ishlab chiqarish uchun zarur resurslarning
cheklanganlik muammolarini va ulardan oqilona foydalanishni
ta’minlash yo`llarini o`rganish turadi. 


Muqobil qiymat
Bu voz kechilgan boshqa iqtisodiy ne’mat
qimmati bilan o`lchanadigan iqtisodiy
ne’mat qimmatidir
Shuni esda saqlash lozimki, inson ehtiyojlarining birini qondiruvchi iqtisodiy
ne’matlarni tanlash, boshqa ehtiyojni qondiruvchi iqtisodiy ne’matlardan voz
kechishga olib keladi. Masalan, sizda mavjud bo`lgan 3 metr mato bo`lagidan
yo ko`ylak, yoki kamzul tikish mumkin. Mato miqdorining cheklanganligi
uchun ham sizda ham ko`ylak, ham kamzul tikish imkoni yo`q. Bu vaziyatda
tanlash kerak bo`ladi. Bu tanlov yo ko`ylakdan, yoki kamzuldan voz kechishni
ko`zda tutadi. Ko`ylakni tanlash qarori kamzulga ega bo`lishdan voz kechishni
bildiradi, ya’ni yangi ko`ylakning qimmati kamzulga ega bo`lib, olish mumkin
bo`lgan foyda va quvonchlarga teng. Unda ko`ylakning muqobil qiymati
borligi aytiladi – bu kamzul. Agar kamzul tanlansa - uning muqobil qiymati
ko`ylak bo`ladi.



Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling