1. rieltorlik faoliyati to‘G‘risida


Download 44.29 Kb.
Sana16.05.2020
Hajmi44.29 Kb.
#106740
Bog'liq
mulk 2-mavzu mustaqil ishi


1.RIELTORLIK FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2010-yil 23-noyabrda qabul qilingan


Senat tomonidan 2010-yil 3-dekabrda ma’qullangan

Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 10-maydagi 129-sonli qarori bilan tasdiqlangan



Rieltorning malaka sertifikatini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom  (ro‘yxat raqami 2236, 10.06.2011-y.).angan “Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risida”gi nizom.

Rieltorlik faoliyati- yuridik va jismoniy shaxslarning ko‘chmas mulk obyektlariga va ularga bo‘lgan huquqlarga doir bitimlar tuzish bilan bog‘liq xizmatlarni shartnoma asosida ko‘rsatish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatidir.

Rieltorlik faoliyati rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organi tomonidan beriladigan rieltorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) asosida amalga oshiriladi. Rieltorlik faoliyatini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

2. Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish

Malaka sertifikatining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

malaka sertifikatiga ega bo‘lgan shaxsning arizasi;

rieltor tomonidan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish davomida olingan ma’lumotlar buyurtmachining yozma ruxsatisiz uchinchi shaxslarga taqdim etilganligi;

rieltorlik faoliyatini amalga oshirishda bir yil ichida ikki martadan ko‘p qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligi;

malaka sertifikatini rieltorlik faoliyatida foydalanish maqsadida boshqa jismoniy shaxsga berilganligi faktining aniqlanganligi;

muayyan mansabni egallash yoki xo‘jalik sohasida muayyan faoliyat bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etish tarzidagi jazoni nazarda tutuvchi sud hukmining qonuniy kuchga kirganligi;

fuqaroni belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topish to‘g‘risidagi sud qarorining qonuniy kuchga kirganligi.

Malaka sertifikatining amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan sanadan e’tiboran tugatiladi.

Ushbu modda birinchi qismining uchinchi—beshinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha malaka sertifikatining amal qilishi tugatilgan shaxs malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organiga malaka sertifikati olish uchun ariza bilan murojaat qilishga haqli emas.

Rieltorlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining malaka sertifikatining amal qilishini tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.

3. Rieltorlik tashkiloti va rieltorning majburiyatlari

Rieltorlik tashkiloti va rieltor:

buyurtmachining talabiga binoan litsenziyani va malaka sertifikatini ko‘rsatishi;

o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilishi;

buyurtmachiga rieltorlik xizmatlarini faqat rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi asosida ko‘rsatishi;

rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish chog‘ida buyurtmachining manfaatlarini ifodalashi;

rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish davomida olingan maxfiy axborotni oshkor etmasligi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;

buyurtmachidan olingan hujjatlarning but saqlanishini ta’minlashi;

buyurtmachiga ko‘chmas mulk obyektiga, unga bo‘lgan huquqlarga taalluqli ishonchli va to‘liq axborotni, shuningdek ko‘chmas mulk obyektining mulkdori (huquq egasi) haqidagi ushbu Qonunda nazarda tutilgan axborotni taqdim etishi;

buyurtmachini ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan axborot bilan ta’minlashi;

buyurtmachining yozma murojaatlariga yozma shaklda javob berishi;

bajarilgan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomalari bo‘yicha arxiv materiallarini shakllantirishi va ularni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan muddat mobaynida saqlashi shart.

Rieltorlik tashkiloti va rieltorning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

4. Rieltorlik faoliyatini axborot bilan ta’minlash

Rieltorlik tashkilotiga va rieltorga axborot taqdim etish shartlari

Rieltorlik tashkiloti yoki rieltordan buyurtmachi bilan tuzilgan rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasining ko‘chirma nusxasi ilova qilingan holda yozma so‘rov olingan taqdirda davlat organlari va boshqa tashkilotlar ushbu Qonunning 18-moddasida ko‘rsatilgan axborotni belgilangan tartibda taqdim etadi.



Rieltorlik tashkilotiga va rieltorga taqdim etiladigan axborot

Rieltorlik tashkilotiga quyidagi organlar va tashkilotlar tomonidan axborot taqdim etiladi:

yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan — yuridik shaxslarning davlat reyestriga kiritilgan ma’lumotlar hajmida;

ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlarni va u haqda tuzilgan bitimlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan — ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestriga va ko‘chmas mulk haqidagi ochiq foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar bazalariga kiritilgan ma’lumotlar hajmida;

davlat soliq xizmati organlari tomonidan — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha soliqlarni to‘lash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;

ichki ishlar organlari tomonidan — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyekti manzili bo‘yicha fuqarolar qayd etilganligi haqida;

kommunal xizmatlar ko‘rsatuvchi tashkilotlar tomonidan — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlar uchun haq to‘lash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;

uy-joy mulkdorlari shirkatlari, boshqaruvchi tashkilotlar yoki boshqaruvchilar tomonidan — bitim predmeti bo‘lgan ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha umumiy mol-mulkni saqlash uchun majburiy badallarni to‘lash yuzasidan qarz mavjud emasligi haqida;



5. Rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasiga taalluqli majburiy talablar

Rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi rieltorlik tashkiloti yoki rieltor tomonidan buyurtmachi bilan yozma shaklda tuziladi.

Rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasi quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

rieltorlik xizmatlarining mazmuni;

rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish muddatlari;

ko‘rsatilgan rieltorlik xizmatlariga to‘lanadigan haqning miqdori, shartlari va muddatlari;

rieltorlik tashkiloti yoki rieltor hamda buyurtmachining huquq va majburiyatlari;

taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi hamda uchinchi shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini buzganligi uchun javobgarligi;

shartnomani bekor qilish tartibi va shartlari;

shartnoma bo‘yicha majburiyatlar bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda mablag‘larni qaytarish tartibi;

rieltorlik tashkilotida yoki rieltorda litsenziyaning mavjudligi haqidagi ma’lumotlar uning tartib (ro‘yxatdan o‘tkazilganlik) raqami va berilgan sanasi ko‘rsatilgan holda;

rieltorlik tashkilotida yoki rieltorda o‘z fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish polisining mavjudligi haqidagi ma’lumotlar.



Rieltorlik xizmatlari ko‘rsatish shartnomasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Download 44.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling