52. Inflatsion risklarning yuzaga kelish asosiy sabablari to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni ko‘rsating.
milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar, talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar;
jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar, talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar;
milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar, jamg‘arma va iste’mol o‘rtasidagi nomutanosibliklar, talab va taklif orasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar; D) milliy iqtisodiyot ayrim sohalari o‘rtasidagi nomutanosibliklar, davlat daromadlari va xarajatlari orasidagi nomutanosibliklar.
53. O‘rganilayotgan davr ichida narxlar qancha foizga o‘zgarganligini aniqlovchi ko‘rsatkich nima deb taladi.
inflatsiya riski;
inflatsiya indeksi;
inflatsiya darajasi;
inflatsiya nominali. 54. O‘rganilayotgan mahsulotning davr boshidagi narxi 900 so‘m, hozirgi narxi 972 so‘m. Mahsulot uchun inflatsiya darajasini aniqlang.
7 %;
9 %;
6 %;
8 %.
55. O‘rganilayotgan davr ichida narxlar nechta martaga oshganligini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich qanday ataladi.
inflatsiya riski;
inflatsiya indeksi;
inflatsiya darajasi; D) inflatsiya nominali.
56. O‘rganilayotgan mahsulot uchun inflatsiya darajasi 8 % ni tashkil etadi. Mahsulot uchun inflatsiya indeksini aniqlang.
1,08;
1,008;
1,8; D) 1, 64.
57. ……………………– bu kreditor tomonidan ishlab topilgan hamda pulning sotib olish qobiliyati o‘zgarishi hisobga olingan holda to‘g‘rilangan yoki o‘zgartirilgan nominal foiz stavkasidir.
real narx darajasi;
inflatsiya darajasi;
real daromadlilik stavkasi; D) nominal daromadlilik stavkasi.
58. Agar nominal foiz stavkasi yillik 8 %ni tashkil etsa, iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflatsiya darajasi esa yillik 5% bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi?
2,60 %;
3 %;
3,83 %;
2,86 % .
59. Agar nominal foiz stavkasi yillik 19 %ni tashkil etsa, iste’mol narxlari indeksi o‘zgarishiga proporsional tarzda o‘zgaruvchi inflatsiya darajasi esa yillik 14,4 % bo‘lsa, daromadlilikning real stavkasi qanday bo‘ladi?
5,60 %;
4,02 %;
4,06 %;
5,20 %.
Do'stlaringiz bilan baham: |