1. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi haqida tushuncha. Katta yoshdagi inson salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi omillar


Download 31.02 Kb.
bet1/16
Sana04.11.2021
Hajmi31.02 Kb.
#170465
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Sog‘lom turmush tarzi


Sog‘lom turmush tarzi

Reja:


  1. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi haqida tushuncha. Katta yoshdagi inson salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi omillar

  2. Salomatlikni saqlashda ruhiy holatni boshqarish. Katta yoshdagilar salomatligini muhofaza qilishning asosiy prinsiplari va sog‘lom turmush tarzi targ‘iboti vositalari.

1. Salomatlik va sog‘lom turmush tarzi haqida tushuncha. Katta yoshdagi inson salomatligini qo‘llab-quvvatlovchi omillar

Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko‘rishning yagona yo‘li sog‘lom turmush tarzi ekanligi endilikda hech kimga sir emas. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda yashovchilar ko‘proq turmush tarzini sog‘lomlashtirishga harakat qilishadi. Shu bois, eng avvalo, o‘z sog‘lig‘ini o‘ylash darkor. Ikkinchidan, sog‘liqni ta’minlagan holda o‘zining iqtisodini ham mustahkamlab borishi lozim. Zero, bozor iqtisodiyoti sharoitida har bir odam sog‘lom, baquvvat bo‘lishi kerak. Sog‘lom turmush tarzi tarafdorlarining fikricha, agar odamlar quyidagilarga amal qilishsa, deyarli kasal bo‘lishmaydi.



Birinchi shart. Ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil qilish. Bu – kundalik iste’mol qiladigan oziq-ovqatlarni kishi tanasidagi fiziologik, biologik talablar asosida tashkil etish. To‘g‘ri ovqatlanish shunday tashkil etilishi kerakki, u o‘zining fizik, kimyoviy hamda biologik xususiyatlari bilan inson tanasiga og‘irlik qilmasligi, aksincha, tez va oson hazm bo‘lib, organizmni kerakli oziq moddalar bilan ta’minlay olishi lozim.


Download 31.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling