1. Samarqand vohasining eng qadimgi va qadim davri. Samarqandning vujudga kelishi va Sug‘dda ilk shahar markazlari


Biz Afrosiyob arkining platformasini qachon barpo etilganligini aniq bilmaymiz. Lekin u Ko‘ktepadagi g‘ishtlarga o‘xshash g‘ishtlardan qurilgan


Download 107.45 Kb.
bet4/8
Sana04.11.2023
Hajmi107.45 Kb.
#1748368
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-maruza mavzu

Biz Afrosiyob arkining platformasini qachon barpo etilganligini aniq bilmaymiz. Lekin u Ko‘ktepadagi g‘ishtlarga o‘xshash g‘ishtlardan qurilgan.
Odatda qadimiy diniy markazlarda doimo mahalliy aholi yig‘ilishgan va bu yerda ibodatxona bunyod etilgan. Bu qadimgi sharqda ahamoniylardan to arablar bosqinigacha bo‘lgan davrda O‘rta Osiyo ibodatxonalarining asosiy rejasi, masjid va ibodatxonalarning asosiy qurilish rejasiga aylangan.


3. Samarqand to‘g‘risida yunon-rim tarixchilari asarlaridagi maʼlumotlar tavsifi
Samarqandning antik davri tarixi ko‘plab tarixchilarining yozma manbalarida, ko‘plab tarixchilarning maqola va kitoblarida hamda arxeologik manbalarda saqlangan. Eng qadimgi manbalardan miloddan avvalgi I asrlarda yozilgan «Strabon geografiyasi” nomli asardir. Unda yozilgan voqealar Samarqand shahri nomining eslatilishi miloddan avvalgi IV asrning oxirgi choraklariga, Aleksandr Makedonskiyning O‘rta Osiyo hududlariga yurishi davriga to‘g‘ri keladi (329-327 yy.).
Aleksandr tuzgan rejaga asosan uning «zafarli yurishlarini” tarixchilar, yozuvchilar yozib yurishlari kerak edi. Bu to‘g‘risida Sitseron shunday maʼlumot beradi: Buyuk Aleksandrning topshirig‘iga ko‘ra uning yurishlarida tarixchilar va yozuvchilar qatnashib, yunon-makedon armiyasining zafarli yurishlarini doimiy ravishda yozib borishlari va abadiyatga muhrlashlari kerakligi to‘g‘risida buyruq berdi. Voqea va hodisalarning ichida, yaʼni, armiya tarkibida bo‘lib, ularni yozib yurganlar ichida lashkarboshi Aristovul o‘g‘li Aristobul, Laganing o‘g‘li Ptolomey ham bor edilar. Ularning yozganlaridan keyingi davr tarixchilari ham o‘z asarlarida keng foydalanganlar.
Aleksandrning sharqqa yurishlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar uning yurishlari to‘g‘risida tarixchi va yozuvchilar tomonidan yozilgan birlamchi asarlar bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo‘lgan Arrian, Kvint Kursiy Ruf kabi tarixchilar tomonidan qoldirilgan . Ayniqsa, Aleksandrning O‘rta Osiyo hududlariga yurishlarining batafsil, aniq va ishonarli tafsilotlari yunon Arrian (milodiy II asr) asarlarida yaxshi berilgan. Ammo rimlik faylasuf Kvint Kursiy Ruf (milodiy I asr) asarlarida ham Aleksandrning O‘rta Osiyoga yurishlari to‘g‘risida juda ko‘plab maʼlumotlar bo‘lsa ham, ularning ko‘pchilik qismi falsafiy mushohadaga boyligi bilan farqlanadi. Plutarx (I-II asrlar) va Yustin (II asr) asarlarida Aleksandrning O‘rta Osiyoda olib borgan janglari deyarli eslatilmaydi. Miloddan avvalgi I asrlarda yashagan Diodor Sitsiliyskiyning XVII kitobi «Tarixiy kutubxona” asarining mundarijasida Aleksandr Makedonskiyning barcha yurishlari batafsil bayon qilingan. Ammo bu asarda Aleksandrning Amudaryoning o‘ng tomonida olib borgan janglari to‘g‘risidagi maʼlumotlar yo‘qolgan.
Bizgacha yetib kelgan asarlar ichida eng muhim Kvint Kursiy Ruf va Arrian asarlaridir. Flaviy Arrianning «Aleksandr Anabasisi” («Aleksandr yurishi”) yunon tilida yozilgan asardir. Bu asar 7 ta kitobdan iborat bo‘lib, shaxsan Aleksandrning xatlari, saroyda tutilgan kundaliklardan, yurishlarning qatnashchilari, ayniqsa, Aristovul va Ptolemey Laganing hamda bizgacha yetib kelmagan manbalarga asoslanib yozishgan. Arrian asli yozuvchi-harbiy bo‘lib, imperiyaning turli viloyatlarida xizmat qilib, harbiy sanʼat to‘g‘risida ham asar yozgan yozuvchidir. Lekin uning O‘rta Osiyo hududlaridagi «Aleksandr yurishlari” to‘g‘risidagi kitobi eng ishonchli maʼlumotlar qatoriga kiradi.
Manbalarga ko‘ra, miloddan avvalgi IV asrning uchinchi choragidan Ahamoniylar imperiyasining sharqiy viloyatlari, Baqtriya va Sug‘d Ahamoniylar tomonidan qo‘yilgan satrap va uning yaqinlari tomonidan boshqarilgan. Lekin jamiyatda ham, boshqaruvda ham mahalliy zodagonlar katta o‘rin egallagan. Yunon-makedon hujumi vaqtida to‘g‘ridan-to‘g‘ri Baqtriya satrapi Bessga bo‘ysunishgan. Boshqa paytlarda esa, markaziy boshqaruv apparatiga ham, shuningdek, Baqtriya satrapiga ham bo‘ysunmay qo‘ygan paytlari bo‘lgan.
Yunon manbalarida Sug‘diyona janubda Amudaryo va shimolda Sirdaryoning yuqori oqimlari bilan chegaralanishi keltiriladi. Sug‘diyona to‘g‘risidagi to‘liq maʼlumotlarni geograf Klavdiy Ptolomeyning asarlarida ko‘rish mumkin. U bu maʼlumotlarni bizgacha yetib kelmagan geograf Marina Tirskiyning (milodiy II asr) maʼlumotlariga asoslanib yozgan. Ptolemeyning yozishicha, «Sug‘diyonani janubiy chegarasining bir qismi Oks (Amudaryodan), boshqa qismi Kavkaz tog‘lari, Hind tog‘lari deb ham ataladi”. Bu yerda Paropamis tog‘larining davomi nazarda tutilgan (Paropamis - Hindiqush tog‘larining hindcha atalishi).
Ptolemeyga ko‘ra, Sug‘diyona g‘arbda Oks daryosi bilan Marg‘iyonadan ajralib turgan. Shimolda «Oks tog‘lari” «Skifiya” mamlakatidan ajratib turgan bo‘lsa, sharqda Yaksart (Sirdaryo) daryosi va Komed tog‘lari saklar bilan Sug‘diyona o‘rtasidagi chegarani tashkil etadi.
Demak, Aleksandr Makedonskiy yurishlari davrida Sug‘diyonaning chegarasi janubda Amudaryo bo‘lgan, hatto janubiy Tojikiston, O‘zbekistonning Surxondaryo viloyati hududlari (o‘rta asrlardagi Toxariston ham) bo‘lsa, shimoliy va sharqiy chegarasi Sirdaryo bo‘lgan. Ammo bu chegara keyingi davrlarda, ayniqsa, o‘rta asrlarda arab geograflari tomonidan Sug‘d deganda faqat Zarafshon vodiysi tushunilgan.
Miloddan avvalgi VI-IV asrlarga oid ahamoniy podsholari tomonidan qoldirilgan yozuvlarda, bu podsholik tomonidan bosib olingan satrapliklar sanalgan ro‘yxatda Suguda (Suguda) atamasi ishlatilgan. Yozilgan xatlarning birida Ahamoniylar imperiyasining podshosi Doro III ning Suzadagi saroyini bezash uchun qimmatbaho toshlar Sug‘ddan lazurit va qizil serdolik, Baqtriyadan oltin, Xorazmdan «qora tosh” olib kelingani to‘g‘risidagi xabar keltirilgan. Lekin Old Osiyoda miloddan avvalgi IV mingyillikdan boshlab lazurit qazib olinadigan asosiy makon Badaxshon hisoblangan. Aslida Sug‘d hududida lazurit konlarining borligi maʼlum emas. Shuning uchun lazurit minerali bor hudud Badaxshon ahamoniylar imperiyasi davrida Sug‘d satrapligiga kirgan bo‘lishi mumkin. Shunday qilib, miloddan avvalgi VI-V asrlarda ahamoniylar sulolalarining yozuvlari bo‘yicha Sug‘d alohida satraplik sifatida eslatilgan.
Ahamoniylar imperiyasiga soliq to‘laydigan hududlar ro‘yxatida Sug‘d Parfiya, Xorazm va Ariyaning (hozirgi Hirot o‘rnidagi viloyat) XVI okrug tarkibiga kirganligi to‘g‘risidagi xabar bor. Aynan shu ro‘yxat ahamoniylar podsholaridan biri Kserks hukmronligi (486-465 yy.) va Artakserks I (465-423 yy.) davrlarida sharqiy Eron satrapliklarining ancha kengayib borganligini ko‘rsatadi.
Arrian va Kvint Kursiyning miloddan avvalgi IV asrda yashagan podshoh Doro III davriga oid maʼlumotlarda Sug‘d viloyati hindlar va baqtriyaliklar bilan birgalikda, yaʼni, Baqtriya satrapligi tarkibida uchraydi. Ularda taʼkidlanishicha, Ahamoniylar imperiyasi o‘zining yunon-makedon armiyasiga qarshi kurashida doimo turli satrapliklarning yordamiga tayangan. Masalan, Doro III davrida sug‘diylar Bess boshchiligidagi Baqtriya satrapligi tarkibida hindlar, (Hindistonning shimoliy chegaralaridagi qabilalar bo‘lishi kerak) baqtriyaliklar bilan birgalikda janglarda qatnashishgan. Arrianning xabar berishicha, Gavgamel jangida skiflar ham qatnashishdi (Osiyo skiflari), ammo ular Bessga bo‘ysunishmagan, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri Doroning ittifoqchisi sifatida jangda qatnashib katta muvaffaqiyatlarga erishganlar. Bu jangda saklarga Mavak bosh bo‘lgan bo‘lib, ular otni boshqarishda, otdan kamon otishda mohir edilar. Kvint Kursiy Ruf sharqiy Eron va O‘rta Osiyolik harbiylarning harakatini quyidagicha tasvirlaydi: armiyaning chap qanotida baqtriyalik mingta otliq, yana shuncha daxlar, araxozlar va suzianlar to‘rt ming kishini tashkil etishdi. Ularning orqasidan yuzta o‘roqsimon tumshuqli aravalar, ularning ortidan 8 ming otliqdan iborat baqtriyaliklar, bu otliq baqtriyaliklarning orqasidan 2 mingta massagetlar harakatlanishar edi. Ko‘p hollarda piyodalarni otliqlar bilan qo‘yishmas edi. Lekin har qaysi qo‘shin o‘zlarining guruhlari bilan birga bo‘lishga harakat qilishar edi .
Ahamoniylarning satrapliklardan har yili to‘playdigan soliqlarining miqdori 14560 talant bo‘lgan. Bu to‘rt tonna kumushning qiymatiga to‘g‘ri kelgan. Bu to‘lanadigan soliqlarning katta qismi g‘arbdagi satrapliklarga to‘g‘ri kelar edi. Chunki bu hududlar iqtisodiy jihatdan ancha to‘q bo‘lgan hududlar qatoriga kirgan. Sharqiy Eron va O‘rta Osiyo xalqlari ham anchagina soliq to‘laganlar. Gerodotning xabar berishicha, Baqtriya 360 talant, Parfiya, Xorazm, Sug‘d va Ariya 300 talant, saklar va kaspilar 250 talant. Umuman, O‘rta Osiyoning uchta satrapligi ahamoniylarga 910 talant kumush to‘lashi belgilangan. Bu miqdor Ahamoniylar imperiyasiga soliq to‘laydigan eng boy satrapliklar Vavilon va Assuriyadan biroz kam edi xolos. Bulardan tashqari satrapliklardagi aholi natural soliq ham to‘laganlar. Bunday soliqlar podsholarga (satraplarga ham bo‘lsa kerak) atalgan turli mahsulotlar va ayniqsa, vino sovg‘a tarzida berib turilgan. O‘rta Osiyoda suvga ham soliq joriy etilganligi, ayniqsa suv omboridagi shlyuzlarni ochish uchun soliq bo‘lganligi to‘g‘risida yozma maʼlumotlar saqlanib qolgan .
Sug‘diylar ham bosib olingan xalq sifatida majburiy mehnatga jalb etilgan. Bundan tashqari, barcha satrapliklarni aholisi, shu jumladan sug‘diylar ham majburiy harbiy xizmatni o‘tashgan. Ular harbiy to‘qnashuvlar davrida ahamoniylar imperiyasining askari sifatida jang qilishga majbur edilar. Ahamoniylar imperiyasining turli hududlaridagi harbiy qismlarda turli satrapliklarning askarlari xizmat qilishgan.
Sug‘d va unga kirgan hududlar to‘g‘risida eng qadimgi diniy mazmunga va rivoyatlardan iborat bo‘lgan asar Avestoda keltirilgan maʼlumotlarning eng qadimgilari miloddan avvalgi VIII-VII asrlarga oid bo‘lib, bu asarlarning ham asosiy qismlari milodning IV-V asrlarda ko‘chirilgan nusxasi tufayli biz shunchalik qimmatli maʼlumotlarni olamiz. Avestoning bizgacha yetib kelgan maʼlumotlari ham juda qisqa bo‘lib, uning katta qismi yo‘qotilgan.
Avestoda Hirot yaqinidagi Parapamis tog‘laridan Marv vohasigacha, Amudaryo qirg‘oqlaridan Orol dengizi va Sirdayo atroflaridagi viloyatlargacha bo‘lgan hududlar to‘g‘risida maʼlumotlar bor. Bularning hammasi Mitra tufayli bo‘lganligi qayd etiladi. Va bu hududlarda Ishkat va Parutga, Xirot va Marvga, Sug‘d Gavasiga va Xorazmga daryolar qaynab, toshib tog‘lardan suv olib kelishi yozilgan. «Sug‘d Gava” atamasi Avestoning Videvdat I bobida dunyoning yaratilishi jarayonlari to‘g‘risida yozilgan qismida uchraydi. Unda aytilishicha, Eranvej yaratilib bo‘lishi bilanoq buyuk xudo Axuramazda sug‘dlarning yashash makoni Gavani yaratdi. Sharqshunos olimlarning fikricha, Gava atamasi dastlab «hayvonlar uchun qo‘ra”, keyin «turarjoy, qishloq” va «yashash makoni” kabi maʼnolarni bildirgan. «Gav” atamasini ayrim olimlar arab manbalari tomonidan eslatilgan «Qay” – «Fay” bilan qiyoslanadi. Chunki, V.V.Bartoldning aytishicha, «Qay” atamasi arab tilida «Fay” bo‘lib o‘qilishi kerak. Shuning uchun Markaziy Sug‘d hududidagi eng yirik kanallardan birining nomi ham «Nahri Fay” deb atalgan.
«Gava” atamasi «Sug‘d” atamasining sinonimi ekanligini juda ko‘p olimlar taʼkidlashgan. Gavani Yerning yettita juda muhim o‘lkasidan biri sifatida ifoda etgan. Sug‘d to‘g‘risida o‘rta fors davri manbalari ham xabarni beradi. Gava mamlakati afsonalarning butun boshli sikli bo‘lib, ular ichida eng mashxurlari Gopatshohdir. U mamlakat podshosi sifatida taʼriflanadi (Gopatshax – dunyoning egasi). Bu podshohning ko‘rinishi tasviriy sanʼat asarlarida ham tasvirlanganligi maʼlum . Avestoda Gopatshoh nomi oriylar bilan turlar o‘rtasidagi jang tafsilotlari uchrasa, aynan shu epizodlar o‘rta asrlardagi Shohnomada ham uchraydi.
«Sug‘d” atamasi miloddan avvalgi VI asrlardan boshlab yozma manbalarda uchraydi. Ahamoniylar va qadimgi fors manbalarida (elam va akkad yozuvlarida) Suguda (Suguda) tarzida yozilgan bo‘lib, «Sug‘d” atamasi to‘g‘ri yozilganligini ko‘rsatadi. Yunonlar bu atamani Sogdiana deb aytishdi. Avestoda Sug‘d atamasi sharqiy Eron shakli sifatida Sug‘da, Suxda, qadimgi arman tekstlarida Sovdik (Sovdik), Suriyaliklar tilida Sod (Sod), qadimgi turk tilidagi runiy yozuvlarida Sog‘d, Sog‘diq, Mahmud Koshg‘ariy lug‘atida Sog‘dak shaklida berilgan. Sug‘dlarning o‘zlari o‘z mamlakatlarini Sug‘d, Sg‘ud va Sug‘ud deb aytishgan. Milodiy VII asrda xitoy sayyohi Syuan Szyan Sug‘dni Suli deb aytadi va bu hududga Chu daryosidan Temir darvozasigacha bo‘lgan hududlarni kiritadi.
Albatta Sug‘dning chegaralari eng qadimgi davrlardan o‘rta asrlargacha bo‘lgan vaqt ichida tobora torayib borgan va «Kichik Qandiya” asarida Samarqand podsholigi ellik sakkiz farsang masofada ekanligi va unga Xo‘jand daryosidan Temir darvozagacha bo‘lgan hududlar kirishini, shuningdek, Samarqand atrofida joylashgan «kasaba”lar va shu bilan birga Sug‘d atrofida joylashgan «kasaba”lar to‘g‘risida yozadi. Haqiqatdan ham Kitob-Shahrisabz vohasida yashagan aholi o‘zini sug‘uti, yaʼni, sug‘diylar deb kelganliklari to‘g‘risida etnografik maʼlumotlar bor.
Shunday qilib, Sug‘d o‘lkasi va sug‘diylarning nafaqat Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida, shu bilan birga Farg‘ona vodiysi, Toshkent vohasi, Sharqiy Turkiston va Chuy vodiysi hududlarida juda katta taʼsir darajasiga ega edi.



Download 107.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling