1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


Spam — zararli materiallarni o‘z ichiga olgan xatlarni ommaviy tarzda jo‘natish.  Fishing —


Download 303.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana31.03.2023
Hajmi303.51 Kb.
#1312821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
seminar 1

Spam — zararli materiallarni o‘z ichiga olgan xatlarni ommaviy tarzda jo‘natish. 
Fishing — odatda rasmiy xabar niqobi ostidagi xat yoki havola. Jabrlanuvchi 
shaxs aldovni sezmasligi uchun sayt yoki xabar aslidagidek (rasmiy) ko‘rinishga 


ega bo‘ladi. 
Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, qolaversa, yoshlarni Internetda 
himoya qilishni nazarda tutgan holda, Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy 
maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida 
individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar 
bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi: 
1) 
7–10 yosh — bu yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga 
to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni 
anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi foydalanuvchilarning 
aksariyat qismi endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday 
muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. 
Multfilm va rang-barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, 
bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli 7–10 yoshdagi 
bolalarning Internetdan foydalanishini ota-onalar yoki kattalar tomonidan doimo 
nazorat qilinishi zarur. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon 
yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu yoshdagi bolalarga muvofiq keluvchi veb-
saytlar ro‘yxatini tuzish yoki filtrlash dasturlaridan foydalangan holda, Internetga 
kirishlarini nazorat qilib borish zarur. Maqsad — ushbu yosh vakillariga 
Internetdan foydalanishda xavfsizlikka rioya qilishning asoslari, muloqot etiketi va 
u yoki bu axborotning to‘g‘riligini idrok qilishga o‘rgatish. 


2) 
10–13 yosh — Mazkur davr o‘ta muhim bo‘lib, bola uchun o‘tish davrining eng 
murakkab payti hisoblanadi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘p narsani tushunishga 
harakat qiladigan va qiziquvchan bo‘ladilar. Internet tarmog‘ida o‘yinlar va 
axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar do‘st va tanishlar topish 
maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi. 
3) 
13–16 yosh — Mazkur toifa o‘smirlardan iborat. Ushbu toifadagi o‘smirlar, 
shaxs sifatida va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda 
shakllanishi bois, faoliyat doirasining qamrovi kengligi va alohida e’tibor talab 
etishi bilan ajralib turadi. Bu toifadagi o‘smirlar Internetdan faol foydalanadilar. 
Internet ular uchun ulkan axborot manbasi, tengdoshlari va do‘stlari bilan muloqot 
vositasi, shu jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. Yoshlarning 
aksariyat qismi ijtimoiy tarmoqlardan va tezkor xabarli ilovalar 
(messenjerlar)dan foydalanadi. Mazkur yoshdagi eng katta muammo — bu ota-
onalar tomonidan «bolalarimiz ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. 
Bu yoshni yana «axborot ochligi» yoshi, deb ham atash mumkin. Bu davrda 
bolalar ulg‘ayib, barcha narsalar haqida ko‘proq bilishni xohlaydilar. Onlayn 
muloqotga kirish ular uchun kundalik hayotining bir qismi hisoblanadi. Bugungi 
kunda bolalar va o‘smirlarlarning Internet tarmog‘idan foydalanish vaqtini 
tartibga soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari bir-biridan 
farq qiladi. Aksariyat ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning fikricha, Internet 
tarmog‘idan foydalanish vaqti qu- yidagicha taqsimlanishi lozim: 
• 
7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat 
• 
10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat 
• 
13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat 
Ta’kidlash joizki, bu vaqt oralig‘ida ekran qarshisidagi bola kamida 10 daqiqa 
tanaffus qilishi kerak. O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan, 
Internet tarmog‘ida vaqt o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad 
«Internetga qaramlik», ko‘rish qobiliyatining pasayishi («quruq ko‘z» sindromi), 
umurtqa pog‘onasining qiyshayishi (skalioz), qomatning buzilishi (bukchayish) 
kabi kasalliklardan asrashdir. 
7–10 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar 
• 
qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida 
o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling; 
• 
notanish saytlarga kirmang, notanish havolalarga o‘tmang, bunday veb-saytlar 
havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang; 
• 
agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan, katta 
yoshdagilarga mo‘ljallangan kontentdan iborat saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib 
keting; 
• 
fayllarni yuklamang va joylashtirmang (bu o‘rinda katta yoshdagilar yordamiga 
tayaning); 
• 
shartlarni qabul qilmang, anketa to‘ldirmang, boshqa talablar so‘ralganda esa rad 


eting; 
• 
siz tez-tez foydalanayotgan to‘g‘ri va haqqoniy kontentga ega resurslarni 
«tanlanganlar»ga qo‘shing; 
• 
sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela 
boshlasa, ularni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. 
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz 
bilan muhokama qiling. 
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: 
• 
bolalarga Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish 
mumkin emasligini tushuntiring; 
• 
bolangizning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklang, u kompyuter qarshisida bo‘lgan 
paytda mumkin qadar birga bo‘ling; 
• 
nomaqbul saytlarni brauzerning «qora ro‘yxat»iga kiritib qo‘ying. Ko‘pchilik 
dasturiy mahsulotlar (shu jumladan, brauzerlar) antivirus himoyasiga ega bo‘lishi 
bilan bir qatorda, ota-onalar nazorati funksiyasiga ham egadir. Shu bois, ular 
bolalaringiz Internetda bo‘lgan chog‘larida himoyachi vazifasini bajara oladi; 
• 
agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi 
dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga 
notanish yoki ishonib 


bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yuborishning xavfli 
tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi 
mumkinligi haqida uqtiring; 
• 
Internetdan 
foydalanish 
jarayonida 
bolalaringizga 
nimalar 
noqulaylik 
tug‘dirayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor 
qilib borishini so‘rang. 
10–13 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar 
• 
qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi 
haqida o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling; 
• 
notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish 
odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday 
veb-sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang; 
• 
agarda siz bilmay yoki adashib, «bolalarga mo‘ljallanmagan» ma’lumotlar, 
video, audiomateriallar (hayosizlik, zo‘ravonlik, yovuzlik) mavjud bo‘lgan 
saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting; 
• 
notanish fayllarni yuklamang va ularni ota-onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang; 
• 
kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli xil havolalar tomonidan muayyan talablar 
so‘ralganda, ularni rad eting, anketani to‘ldirmang, shartlarini qabul 
qilmang; 
• 
shaxsingizga oid ma’lumotlarni maxfiy saqlang. O‘zingizga tegishli bo‘lgan 
shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq 
foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqlarda joylashtirmang; 
• 
parolni sir saqlang, oshkor qilmang, do‘stlar va tanishlaringizga bermang. 
Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin; 
• 
agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish 
foydalanuvchilar bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan 
foydalaning; 
• 
onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, 
ehtiyot bo‘ling. Agar notanish yoki ikkilantirayotgan shaxs sizga do‘stlik 
taklif qilsa, qabul qilmang. Suhbatdoshingiz o‘zi haqidagi haqiqiy 
ma’lumotlarni yashirib, o‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatayotgan bo‘lishi 
mumkin; 
• 
sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar 
kela boshlasa, haqoratli va tahdidli murojaatlarni javobsiz qoldirib, 
blokirovka qiling. Ularning ta’siriga tushib qolmang. 
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz 
bilan muhokama qiling. 
Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: 
• 
bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning 
salbiy oqibatlari, Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va 
nima qilish mumkin emasligi haqida tushuntiring; 


• 
bolaning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklab qo‘ying, u kirayotgan resurslarni 
nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin qadar 
birga bo‘ling; 
• 
agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor 
almashinuvi dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan 
bo‘lsangiz, unga notanish yoki ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot 
qilish 
yoki 
xabarlar 
yuborishning 
xavfli 
tomonlari, 
Internetdan 
foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi haqida 
uqtiring; 
• 
agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqchi bo‘lsa, unga o‘zingiz 
akkaunt yaratib bering (login va parolini bilgan holda), sahifasiga qanday 
ma’lumotlarni joylashtirishini nazorat qiling; 
• 
bolangizning virtual olamdagi barcha do‘stlari haqida xabardor bo‘lib boring. 
Onlayn do‘st bilan haqiqiy hayotda yolg‘iz uchrashish mumkin emasligini 
unga uqtiring; 
• 
zararli saytlarni brauzerning «qora ro‘yxati»ga kiritib qo‘ying yoki 
kompyuterga ota-ona nazorati funksiyasini o‘rnating. Ushbu dastur siz 
bo‘lmagan chog‘da ham bolangiz tomonidan zararli saytlarga kirish 
holatlarini cheklaydi; 


• 
Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik 
tug‘dirayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni 
xabardor qilib borishini so‘rang. 
13–16 yosh toifasidagilarni himoyalash yuzasidan takliflar 
• 
qidiruv tizimidan foydalanayotganingizda faqat o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan 
axborotni izlang; 
• 
ishonchli manbalar va tekshirilgan saytlarning axborotlaridan foydalaning. 
Axborotni boshqa ishonchli manbalar orqali ikki karra tekshirib ko‘ring; 
• 
kam tanish bo‘lgan yoki sizda shubha uyg‘otayotgan veb-saytlarga kirmang; 
• 
notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish 
odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-
sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang; 
• 
agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan nomaqbul 
kontent (video, audio, foto yoki boshqa ma’lumotlar)ga ega saytga kirib 
qolsangiz, tezda chiqib keting; 
• 
kam tanish bo‘lgan yoki tekshirilmagan resurslardagi fayllarni yuklamang va ota-
onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang; 
• 
oxirigacha o‘qimay turib, taklif etilayotgan shartlarga rozi bo‘lmang va qabul 
qilmang; 
• 
kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli havolalardagi anketa va boshqa talabnomalarni 
to‘ldirmang; 
• 
o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan 
sana) ochiq foydalanishdagi tarmoqlarda joylashtirmang. Shaxsiy ma’lumotlar 
maxfiy saqlanishi lozim; 
• 
esingizda bo‘lsin, Internet bu sizning «qoldirgan raqamli izingiz». Bu yerda siz 
joylashtirgan barcha shaxsiy ma’lumotlar, video, audio roliklar yoki tasvirlar 
doimiy saqlanadi. Boshqa foydalanuvchilar tomonidan mazkur ma’lumotlaringiz 
g‘arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin; 
• 
do‘stlaringiz va tanishlaringizga parol va loginingizni oshkor qilmang. Ularni sir 
saqlang. Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin. 
• 
agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar 
bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning; 
• 
onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot 
bo‘ling. Agar notanish kishi sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang. 
• 
agarda sizga notanish kishilardan yoki saytlardan spam-xabarlar kela boshlasa, 
ularni ochmasdan va o‘qimasdan o‘chirib tashlang. Ularda viruslar bo‘lishi 
mumkin; 
• 
agarda sizni tarmoqda kimdir haqoratlasa yoki tahdidli xabarlarni jo‘natsa, 
ularning ta’siriga berilmang, murojaatlarini javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. 
Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz 
bilan muhokama qiling. 


Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: 
• 
imkon qadar bolaning tarmoqda bo‘lish vaqti va u kirayotgan resurslarini nazorat 
qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda birga bo‘ling; 
• 
bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy 
oqibatlari, Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish 
mumkin emasligi haqida tushuntiring; 
• 
farzandingizga uning onlayn do‘sti aslida, o‘zi tasvirlayotganday emas, butunlay 
boshqa shaxs bo‘lib chiqishi mumkin ekanligini tushuntiring; 
• 
agarda bolangiz virtual do‘sti bilan real hayotda uchrashishni xohlasa, bunday 
holatda, ehtimoliy dilxiralikning oldini olish maqsadida, biror-bir yaqin (katta 
yoshdagi) kishi bilan birga uchrashuvga chiqishi lozimligini tushuntiring; 
• 
katta yoshdagilar bilan maslahatlashmasdan Internet-magazin orqali xarid 
qilmaslik kerakligini bolangizga tushuntiring; 
• 
agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, o‘z akkauntiga joylashtirib 
borayotgan ma’lumotlar bilan tanishtirib borishini so‘rang, login va parolidan 
xabardor bo‘ling, o‘z sahifasiga qanday axborotlarni joylashtirayotgani va 
foydalanayotganini nazorat qiling; 
• 
Internetdan 
foydalanish 
jarayonida 
bolalaringizga 
nimalar 
noqulaylik 
tug‘dirayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor 
qilib borishini so‘rang. 


Internet-madaniyatni bilmaslik foydalanuvchi tomonidan Internet va ijtimoiy 
tarmoqlarda 
cheklanmagan 
miqdorda 
muloqot 
qilishiga, 
«anonim» 
foydalanuvchilar bilan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlar almashinuviga 
olib kelishi mumkin. Bunday tendentsiya foydalanuvchilarning Internet olamida 
ommalashayotgan kiberjinoyatchilik, kiberbulling ta’siriga tushib qolishlariga sabab 
bo‘lishi ham mumkin. 
Bunday tashqari, shuni ham ta’kidlashni joizki, doimiy ravishda, saytlarni nazorat 
qilish va nomaqbul kontentlarni blokirovka qilishdan ko‘ra, bolalar bilan ishonchli 
munosabat, ochiq va samimiy muloqotda bo‘lish ancha samarali natijalar berishi 
mumkin. 

Download 303.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling