1-MAVZU:AXBOROTNI JAMIYATDA TUTGAN O`RNI VA
AHAMIYATI.
Reja:
1.
San`at, sport va ma`naviy hayot.
2.
Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati.
3.
Axborotning ijtimoiy qatlamga ta`siri.
Globallashuv jarayonlarida axborotga bo'lgan
talablarning oshishi
ko'plab mamlakatlarning, insonlarning o'z manfaatlarini amalga oshirish yo'lida
"axborot xuruji"ni qurol qilib olishga zamin yaratdi. Bugungi kunda hayot
sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishi
xalqaro maydonda davlatlarga, xalqlarga,
millatlarga hamda boshqa xalqaro huquq sub'yektlariga erkin hamkorlik qilish
imkonini bermoqda. Ammo, hayot sur'atlarining jadallik
bilan rivojlanishining
salbiy jihatlari vaqt o'tgani sayin tobora ko'zga tashlanmoqda. Mamlakatimizda
yoshlarga qaratilgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ularning bekor
qolishi
natijasida, ongida bo'shliq hoisil bo'lmasligi, dunyoda bo'layotgan
o'zgarishlarni o'zining mustaqil fikri bilan tahlil eta olishi, zararli illatlardan holi
sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun
Yurtboshimiz rahnomoligida
yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga doir chora tadbirlar, davlat
dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu g'amxo'rliklarga
javoban biz ham
imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz kelajagi,
xalqimizning ertangi
faravonligi yo'lida o'z xissamizni qo'sha oladigan yetuk kadr bo'ishimiz lozim.
Global miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydon shakllanayotgani
madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‘l
ochmoqda.
Bu holatlarni oldini olishning eng asosiy vazifalaridan biri
“...hurmatli
domlalarimiz va professor o`qituvchilarning eng muhim vazifasi- yosh