1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va ma`naviy yetuk insonlar qilib


Download 303.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/14
Sana31.03.2023
Hajmi303.51 Kb.
#1312821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
seminar 1

avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va ma`naviy yetuk insonlar qilib 
tarbiyalashdan iboratdir”
1
Ular iloji boricha, yoshlar ongida asrlar davomida 
shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik 
kayfiyatini uyg`otib, o`z mafkurasi va g`oyasini singdirishga intilmoqdalar. 
Mazkur globallashuv sharoitida yoshlar diniy ma’rifatini ijtimoiy-madaniy omillari 
va intellektual vositalari, O’zbekiston yoshlarining diniy ma’rifat tuyg’usi va uning 
ijtimoiy madaniy hayotni yuksaltirishdagi ahamiyati hamda yoshlar ongida diniy 
bag’rikenglik g’oyalarini rivojlantirishning samarali yo’llari va usullari o’rni ochib 
berildi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlardagi siyosatshunos, huquqshunos
sotsiolog, faylasuf olimlarning diqqat markazida turgan fuqarolik jamiyati 
muammosi O’zbekiston uchun alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. 
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, erkin demokratik jamiyat qurish 
imkoniyatiga ega bo’ldi. Yangi jamiyatni xalqimizning mintalitetiga, milliy-
ma’naviy xususiyatlariga mos, ming yillar davomida shakllantirilgan 


qadriyatlarimizga asoslanibgina qurishimiz mumkin edi. Demak, o’tmish merosni 
tiklash, milliy-ma’naviy boyliklarimizni o’rganish asosida xalqimiz ma’naviyatini 
yangilash zarur edi. Barchamizga ma’lumki, din va mafkura azal-azaldan jamiyat 
hayotini, odamlarga munosabatlarni muayyan tartibga soluvchi omil vazifasini 
o’tab kelgan. Ma’naviy merosimiz sarchashmalaridan biri bo’lgan islom diniga 
hurmat tuyg’ulari qayta tiklandi, bu qadriyatni yoshlar ma’naviyati va tarbiyasi, 
axloqi va kishilarimizda yangi tafakkur tarzini shakllantirishdagi o’rni va 
ahamiyati alohida e’tirof etildi. Ammo bizning bu yutuqlarimizni ko’ra olmaydigan 
kimsalar bizni yana o’z e’tiqodimizga qarshi qilishga, yoshlarmizni islom bayrog’i 
ostida o’z ta’sir doirasiga olishga urinishlari hamon davom etmoqda. 
Mamlakatimiz rahbarining islom dini, uning mohiyati va hayotimizdagi ahamiyatini 
tadqiq qilish, dinni soxtalashtirish va siyosiylashtirishga urinayotgan guruhlarning 
g’arazli maqsadlarini fosh qilish, ularga munosib javob berish to’g’risida bildirgan 
qimmatli fikrlarini o’rganish dolzarb va ahamiyatli hisoblanadi. Yuqoridagi 
mulohazalar bugungi kunda turli shakl va mazmundagi axborotlar inson va jamiyat 
hayoti, taraqqiyoti va kamolotining zaruriy shartiga, OAV esa uni tarqatishning 
muhim bo‘g‘iniga aylanganini ko‘rsatadi. Xususan, radio, televidenie, gazeta va 
jurnallarsiz har qanday ma’lumotli 
1
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon demokratik O`zbekiston davlatini 
birgalikda barpo etamiz. T. O`zbekiston n. 2016 yil 16 bet 


kishi ham murakkab ijtimoiy-siyosiy va madaniy jarayonlarda to‘g‘ri yo‘l topa 
olishi qiyin. OAV esa, kishilarga o‘zining individual tajribasi doirasidan chiqishga 
va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi. 

Download 303.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling