1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati
Spam — zararli materiallarni o‘z ichiga olgan xatlarni ommaviy tarzda jo‘natish. Fishing —
Download 303.51 Kb. Pdf ko'rish
|
seminar 1
Spam — zararli materiallarni o‘z ichiga olgan xatlarni ommaviy tarzda jo‘natish.
Fishing — odatda rasmiy xabar niqobi ostidagi xat yoki havola. Jabrlanuvchi shaxs aldovni sezmasligi uchun sayt yoki xabar aslidagidek (rasmiy) ko‘rinishga ega bo‘ladi. Yuqorida bildirilgan fikrlardan kelib chiqib, qolaversa, yoshlarni Internetda himoya qilishni nazarda tutgan holda, Internet xavfsizligiga oid bir nechta oddiy maslahatlarni tavsiya qilmoqchimiz. Biroq, har bir bola o‘ziga xos alohida individual shaxs ekanligi va ularga alohida yondoshuv kerakligi bois, mutaxassislar bolalar va o‘spirinlarni quyidagi toifalarga ajratishdi: 1) 7–10 yosh — bu yoshda bolaning farqlash hissi juda faol bo‘lgani bois, unga to‘g‘ri axborotlarni berishni nazorat qilmoq lozim. Chunki shu yoshda axborotni anglash qobiliyati shakllana boshlaydi. Ushbu yoshdagi foydalanuvchilarning aksariyat qismi endigina o‘qishni o‘rgangani, qaysi saytga kirgani va qanday muammolarga duch kelishi mumkinligini oxirigacha tushunib yetmaydilar. Multfilm va rang-barangligi bilan jalb qiluvchi o‘yinlarga qiziqish bo‘lgani bois, bolalar ko‘p hollarda shu kabi axborotlarni izlashadi. Shu sababli 7–10 yoshdagi bolalarning Internetdan foydalanishini ota-onalar yoki kattalar tomonidan doimo nazorat qilinishi zarur. Internet tarmog‘ida tarqalayotgan va yosh avlodga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan axborotlarni filtrlash yoki zararli resurslarni cheklash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ushbu yoshdagi bolalarga muvofiq keluvchi veb- saytlar ro‘yxatini tuzish yoki filtrlash dasturlaridan foydalangan holda, Internetga kirishlarini nazorat qilib borish zarur. Maqsad — ushbu yosh vakillariga Internetdan foydalanishda xavfsizlikka rioya qilishning asoslari, muloqot etiketi va u yoki bu axborotning to‘g‘riligini idrok qilishga o‘rgatish. 2) 10–13 yosh — Mazkur davr o‘ta muhim bo‘lib, bola uchun o‘tish davrining eng murakkab payti hisoblanadi. Ushbu yoshdagi bolalar ko‘p narsani tushunishga harakat qiladigan va qiziquvchan bo‘ladilar. Internet tarmog‘ida o‘yinlar va axborotlarni izlash bilan bir qatorda, ushbu yoshdagilar do‘st va tanishlar topish maqsadida ijtimoiy saytlar va chatlardan faol foydalanishadi. 3) 13–16 yosh — Mazkur toifa o‘smirlardan iborat. Ushbu toifadagi o‘smirlar, shaxs sifatida va jamiyatning to‘laqonli a’zosi sifatida aynan shu yoshda shakllanishi bois, faoliyat doirasining qamrovi kengligi va alohida e’tibor talab etishi bilan ajralib turadi. Bu toifadagi o‘smirlar Internetdan faol foydalanadilar. Internet ular uchun ulkan axborot manbasi, tengdoshlari va do‘stlari bilan muloqot vositasi, shu jumladan, vaqtichog‘lik qilish imkoniyati hamdir. Yoshlarning aksariyat qismi ijtimoiy tarmoqlardan va tezkor xabarli ilovalar (messenjerlar)dan foydalanadi. Mazkur yoshdagi eng katta muammo — bu ota- onalar tomonidan «bolalarimiz ulg‘aydi» qabilida ularni to‘la nazorat qilmaslikdir. Bu yoshni yana «axborot ochligi» yoshi, deb ham atash mumkin. Bu davrda bolalar ulg‘ayib, barcha narsalar haqida ko‘proq bilishni xohlaydilar. Onlayn muloqotga kirish ular uchun kundalik hayotining bir qismi hisoblanadi. Bugungi kunda bolalar va o‘smirlarlarning Internet tarmog‘idan foydalanish vaqtini tartibga soluvchi norma ishlab chiqilmagan. Mutaxasissislarning fikrlari bir-biridan farq qiladi. Aksariyat ruhshunoslar, shifokorlar va pedagoglarning fikricha, Internet tarmog‘idan foydalanish vaqti qu- yidagicha taqsimlanishi lozim: • 7 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1 soat • 10 yoshdan 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 1,5 soat • 13 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar — kuniga 2 soat Ta’kidlash joizki, bu vaqt oralig‘ida ekran qarshisidagi bola kamida 10 daqiqa tanaffus qilishi kerak. O‘smirlar va bolalarni kompyuter qarshisida, jumladan, Internet tarmog‘ida vaqt o‘tkazishining yuqoridagi kabi taqsimlanishidan maqsad «Internetga qaramlik», ko‘rish qobiliyatining pasayishi («quruq ko‘z» sindromi), umurtqa pog‘onasining qiyshayishi (skalioz), qomatning buzilishi (bukchayish) kabi kasalliklardan asrashdir. 7–10 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar • qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling; • notanish saytlarga kirmang, notanish havolalarga o‘tmang, bunday veb-saytlar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang; • agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan, katta yoshdagilarga mo‘ljallangan kontentdan iborat saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting; • fayllarni yuklamang va joylashtirmang (bu o‘rinda katta yoshdagilar yordamiga tayaning); • shartlarni qabul qilmang, anketa to‘ldirmang, boshqa talablar so‘ralganda esa rad eting; • siz tez-tez foydalanayotgan to‘g‘ri va haqqoniy kontentga ega resurslarni «tanlanganlar»ga qo‘shing; • sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela boshlasa, ularni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama qiling. Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: • bolalarga Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligini tushuntiring; • bolangizning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklang, u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin qadar birga bo‘ling; • nomaqbul saytlarni brauzerning «qora ro‘yxat»iga kiritib qo‘ying. Ko‘pchilik dasturiy mahsulotlar (shu jumladan, brauzerlar) antivirus himoyasiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, ota-onalar nazorati funksiyasiga ham egadir. Shu bois, ular bolalaringiz Internetda bo‘lgan chog‘larida himoyachi vazifasini bajara oladi; • agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga notanish yoki ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yuborishning xavfli tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring; • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘dirayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang. 10–13 yosh toifasidagilar uchun himoyalanish bo‘yicha takliflar • qidiruv xizmatidan foydalanishdan avval sizga qanday ma’lumot kerakligi haqida o‘zingiz aniq tasavvurga ega bo‘ling; • notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb-sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang; • agarda siz bilmay yoki adashib, «bolalarga mo‘ljallanmagan» ma’lumotlar, video, audiomateriallar (hayosizlik, zo‘ravonlik, yovuzlik) mavjud bo‘lgan saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting; • notanish fayllarni yuklamang va ularni ota-onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang; • kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli xil havolalar tomonidan muayyan talablar so‘ralganda, ularni rad eting, anketani to‘ldirmang, shartlarini qabul qilmang; • shaxsingizga oid ma’lumotlarni maxfiy saqlang. O‘zingizga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq foydalanish mumkin bo‘lgan tarmoqlarda joylashtirmang; • parolni sir saqlang, oshkor qilmang, do‘stlar va tanishlaringizga bermang. Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin; • agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning; • onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling. Agar notanish yoki ikkilantirayotgan shaxs sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang. Suhbatdoshingiz o‘zi haqidagi haqiqiy ma’lumotlarni yashirib, o‘zini boshqa shaxs sifatida ko‘rsatayotgan bo‘lishi mumkin; • sizga notanish kishilar va saytlardan qo‘pol, beadab mazmunidagi xabarlar kela boshlasa, haqoratli va tahdidli murojaatlarni javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. Ularning ta’siriga tushib qolmang. Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama qiling. Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: • bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi haqida tushuntiring; • bolaning tarmoqda bo‘lish vaqtini cheklab qo‘ying, u kirayotgan resurslarni nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda mumkin qadar birga bo‘ling; • agarda farzandingizga Internet-chatga kirish yoki xabarlarning tezkor almashinuvi dasturlari (messenjerlar)dan foydalanishga ruxsat bergan bo‘lsangiz, unga notanish yoki ishonib bo‘lmaydigan kishilar bilan muloqot qilish yoki xabarlar yuborishning xavfli tomonlari, Internetdan foydalanganda jiddiy xavf-xatarlarga duch kelishi mumkinligi haqida uqtiring; • agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalanmoqchi bo‘lsa, unga o‘zingiz akkaunt yaratib bering (login va parolini bilgan holda), sahifasiga qanday ma’lumotlarni joylashtirishini nazorat qiling; • bolangizning virtual olamdagi barcha do‘stlari haqida xabardor bo‘lib boring. Onlayn do‘st bilan haqiqiy hayotda yolg‘iz uchrashish mumkin emasligini unga uqtiring; • zararli saytlarni brauzerning «qora ro‘yxati»ga kiritib qo‘ying yoki kompyuterga ota-ona nazorati funksiyasini o‘rnating. Ushbu dastur siz bo‘lmagan chog‘da ham bolangiz tomonidan zararli saytlarga kirish holatlarini cheklaydi; • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘dirayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang. 13–16 yosh toifasidagilarni himoyalash yuzasidan takliflar • qidiruv tizimidan foydalanayotganingizda faqat o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan axborotni izlang; • ishonchli manbalar va tekshirilgan saytlarning axborotlaridan foydalaning. Axborotni boshqa ishonchli manbalar orqali ikki karra tekshirib ko‘ring; • kam tanish bo‘lgan yoki sizda shubha uyg‘otayotgan veb-saytlarga kirmang; • notanish saytlarga kirmang, ishonchsiz manbalar manzillaridan va notanish odamlardan kelgan xat va taklifnomalarning havolalariga o‘tmang, bunday veb- sahifalar havolalarini boshqalar bilan bo‘lishmang; • agarda siz bilmay yoki adashib, sizda salbiy munosabat uyg‘otadigan nomaqbul kontent (video, audio, foto yoki boshqa ma’lumotlar)ga ega saytga kirib qolsangiz, tezda chiqib keting; • kam tanish bo‘lgan yoki tekshirilmagan resurslardagi fayllarni yuklamang va ota- onangiz ruxsatisiz o‘rnatmang; • oxirigacha o‘qimay turib, taklif etilayotgan shartlarga rozi bo‘lmang va qabul qilmang; • kam tanish bo‘lgan sayt yoki turli havolalardagi anketa va boshqa talabnomalarni to‘ldirmang; • o‘zingizga tegishli shaxsiy ma’lumotlarni (F.I.Sh., manzil, telefon, tug‘ilgan sana) ochiq foydalanishdagi tarmoqlarda joylashtirmang. Shaxsiy ma’lumotlar maxfiy saqlanishi lozim; • esingizda bo‘lsin, Internet bu sizning «qoldirgan raqamli izingiz». Bu yerda siz joylashtirgan barcha shaxsiy ma’lumotlar, video, audio roliklar yoki tasvirlar doimiy saqlanadi. Boshqa foydalanuvchilar tomonidan mazkur ma’lumotlaringiz g‘arazli maqsadlarda foydalanishi mumkin; • do‘stlaringiz va tanishlaringizga parol va loginingizni oshkor qilmang. Ularni sir saqlang. Parolingiz murakkab, ya’ni son, harf va belgilardan iborat bo‘lsin. • agarda o‘yin o‘ynayotgan bo‘lsangiz yoki ko‘p sonli notanish foydalanuvchilar bo‘lgan chatda haqiqiy ismingiz o‘rniga «nik»dan foydalaning; • onlayn muhitda kim bilan tanishayotgan va suhbatlashayotgan bo‘lsangiz, ehtiyot bo‘ling. Agar notanish kishi sizga do‘stlik taklif qilsa, qabul qilmang. • agarda sizga notanish kishilardan yoki saytlardan spam-xabarlar kela boshlasa, ularni ochmasdan va o‘qimasdan o‘chirib tashlang. Ularda viruslar bo‘lishi mumkin; • agarda sizni tarmoqda kimdir haqoratlasa yoki tahdidli xabarlarni jo‘natsa, ularning ta’siriga berilmang, murojaatlarini javobsiz qoldirib, blokirovka qiling. Har qanday vaziyatda, agarda siz nimadandir xavotirlansangiz, buni ota-onangiz bilan muhokama qiling. Mazkur toifadagi bolalarning ota-onalariga tavsiyalar: • imkon qadar bolaning tarmoqda bo‘lish vaqti va u kirayotgan resurslarini nazorat qiling yoki u kompyuter qarshisida bo‘lgan paytda birga bo‘ling; • bolangiz bilan suhbatlashib, unga Internetdan nazoratsiz foydalanishning salbiy oqibatlari, Internetdan foydalanish jarayonida nima qilish mumkin va nima qilish mumkin emasligi haqida tushuntiring; • farzandingizga uning onlayn do‘sti aslida, o‘zi tasvirlayotganday emas, butunlay boshqa shaxs bo‘lib chiqishi mumkin ekanligini tushuntiring; • agarda bolangiz virtual do‘sti bilan real hayotda uchrashishni xohlasa, bunday holatda, ehtimoliy dilxiralikning oldini olish maqsadida, biror-bir yaqin (katta yoshdagi) kishi bilan birga uchrashuvga chiqishi lozimligini tushuntiring; • katta yoshdagilar bilan maslahatlashmasdan Internet-magazin orqali xarid qilmaslik kerakligini bolangizga tushuntiring; • agarda bolangiz ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa, o‘z akkauntiga joylashtirib borayotgan ma’lumotlar bilan tanishtirib borishini so‘rang, login va parolidan xabardor bo‘ling, o‘z sahifasiga qanday axborotlarni joylashtirayotgani va foydalanayotganini nazorat qiling; • Internetdan foydalanish jarayonida bolalaringizga nimalar noqulaylik tug‘dirayotgani yoki kayfiyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani haqida sizni xabardor qilib borishini so‘rang. Internet-madaniyatni bilmaslik foydalanuvchi tomonidan Internet va ijtimoiy tarmoqlarda cheklanmagan miqdorda muloqot qilishiga, «anonim» foydalanuvchilar bilan tekshirilmagan va tasdiqlanmagan axborotlar almashinuviga olib kelishi mumkin. Bunday tendentsiya foydalanuvchilarning Internet olamida ommalashayotgan kiberjinoyatchilik, kiberbulling ta’siriga tushib qolishlariga sabab bo‘lishi ham mumkin. Bunday tashqari, shuni ham ta’kidlashni joizki, doimiy ravishda, saytlarni nazorat qilish va nomaqbul kontentlarni blokirovka qilishdan ko‘ra, bolalar bilan ishonchli munosabat, ochiq va samimiy muloqotda bo‘lish ancha samarali natijalar berishi mumkin. Download 303.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling