1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati


kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va


Download 303.51 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/14
Sana31.03.2023
Hajmi303.51 Kb.
#1312821
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
seminar 1

kuchayib borayotgan bunday xatarlarga qarshi doimo sergak, ogoh va 
hushyor bo‘lib yashashimiz zarur. Bunday tahdidlarga qarshi har 
tomonlama chuqur o‘ylangan, puxta ilmiy asosda tashkil etilgan, muntazam 
va uzluksiz ravishda olib boriladigan ma’naviy tarbiya bilan javob berish 
mumkin”. Ana shunday sharoitda axborot xavfsizligini ta’minlash uchun virtual 
olamda ham faol harakatlar olib borish zarur. Shundan kelib chiqib, ko‘pgina 
mamlakatlar axborot sohasida ustuvorlikni ta’minlashni strategik maqsadlarga 
erishish, milliy xavfsizlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlashning asosiy 
yo‘llaridan biri sifatida e’tirof etmoqdalar. 1991 yilda respublikamizda bor-yo‘g‘i 
1 ta teleradiokompaniya mavjud edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda 
mamlakatimizda 70 dan ziyod teleradio studiya, 29 ta kabel televideniesi faoliyat 
ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston matbuotining 40 foizdan ortig‘i nodavlat nashrlaridir. 
Jami 612 ta gazetadan 11 tasi, 165 jurnaldan 2 tasi xususiy sektorga tegishlidir. 
Yoshlarmizni AKT va internet tarmog‘idagi salbiy mazmunga ega 
axborotlardan himoya qilish, ularda Internet taqdim etadigan axborotdan to‘g‘ri 
foydalanish madaniyatini shakllantirish, mamlakatimiz taraqqiyotini ko‘zlovchi, 
xalqimiz tarixi, urf-odatlarini qadrlovchi, milliy qadriyatlarga sodiq, ma’naviy 
yetuk inson bo‘lib, kamol topishi, barkamol shaxs sifatida tarbiyalanishida axborot 
muhitidagi salbiy ta’sirlar hamda tahdidlardan asrash, shuningdek, tarmoqdan 
ayrim xorijiy axborot oqimi orqali kirib kelayotgan yovuz niyatli g‘oyalarning 
oldini olish va ta’sir kuchini kamaytirish, axborotdan xavfsiz foydalanishlarini 
ta’minlash bugungi kunning dolzarb vazifalariga aylangan. 
O‘zbek va rus tillarida taqdim etilgan «Onlayn muhitda yoshlarni himoya qilish 


bo‘yicha qo‘llanma» voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallab, 
tayyorlangan bo‘lib, bolalarni Internet tarmog‘idagi xavf-xatarlardan asrash va 
ularning axborot xavfsizligi me’yorlariga rioya qilishlari bo‘yicha tavsiyalar bayon 
etilgan. Jumladan, qo‘llanmada voyaga yetmaganlar 3 toifaga (7 yoshdan 10 
yoshgacha, 10 yoshdan 13 yoshgacha, 13 yoshdan 16 yoshgacha) bo‘linib, ularga 
va ularning ota-onalariga bir-biridan alohida tarzda takliflar va tavsiyalar berilgan. 
Internet bolalar tarbiyasida o‘ta muhim o‘rin egallaydi. Chunki, bola tarbiyaga oid 
xulq-atvor ko‘nikmasi, hayot tamoyillari, fikrlash va olam manzarasini ko‘proq 
aynan Internet yordamida o‘rganish imkoniyatiga ega. Ayrim ota-onalar 
farzandining kompyuter qarshisida bo‘lgan vaqtida hech qanday xavotirga o‘rin 
yo‘q, deb o‘ylaydi. Biroq virtual olamda ham ularni muayyan xavf-xatarlar va 
tahdidlar kutib turgan bo‘lishi mumkin. 
Axborot xavfsizligi bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tahlikali sharoitlarda qay 
tarzda o‘zini muhofaza qilish, xavf-xatarlar va tahdidlardan himoyalanish 
mumkinligini anglash uchun murakkab bo‘lmagan qoida va tavsiyalar ishlab 
chiqilgan bo‘lib, Internetda ishlash paytida ularni esda tutish va e’tibor qaratish 
so‘raladi. 
XAVF-XATARLAR — ularning tarmoqda uchta asosiy turi mavjud: 


Kontent xavfi — yosh avlodning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga salbiy ta’sir 
etuvchi (matnlar, tasvirlar, audio, videofayllar, havolalar) noqonuniy, axloqsiz va 
zararli bo‘lgan turli axborotlarning (zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, odob-axloq 
me’yorlariga zid so‘zlashuv, irqiy, diniy va millatlararo nizolarni keltirib 
chiqaruvchi, terrorizm va diniy ekstremizm, narkotik va psixotrop moddalar 
targ‘iboti, joniga qasb qilish, taqiqlangan o‘yinlar) Internet tarmog‘ida doim 
mavjud. 
Kommunikatsion xavf — Internet tarmog‘ida noma’lum (yaxshi tanish bo‘lmagan) 
shaxslar bilan muloqot jarayonida paydo bo‘ladi. Tarmoqdagi anonimlik va 
javobgarlikka tortilmaslikni anglash hissi ko‘p foydalanuvchilar tomonidan xaqorat, 
qo‘rqitish, kiberbulling, xiralik hamda shantaj qilish kabi holatlarga yo‘l ochadi. 
Texnik xavf — zararli dasturlardan foydalanib (virus, bot, ayg‘oqchi dasturlar), 
dasturiy mahsulotlarga zarar yetkazish, maxfiy va shaxsiy axborotlar yoki shaxsga 
oid ma’lumotlarni o‘g‘irlash, kiberfiribgarlik. 
TAHDIDLAR — mutaxassislar tomonidan umumjahon «o‘rgimchak to‘ri»da 
bolalar duch keladigan va ularning ruhiyatiga so‘zsiz salbiy ta’sir etishi mumkin 
bo‘lgan tahdidlarning asosiy turlari tasniflanib berildi. 
1. 
Mazmunan zo‘ravonlik, yovuzlik, hayosizlik, axloqsizlik, Internetdagi qimor 
o‘yinlar, narkotik moddalar to‘g‘risida axborot, huquqbuzarlik, irqiy 
nafratlanishga oid sayt va materiallarga (foto, video, audio va bosma materiallar) 
oson kira olish imkoniyati. 
2. 
Notanish kishilar bilan elektron pochta, ijtimoiy tarmoqlar va turli shubhali 
forumlar vositasida muloqotlar qilish, turli yozishmalarni amalga oshirish. 
3. 
Bolalar Internetdan foydalanganda duch kelishi mumkin bo‘lgan holatlar, ya’ni 
nazorat qilinmaydigan jarayon Internet orqali xarid qilish va onlayn o‘yinlarda 
nazoratsiz vaqt o‘tkazish. 
TAHLIKALAR — axborot xavfsizligi ekspertlari tomonidan 5 ta asosiy tahlika 
tasnifi belgilab berildi. Agarda ularga befarqlik bilan qaralsa, bolalarga salbiy 
ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
1. 
Internetdan nazoratsiz foydalanish oqibatida ota-ona obro‘sining zaiflashuvi. 
Gohida ota-onalar 
«farzandim ulg‘aydi yoki bolam biror-bir mashg‘ulot bilan band bo‘lib, menga 
xalaqit bermasin», deya uni global tarmoq bilan yolg‘iz qoldiradilar. Bunday 
holatlar bolalarning Internetdan nazoratsiz foydalanishining birinchi qadami 
hisoblanib, oqibatda, bolalar o‘z ota- onalarini tinglamay, ularni aldash va 
mensimaslikni odat qilib olishadi. 
2. 
Madaniyat, g‘oya, mafkuralarning aksil tizimi. Hayotning ushbu murakkab 
davrida o‘spirin o‘zini ko‘rsatish va jamiyatda o‘z o‘rnini egallash yo‘llarini 
izlaydi. Mustaqil bo‘lish kayfiyatiga ehtiyoj sezadi. Ushbu yo‘lda Internet 
tarmoqlarida tarqalayotgan va targ‘ibot qilinayotgan aksilmadaniyat tizimi, 
xususan, «got», «emo» va boshqa submadaniyat oqimlari, diniy-ekstremistik 


oqimdagi mafkuralar hali shaxs sifatida barqaror shakllanib ulgurmagan yosh 
avlodga katta xavf tug‘dirmoqda. Bundan tashqari, tarmoqlarda odob-axloq 
me’yorlariga zid so‘zlashuv, tushkunlik, insoniyatga nafrat, jinoyat olamiga xos 
mazmundagi qo‘shiqlarni ham uchratish mumkin. Ayrim qo‘shiqlarda jamiyatga 
qarshi borish, qonunlarga hurmatsizlik, nizolar, jinoyat, suiqasd, narkotik 
moddalari iste’moli kabilar ham mavjud. Ularning ijobiy jihati mutlaqo 
bo‘lmagani bois, ularga ortiqcha ta’rifga hojat yo‘q. 
3. 
Anonim Internet-muloqotlar. Ta’kidlash lozimki, onlayn muloqot o‘zining 
tabiati bilan jonli muloqotdan tubdan farq qiladi. Bu erda mutlaqo o‘zgacha xulq 
me’yorlari, etika standartlari, farqli mezonlar amal qiladi. Forumlar, chatlar, 
hamjamiyatlarda noma’lum shaxslar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri keladi. 
Anonimlik holati foydalanuvchilarga Internetda real hayotda ayta olmaydigan 
fikrlar va harakatlar sodir qilishga izn beradi. Anonim muloqotlar haqorat, 
kiberbulling, kamsitish va xiralik qilish singari harakatlarni keltirib chiqarishi 
mumkin. 
Bolalarning xavfsizligi, ma’naviy va jismoniy sog‘ligi nuqtai nazaridan 
qaralganda, farzandlarining Internet orqali tanishuv masalalarini ota-onalar 
nazorat qilishlari lozim bo‘lgan jihatlardan biri hisoblanadi. 
4. 
Shaxsiy ma’lumotlarni yo‘qotish— bu Internet tarmog‘i foydalanuvchilarining 
(bolalar va o‘smirlar) o‘ta ishonuvchanligi va ochiqligi bois sodir bo‘ladi. Ushbu 
holatlar ijtimoiy tarmoqlarda ro‘yxatdan o‘tish paytida, onlayn xaridlar 
qilayotganda, chat va forumlarda 


anketalarni to‘ldirish chog‘ida kuzatiladi. Shaxsiy ma’lumotlar to‘plami yovuz 
niyatli kishilar uchun juda qulay o‘lja bo‘lib, bundan ular o‘zlarining g‘arazli va 
noqonuniy maqsadlarida foydalanishlari mumkin. Shuni alohida ta’kidlash 
joizki, ijtimoiy tarmoqlardagi akkuantlar (sahifalar) shaxsiy ma’lumotlar 
yo‘qoladigan (o‘g‘irlanadigan) asosiy joy bo‘lib hisoblanadi. Ko‘p sonli yosh 
foydalanuvchilar o‘z akkauntlarida erkin foydalanish uchun barcha ma’lu- 
motlarni, ya’ni tug‘ilgan kuni va ismini (telefon raqami, maktabi, yashash 
manzili, qaysi joylarda bo‘lishni yaxshi ko‘rishini, kayfiyati va xarakterini 
yozishni xush ko‘radi), shu jumladan, katta hajmda fotosuratlarni ham 
joylashtiradi. 
5. 
O‘yinlarga qaramlik. Onlayn o‘yinlar haqiqatan ham qiziqarli, ularning 
yaratuvchilari bolalar o‘yin jarayonida ko‘proq vaqt davomida qolib ketishlari 
uchun barcha choralarni ko‘rib qo‘yishgan. Zamonaviy onlayn o‘yinlarda 
ma’lum bosqichlardan o‘tish va o‘yin qahramonlarini takomillashtirib borish 
uchun ko‘p vaqt talab etiladi va bu jihatlar, o‘z navbatida bolalarning o‘yin 
jarayonida uzoq vaqt qolib ketishlarini ta’minlaydi. O‘spirinlar o‘zlarini 
namoyon qilishga ehtiyoj sezganlari bois, bunday imkoniyatni aynan ana 
shunday onlayn o‘yinlardan axtarishadi. Bu holatlar esa bolani ruhiy 
qashshoqlashuviga, o‘yinga qaram bo‘lib qolishiga olib keladi. O‘yinlarga qaram 
bo‘lib qolib, ko‘p bolalar ovqatlanish, dars tayyorlashni unutib, uyqusizlikka 
ham duchor bo‘ladilar. 
6. 
Zararli dasturlar (viruslar, spamlar, josuslik dasturlari, fishinglar) orqali dasturiy 
mahsulotlarni shikastlash. Firibgarlar aksariyat hollarda yosh foydalanuvchilarning 
ishonuvchanlik va turli xil hujumlar haqida bexabarligidan foydalanib, ularning 
kompyuteriga o‘zlarining zararli dasturlarini kiritishga erishidilar. Shu bois, 
notanish havolalarga o‘tish, noma’lum saytlardan dasturlar va multimedia 
fayllarni yuklab olish, notanish «do‘stlar»dan kelgan xatlarni o‘qish, o‘z 
navbatida, kompyuterni virus bilan zararlanishi kabi salbiy oqibatlarga olib kelishi 
mumkin. Kompyuter virusi — zararli dastur turi bo‘lib, o‘zining nusxalarini yarata 
oladi va boshqa dasturlar kodiga kirib, turli aloqa kanallari orqali o‘zining 
nusxalarini tarqata oladi. Virusning maqsadi — 
kompyuterni ishdan chiqarish, fayllarni o‘chirish, foydalanuvchi ishini to‘sish va 
h.k. 
Josuslik dasturlari — kompyuterga uning konfiguratsiyasi, foydalanuvchi, uning 
faoliyati haqidagi ma’lumotlarni to‘plash uchun yashirin tarzda o‘rnatiladigan 
bo‘lib, u, shuningdek, sozlash tizimini o‘zgartirish, foydalanuvchiga bildirmagan 
holda dasturlar o‘rnatish va uning xatti- harakatlari haqida tegishli joyga 
ma’lumotlarni yuborib turish singari boshqa vazifalarni ham amalga oshiradi. 

Download 303.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling