1. San`at, sport va ma`naviy hayot. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati
egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik
Download 303.51 Kb. Pdf ko'rish
|
seminar 1
egotsentrizm g‘oyalarini tarqatish, kerak bo‘lsa, shuning hisobidan boylik
orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik an’ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma’naviy negizlariga bepisandlik, ularni qo‘porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‘ymaydi, -deb ta`kidlaydi. Bu inson hayoti va yoshlar tarbiyasiga katta xavf solayotgan va butun jahonda bamisoli balo-qazodek tarqalib borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish hayotiy-amaliy ahamiyatga egaligini ko‘rsatadi. Ammo bizning milliy ruhimiz va tabiatimizga yot va begona bo‘lgan ana shunday hodisalarni faqat tanqid va inkor qilish yoki ularni taqiqlashning o‘zi etarli emas. Bunday xatarlardan hayotimizni asrash, ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun avvalambor ezgu insoniy g‘oyalar bilan xalqimizning ongu tafakkurini va saviyasini yuksaltirish, jahon maydonida yuz berayotgan keskin aql-zakovat va iste’dod musobaqasida bellashuvga qodir bo‘lishimiz shart. OAVning mafkuraviy jarayonlar rivojiga o‘ziga xos va kuchli ta’sir o‘tkazayotganini quyidagi misolda ham ko‘rish mumkin. Ma’lumki, bugungi kunda internet ommaviy axborot va kommunikatsiya tizimining eng tez rivojlanib borayotgan bo‘g‘ini hisoblanadi. Uning g‘oyaviy kurash va targ‘ibotning asosiy maydoniga aylanganini ekstremistik, shu jumladan, diniy ekstremistik qarashlarni targ‘ib qilishdagi o‘rni misolida ham ko‘rish mumkin. Diniy ekstremistlar va terrorchilarning internetdagi saytlarida tashkilotning maqsadi, tarixi hamda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy mazmundagi ma’lumotlarga keng o‘rin beriladi. Jumladan, terrorchilar kuch ishlatish yo‘liga o‘tishga go‘yoki majbur bo‘lganlarini asoslashga, terror va qo‘poruvchilik harakatlarini ma’naviy va axloqiy jihatdan oqlashga intilishadi, Bunda o‘zlarini “ozodlik kurashchilari”, “partizanlar”, “qarshilik ko‘rsatuvchilar” deb atagan holda tinchlik tarafdori qilib ko‘rsatishga va ular bilan kurashda hukumat tinch yo‘l bilan harakat qilish lozimligini asoslashga intilish keng tarqalgan. Ular o‘z saytlarida hukumat tarafidan qo‘llanilayotgan usullarning “vahshiyligini” yoritishga ham alohida e’tibor beradilar. Tezkor axborotlar, yangiliklarning bir vaqtning o‘zida bir necha tilda va terrorchilar uchun foydali bo‘lgan yo‘nalishda berib borilishi, ularning faoliyatni oqlovchi, “qahramonligini” kuylovchi qo‘shiqlar, kliplar berilishi bunday saytlarning mafkuraviy hamda emotsional ta’sir quvvatini oshirishga xizmat qiladi. Bunday saytlar, bir tomondan, terrorchilik tashkilotining faol a’zolariga, ikkinchi tomondan, terrorchilarning asl maqsad muddaolarini bilmaydigan, ularni “kurashchilar”, “oppozitsiya” va shu kabi ijobiy maqom hamda sifatda qabul qilishga o‘rgangan odamlarga mo‘ljallangan bo‘ladi. Ulardan jamiyatda tegishli ijtimoiy fikrni shakllantirish va qarma-qarshi (dushman) tomonga psixologik ta’sir ko‘rsatish, qo‘rquv, vahima tarqatish orqali ichki ikkilanishni keltirib chiqarishdek maqsadlar ko‘zlanadi. Yurtboshimiz ta’kidlaganlaridek “tobora Download 303.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling