Axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: San`at, sport va ma`naviy hayot
Download 303.73 Kb. Pdf ko'rish
|
4-mavzu ma\'ruza Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- “...hurmatli domlalarimiz va professor o`qituvchilarning eng muhim vazifasi- yosh avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va
AXBOROTNI JAMIYATDA TUTGAN O`RNI VA AHAMIYATI. Reja: 1. San`at, sport va ma`naviy hayot. 2. Mediyalarning qadriyatlarga tayanishi va ularning tarbiyaviy ahamiyati. 3. Axborotning ijtimoiy qatlamga ta`siri. Globallashuv jarayonlarida axborotga bo'lgan talablarning oshishi ko'plab mamlakatlarning, insonlarning o'z manfaatlarini amalga oshirish yo'lida "axborot xuruji"ni qurol qilib olishga zamin yaratdi. Bugungi kunda hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishi xalqaro maydonda davlatlarga, xalqlarga, millatlarga hamda boshqa xalqaro huquq sub'yektlariga erkin hamkorlik qilish imkonini bermoqda. Ammo, hayot sur'atlarining jadallik bilan rivojlanishining salbiy jihatlari vaqt o'tgani sayin tobora ko'zga tashlanmoqda. Mamlakatimizda yoshlarga qaratilgan e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Ularning bekor qolishi natijasida, ongida bo'shliq hoisil bo'lmasligi, dunyoda bo'layotgan o'zgarishlarni o'zining mustaqil fikri bilan tahlil eta olishi, zararli illatlardan holi sog'lom turmush tarzini shakllantirish uchun Yurtboshimiz rahnomoligida yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishga doir chora tadbirlar, davlat dasturlari amalga oshirilmoqda. Bu g'amxo'rliklarga javoban biz ham imkoniyatlardan oqilona foydalanib, yurtimiz kelajagi, xalqimizning ertangi faravonligi yo'lida o'z xissamizni qo'sha oladigan yetuk kadr bo'ishimiz lozim. Global miqyosdagi ijtimoiy va madaniy-ma’naviy maydon shakllanayotgani madaniyatlararo va sivilizatsiyalararo aloqalarning mustahkamlanishiga yo‘l ochmoqda. Bu holatlarni oldini olishning eng asosiy vazifalaridan biri “...hurmatli domlalarimiz va professor o`qituvchilarning eng muhim vazifasi- yosh avlodga puxta ta`lim berish, ularni jismoniy va ma`naviy yetuk insonlar qilib tarbiyalashdan iboratdir” 1 Ular iloji boricha, yoshlar ongida asrlar davomida shakllanib kelgan milliy qadriyatlarga nisbatan bepisandlik, hurmatsizlik kayfiyatini uyg`otib, o`z mafkurasi va g`oyasini singdirishga intilmoqdalar. Mazkur globallashuv sharoitida yoshlar diniy ma’rifatini ijtimoiy-madaniy omillari va intellektual vositalari, O’zbekiston yoshlarining diniy ma’rifat tuyg’usi va uning ijtimoiy madaniy hayotni yuksaltirishdagi ahamiyati hamda yoshlar ongida diniy bag’rikenglik g’oyalarini rivojlantirishning samarali yo’llari va usullari o’rni ochib berildi. Hozirgi kunda ko’pgina mamlakatlardagi siyosatshunos, huquqshunos, sotsiolog, faylasuf olimlarning diqqat markazida turgan fuqarolik jamiyati muammosi O’zbekiston uchun alohida dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, erkin demokratik jamiyat qurish imkoniyatiga ega bo’ldi. Yangi jamiyatni xalqimizning mintalitetiga, milliy-ma’naviy xususiyatlariga mos, ming yillar davomida shakllantirilgan qadriyatlarimizga asoslanibgina qurishimiz mumkin edi. Demak, o’tmish merosni tiklash, milliy-ma’naviy boyliklarimizni o’rganish asosida xalqimiz ma’naviyatini yangilash zarur edi. Barchamizga ma’lumki, din va mafkura azal- azaldan jamiyat hayotini, odamlarga munosabatlarni muayyan tartibga soluvchi omil vazifasini o’tab kelgan. Ma’naviy merosimiz sarchashmalaridan biri bo’lgan islom diniga hurmat tuyg’ulari qayta tiklandi, bu qadriyatni yoshlar ma’naviyati va tarbiyasi, axloqi va kishilarimizda yangi tafakkur tarzini shakllantirishdagi o’rni va ahamiyati alohida e’tirof etildi. OAV esa, kishilarga o‘zining individual tajribasi doirasidan chiqishga va keng qamrovli jarayonlar mohiyatini his qilishga yordam beradi. Download 303.73 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling