Axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: San`at, sport va ma`naviy hayot


Download 303.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana23.03.2023
Hajmi303.73 Kb.
#1288798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu ma\'ruza Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati

taraqqiyotga yetaklaydi». Shu nuqtai nazardan yondashganda ma’rifatning ijtimoiy taraqqiyotdagi 
o’rni, uning mohiyatini belgilovchi omillarni aniqlash, ijtimoiy ma’naviy yuksalishda o’zaro 
uyg’unlikni ta’minlash jarayonlari bilan bog’liq muammolarning optimal yechimini topishga oid 
ilmiy-amaliy xulosalarni ishlab chiqish dolzarb vazifa hisoblanadi. Axloq hech qachon diniy 
ma’rifatni inkor etmagan yoki dinni go’zal axloq ekanligini unutmagan. Shu boisdan ham axloq va 
din inson tafakkuri va hayot tarzining bir butun ijtimoiy-madaniy ifodasi sifatida qaror topgan. 
Shuning uchun ham bu ikki ijtimoiy-madaniy qadriyatlar uyg’unligi shaxs, millat va jamiyat hayotida 
o’ziga xos o’rin tutadi. Bunday ma’naviy uyg’unlik barkamol avlod tarbiyasida katta ahamiyat kasb 
etadi. Ma’naviyatga bo`layotgan tahdidlarning xavfli tamoni shundaki, buzg`unchi kuchlar
o`zlariga nishon qilib, avvalombor, barchamizning eng aziz, eng katta boyligimiz, ko`zimiz qorasi
bo`lmish yoshlarimizni tanlashmoqda, turli niqoblar, birinchi galda so`z va fikr erkinligi, inson va 
jamiyat erkinligi deb atalgan niqoblar bilan ularning fikrini chalg`itishga, zamonaviy usul va 
vositalar orqali ularning hali murg`ak qalblarini egallashga intilmoqdalar. Dunyoviy davlat va din 
munosabatlarini belgilab beruvchi boshqa bir tamoyilning mazmuni din sohasida kuchayayotgan 
o’zgarishlarni xolis va ilmiy o’rganish, shundan kelib chiqib, ijobiy jarayonlar rivojiga yanada 
kengroq imkoniyat yaratish, salbiy holatlarning oldini olishda namoyon bo’ladi. Davlatning dinga 
bo’lgan munosabatini ifodalovchi boshqa bir tamoyil shundan iboratki, dinni xalq ma’naviyatining 
uzviy qismi sifatida tan oladi. Shundan kelib chiqib, uning rivoji uchun tegishli shart-sharoit 
yaratishga harakat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, global tarmoqning chegara bilmasligi foydali axborotlar bilan bir 
qatorda, o‘sib kelayotgan yosh avlodning ma’naviy tarbiyasiga ziyon yetkazishi mumkin bo‘lgan 
nosog‘lom mazmundagi axborotlarning ham tarqalishining oldini olish hozirgi kunning dolzarb 
masalasidir. Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi tashabbusi bilan Internet tarmog‘ida axborot 
xavfsizligi muammolari tadqiqotlari asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanmaning mazmuni aynan 
ushbu masalani hal etish masalalariga yo‘naltirilgan bo‘lib, tavsiyaviy mazmunga ega hamda voyaga 
etmaganlar va ularning ota-onalariga mo‘ljallangan.

Download 303.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling