Axborotni jamiyatda tutgan o`rni va ahamiyati. Reja: San`at, sport va ma`naviy hayot


nazariya va amaliyot“ risolasida tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib


Download 303.73 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/7
Sana23.03.2023
Hajmi303.73 Kb.
#1288798
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu ma\'ruza Axborotni jamiyatda tutgan o’rni va ahamiyati

nazariya va amaliyot“ risolasida tahdidlarni shartli ravishda bir necha turlarga ajratib 
ko`rsatadi: iqtisodiy, sotsial, siyosiy, harbiy, tabiiy – iqlimiy. Uning fikricha, “tahdid” deganda 
inson hayotiy faoliyati, umuman, yashashni chigallashtiruvchi hamda aniq tarixiy davr davomida 
aniq maqsad uchun yo`naltirilgan ijtimoiy strukturani, to`g`rirog`i, davlatning siyosiy asosini 
zaiflashtiruvchi, qolaversa, emirishga qaratilgan mahalliy, hududiy, mintaqaviy va nihoyat, 
umumsayyoraviy salbiy omillarning “ kirib kelishi “ tufayli yuz beruvchi makon va zamonda
muayyan salbiy siyosiy, ijtimoiy va tarixiy vaziyatni tushunish mumkin.
Qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to`g`risidagi 
ta’limotini asolar ekan, g`oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni ob’ektiv reallik 
sifatida talqin qilgan. Yana bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va 
bo`linmas zarra – atomlarni ideyalar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, ideya 
– barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.


G’oyalarning «hayoti» ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro 
munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy 
g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi. Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng 
kichik, bo’linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-Aristoteldan 
tortib, o’rta asr Ulug’bek astronomiyasigacha dunyoning markazi yer deb hisoblab kelganlar; 
yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o’z davrining eng ilg’or ilmiy 
g’oyalariga asoslangan edi. Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo’linishini, koinot markazi yer emasligini 
ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko’plab 
kashfiyotlar qilindi.
Har qanday jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti, diniy ma’rifat darajasini tizimli-tuzilmali, 
majmuaviy-falsafiy tahlil qilish diniy dunyoqarash bilan bog’liq. Tadqiq qilinayotgan ob’ekt va 
predmetning kategorial apparatini, tushunchalari mazmunini konkretlashtirish nazariy metodologik 
vazifa bo’lib, muammoning ilmiy-amaliy yechimini topishning zaruriy sharti. Darhaqiqat, hozircha, 
jamiyat hayotida diniy ma’rifatning ijtimoiy-madaniy muammolarini tadqiq qilishda qo’llanilayotgan 
tushunchalarga nisbatan yakdil, qat’iy munosabat shakllanmagan. Bu esa ilmiynazariy xulosalarning, 
amaliy tavsiyalarning turli-tumanligini, xatto, ularning qarama-qarshiligini keltirib chiqarmoqda. 
Ma’rifat haqida fikr yuritganda, avval, uning lug’aviy ma’nosiga to’xtalib o’tamiz. Ma’rifat so’zi 
“bilim berish”, “xabardor qilish”, “o’rgatish” ma’nolarini anglatadi. Ma’rifatning ikkinchi ma’nosi 
“inson ongi, qalbi, hayot tarzini ijobiy tomonga o’zgartirib, yaxshilik qilish, savob ishlarini amalga 
oshirishga undaydigan kuch sifatida namoyon bo’ladi” deb ta’riflangan. Ongning o’ziga xos shakli 
sifatida din e’tiqod, ishonch va bilish mexanizmlari (hayot tajribasi)ga tayanadi. Diniy e’tiqod 
refleksiya bilan qo’llab-quvvatlanadi, shaxsning fojeaviy tajribasi (o’lim xavfi yoki yaqinlarini 
yo’qotishi)ni anglab yetish orqali yuzaga keladi yoki mustahkamlanadi, bu tajriba shaxsni o’z hayoti 
va tafakkur tarzini tubdan o’zgartirishga da’vat etadi. Diniy ma’rifat –dinning haqiqiy qadriyatlarini 
odamlarga oddiy, sodda tilda tushuntirish. Diniy ma’rifat, mohiyatiga ko’ra, tinchlik, hamkorlik va 
bag’rikenglik tamoyillarini o’zida ifoda etish, din uchun inson dilini ranjitish, johillik, ayirmachilik 
va vayronagarchilik yot ekanini aholiga, xususan, yosh avlod vakillariga anglatish, ularni ekstremizm 
va aqidaparastlik g’oyalaridan muhofaza qilishni nazarda tutadi. Islom dini nafaqat bizning 
mintaqada, balki butun dunyoda millionlab insonlarni ma’naviy va oilaviy-maishiy, turli ijtimoiy 
doiralariga katta ta’sir ko’rsatadi. Axloqiy-ruhiy islom ustunlarini anglash avloddan-avlodga o’tib, 
nafaqat mintaqa xalqlarining tarixiymadaniy o’ziga xosligini mustahkamlashga imkon yaratadi, balki 
ruhiyaxloqiy ijtimoiy shartlar xalqlar o’rtasida o’zaro qo’llab-quvvatlash xissini kuchaytirish, 
barqarorlik va tinchlikni saqlashga yo’naltirilgan. Markaziy Osiyo, xususan, O’zbekiston hududi 
qadim zamonlardan boshlab turli madaniyat, til, urf-odat, xilma-xil turmush tarzi va dinlarga amal 
qilgan etnoslar, xalqlar va millatlar yashab kelgan o’lka hisoblanadi. O’zbekistonda madaniy, diniy 
va milliy xilmaxillikning tabiiy holat va insoniy boylik ekanligi ijtimoiy ongda ustuvor mavqe kasb 
etadi. Shuning uchun ham milliy va diniy mansubligidan qat’i nazar, har bir inson o’zini O’zbekiston 
fuqarosi deb bilib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy hayotida bir xil teng 
imkoniyatlarga egadir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida bu holat aniq va ifodali qilib 
bitib qo’yilgan. Unga ko’ra, «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va 
erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy 
mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar». BMT Bosh Assambleyasining qaroriga muvofiq 
1997 yil 16 noyabrdan boshlab butun dunyoda «Xalqaro bag’rikenglik» kuni nishonlanadi. 
Bag’rikenglik prinsiplari deklaratsiyasida: «Bag’rikenglik – bu bizning dunyomizni, bizning 
o’zimizni ifodalash shakllarimizni va inson individualligi namoyon bo’lish usullarini hurmat qilish, 
qabul qilish», – deyiladi. Ayni paytda, Respublikamizda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, jumladan, 
uzluksiz ta’lim tizimida etnik, gender va diniy bag’rikenglik haqida ma’lumot beruvchi darslarning 
kiritilishi, fuqarolarda bag’rikenglik madaniyatini kamol toptirish sohasidagi ustuvor vazifalar tadqiq 
qilib borildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasining 
ustuvor yo’nalishlaridan biri etib, «Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni 
ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat» belgilangan. 
Demokratik islohotlar davrida mamlakatimizning ijtimoiy-ma’naviy barqarorligini tahdid 


tug’diradigan salbiy g’oyalar ta’siridan himoyalash uchun «ma’rifat» tushunchasining 
mazmunmohiyati, namoyon bo’lish shakllari, jamiyat ijtimoiy tuzilmasidagi o’rni, fan va ta’lim tizimi 
bilan munosabatlarini o’rganish hamda tahlil qilish zaruriyati kuchaymoqda. O’zbekiston 
Respublikasi
Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlaganidek, «Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni 

Download 303.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling