1. Sanoat korhonalarini hududiy joylashtirish Irrigatsiya va melioratsiya tadbiriarini asoslash. Shaharsozlik loyihalarini asoslash


Download 0.84 Mb.
bet5/5
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1334143
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Taqdimot.MavzuYer kadastri

Sug`oriladigan yerlar dasturi. O`zlashtirilgan yerlar quruq iqlim sharoitida eng mahsuldor yer hisoblanadi. Bir yil mobaynida bunday yerlardan uch martagacha ekin ekib, hosil olisli mumkin. Lekin respublikada sug`oriladigan yerlardan oqilona foydalanilmoqda deb bo`lmaydi. Ularning katta qismi sho`rlangan, eroziya va shamol katta maydonlarga o`z ta'sirini ko`rsatib kelmoqda. Har yili jala yog`ishi va sel hodisalari nalijasida yerdan unumli foydalanish darajasi pasayib kctadi. Demak, sug`oriladigan yerlardan foydalanish ko`rsatkichlari ni oshirish uchun ularning unumdorligini va meliora tiv sharoitlarini yaxshilash zarur bo`ladi.
Geograflarning yerlar mahsuldorligini oshirishdagi asosiy vazifasi — mahalliy tabiiy sharoitni chuqur o'rgangan holda, ularning shamol va suv eroziyalariga berilishini iloji boricha kamaytirish yo'llarini aniqlash hamda meliorativ holati og'ir bo’lgan yerlarning aniq chegaralarini belgilab, ularning meliorativ sharoitlarini tubdan yaxshilashning litologik-geomorfologik va gidrogeologik asoslarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Tabiat muhofazasi va ekologik muammolar yechimi. Tabiat muhofazasi sohasida geograflarning o'rni alohida ahamiyatga ega.O’zbekistonda tabiat muhofazasi zarur bolgan va ekologik vaziyatning jiddiylashuvi kuchayib borayotgan hududlar mavjud. Chunonchi, Orolbo'yi, Zarafshon vodiysi, Chirchiq-Ohangaron vohasi ekologik sharoitning murakkabligi bilan ajralib turadi. Fanning vazifasi bu holda atmosfera havosiga va suv havzalariga chiqarilayotgan chiqindilarning tabiiy muhitga va insonga keltiradigan zararlarining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini tahlil qilish, chiqindilarning atrof-muhitga ta'sir radiusini va uning mintaqalarini bilish, ularning ta'siri natijasida tabiatda yuz beradigan turli ekologik o'zgarishlarni hozirda va istiqbolda vujudga kelishini asoslashdan iborat. Barcha ma'lumotlar asosida xaritalar tayyorlanadi va ularni tegishli rahbar tashkilotlar diqqatiga havola qilinadi.
Tabiatni muhofaza qilishda eng samarali faoliyatlardan biri ma'lumotlarni va vaziyatni xaritalarga tushirish yo'li bilan tadqiqot natijalarini mutaxassislarga va keng jamoatchilikka ko'rsata bilishdir. Tabiatni muhofaza qilish va ekologik vaziyatni xaritalarda aks ettirish bilan mazkur muammo to'g'risida ko'plab ma'lumotlarni qisqa, ixcham va aniq holda tegishli mutaxassislarga yetkaziladi. Xaritalar muammoning tarkib topishi, hozirgi holati va kelajakda yanada oizgarishini tadrijiy holda ko'rsata oladi. Bu jihatdan xaritalar ushbu muammoni tezroq hal etishga yaqindan yordam berishi mumkin. Tabiat muhofazasi bilan bog'liq bo'lgan ko'pgina mintaqaviy muammolar o'zining dolzarbligi va tobora jiddiylashuvi. tang ekologik vaziyatlarning tarkib topishiga olib kelishi bilan ajralib turadi. O'zbekistonning barcha yirik hududlarida o'ziga xos tabiat muhofazasiga oid muammolar mavjud. Farg'ona vodiysi, Chirchiq—Ohangaron vodiysi, Qizilqum, Orolbo'yi, Ustyurt, Zarafshon vodiysi va boshqa hududlarida turli hududiy muammolar yuzaga kelganki, ularni ma'lum dastur asosida tizimli yondashuv asosida hal qilish lozim bo'ladi
Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling