1. Sanoat korhonalarini hududiy joylashtirish Irrigatsiya va melioratsiya tadbiriarini asoslash. Shaharsozlik loyihalarini asoslash


Bundan tashqari korxonani iqtisodiy-geografik tahlil qilishda quyidagi ko`rsatkichlar e'tiborga olinadi


Download 0.84 Mb.
bet2/5
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1334143
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Taqdimot.MavzuYer kadastri

Bundan tashqari korxonani iqtisodiy-geografik tahlil qilishda quyidagi ko`rsatkichlar e'tiborga olinadi:
-korxonaning hududiy tarkibi, ya'ni uning alohidabo`lim lari (sexlari)ning, zavod transport tugunining joylashishi;
-korxonaning iqtisodiy aloqalari (mahsulot va qiymat birligida), qancha mahsulot ishlab chiqariladi, qanday xomashyo va yoqilg`i qancha miqdorda qabul qilinadi:
-asosiy mahsulot turlarining tannarxi (bunda xizmatchi larga to`lanadigan ish haqi, o`zlashtirish va tabiiy muhitni muhofaza qilishga to’lanadigan mablag`, shuningdek, transport xarajatlari alohida ko`rsatiladi) va korxonaning foydasi (yoki zarari) aniqlanadi;
-xizmatchilarning soni, ularning doimiyligi, almashinuvi va qayerdan ishga qatnashi;
-korxonaning atrof-muhitga ta'siri.
Korxonani tadqiq etishda korxona ishchilari bilan suhbatlashish, korxonaning tarixi bilan tanishish muhim ahamiyat kasb etadi. Texnik loyiha ma'lum muhandislik ma'lumotiga ega bo`lgan mutaxassislar tomonidan ishlab chiqiladi. Lekin hozirgi zamon loyihalari tabiat bilan jamiyat munosabatlarining ko`p jabhalarini o`z ichiga olganligi sababli yetarli darajada murakkab hisonlanadi. Shu sababli, bu borada faqat loyihaning muhandislik jihatlari bilan chegaralanib qolmasdan loyihaning xususiyati va tabiatga bo`ladi gan funksional ta'sirini ham e'tiborga olish kerak bo`ladi. Bu borada geografik izlanishlar va loyihaning uzoq muddat xizmat qilishi uchun uni geografik jihatdan asoslash lozim bo`ladi.
Irrigatsiya va melioratsiya tadbiriarini asoslash. Yirik yer maydonlarini sug`oriladigan dehqonchilik maqsad larida o`zlashtirish gidromeliorativ tadbirlar jumlasiga kiradi.Sug`orishni tashkil qilish uchun ajratilgan hudud geografik nuqtayi nazardan chuqur o`rganilishi keyinchalik turli noxush hodisalar kelib chiqishining oldini oladi. Avvalo, hudud qanday landshaftlarni egallaganligi aniqlanadi. Chunonchi, daryo terrasasi soyning konus yoyilmasi, prolyuvial tekislik, daryo deltasi va boshq. Shundan so`ng atrofdagi tabiiy geografik hududlarning xususiyatlari, sug`oriladigan dehqonchilikda foydalanilishi yoki tabiiy yaylov (lalmi dehqonchilik)da ishlatilishi aniqlanadi. Tog` yonbag`rida joylashgan bo`lsa, sel, surilma, jar cmziyasi kabi halokatli hodisalar ta'siriga berilishi hisobga olinadi.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling