Landshaftlar tasnifi


Download 80 Kb.
bet1/6
Sana01.04.2023
Hajmi80 Kb.
#1315607
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Landshaft ekologiyasi


Landshaft ekologiyasi


Reja:
Kirish

  1. Landshaft ekologiyasi

  2. Geoekologiya - ekologiyaning yuqori bosqichi.

  3. Xozirgi zamon ekologik xalokati.

  4. O‘zbekistonning cho’l, adir va yaylov mintakalarida geoekologik muammolar.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Landshaft (nemischa - land — yer, shaft — manzara, ko‘rinish) — tabiiy geografik kompleks, tabiiy geografiyadagi asosiy tushunchalardan bchiri. Sovet geografik adabiyotida landshaft haqida uch xil tushuncha mavjud: birinchidan, landshaft } yer yuzasining tabiiy chegaralarga ega bo‘lgan kichik bir qismi (regional tushuncha). Bu tushunchada landshaft tabiiy komponentlari o‘zaro ta’sir etib turuvchi va birbiri bilan bog‘langan ma’lum territoriyada joylashgan tabiiy kompleksdir. Bunday tushunchani birinchi bo‘lib, L. S. Berg rivojlantirgan, ikkinchidan, landshaft turli xil taksonomik birlikdagi geografik kompleksning sinonimi, umumiy . tushunchadir. Bu tushunchada landshaft muayyan tarixiy tarkib topgan va to‘xtovsiz rivojlanib boradigan geografik komplekslar, ya’ni o‘zaro bog‘langan va birbirlarini taqozo etib turadigap "tabiiy narsahodisalarning majmuidan iboratdir. Landshaftning bunday tushunchasini ham regional, ham tipologik geografik komplekslarga tadbiq etish odumkin; uchinchidan, landshaft tipologik komplekslarning umumiy tushunchasidir. Masalan, qumloq va gilli so‘r qo‘ng‘ir tuproqlarda shuvoq, sho‘ra va efyomerlar o‘sadigan tog‘ oldi prolyuvial tekislik landshafti va hokazo. Bu uchala tushunchanii umumiy Ґomoni shuki, hammasida ham landshaft tabiiy geografik kompleks deb tushuniladi.
XX asrning ikkinchi yarmi Yer tarixida, insoniyat tarixida o‘ziga xos alohida davrni tashkil qiladi. Bu davrda yer yuzasida aholi sonining tez sur’atlar bilan ortib borishi, sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, insonning kuchli texnika vositalaridan mehnat quroli sifatida foydalanishi va fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi insonning tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini orttirib yubordi. U tabiiy resurslardan faol foydalana boshladi va yerga, tuproqqa, suvga, havoga, o‘simlikka va hayvonot dunyosiga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. Natijada, inson tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan kamayib ketishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiat komponentlari orasidagi mutanosiblikning buzilishiga, qolaversa, o‘zining salomatligiga va hayoti uchun xavfli bo‘lgan salbiy oqibatlarning yuzaga chiqishiga ham sababchi bo‘lib qolmoqda. Bularning hammasi turli xil va murakkab tabiiy, sotsial-iqtisodiy va ekologik muammolarni, shu jumladan, inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorliklar bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni keskinlashtirib yubordi. Bu muammo serqirra, murakkab va har doim dolzarb muammodir. Uning ijobiy yechimi ko‘pchilik olimlarni ham, jamoatchilikni ham qiziqtirmay qolmaydi. Bu muammoning turli jabhalari bilan bir qator tabiiy, ijtimoiy va texnika fanlari o‘z tadqiqot predmeti doirasida shug‘ullanishi mumkin. Ammo ularning birortasi bu muammoni to‘laligicha qamrab ololmaydi. U fanlararo muammodir. Unga taalluqli ayrim masalalarni o‘rganish, ularning yechimini ilmiy asoslab berishda geobotanika, biogeostenologiya, tuproqshunoslik, ekologiya kabi fanlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.
Bu borada tabiiy geografiyaning va ayniqsa, landshaftshunoslikning o‘rni va ahamiyati o‘ziga xosdir. Chunki tabiiy geografiya va uning bir qismi bo‘lgan landshaftshunoslik inson yashaydigan va o‘z xo‘jalikdagi faoliyatini olib boradigan hududlarning tabiiy sharoitini, tabiiy komponentlari orasidagi o‘zaro aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sirlarni, shu jumladan, inson faoliyatining ta’sirini ham o‘rganadigan fandir. Shuning uchun ham tabiat bilan jamiyat o‘rtasida ro‘y beradigan o‘zaro aloqadorlikni tartibga solib turish, sozlab turish masalalari geografik asosda hal qilinishi lozim.
Hozirgi kunda tabiiy geografiya fani hal etishi lozim bo‘lgan muammolarning ko‘pchiligi, asosan uning o‘rganish obyekti va predmetining murakkabligi, o‘ziga xos xususiyatlari bilan uni tadqiq qilishda qo‘llanilayotgan tadqiqot metodlarining o‘ziga xosligi bilan va fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida iqtisodiyot qo‘yayotgan vazifalarning serqirra va murakkabligi bilan bog‘liqdir.
Shunday muammoli masalalarning ayrimlari kichik hududlar tabiiy geografiyasi yoki landshaftshunoslikka taalluqlidir.



Download 80 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling