1. Sanoat korhonalarini hududiy joylashtirish Irrigatsiya va melioratsiya tadbiriarini asoslash. Shaharsozlik loyihalarini asoslash


Suv omborlari loyihalarini asoslash


Download 0.84 Mb.
bet3/5
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1334143
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Taqdimot.MavzuYer kadastri

Suv omborlari loyihalarini asoslash. Suv omborlari o`ziga xos murakkab inshoot. Ularni faqat relyefi jihatdan qulay bo`lgan joylardagina qurish samaralidir.Suv omborlarining tog` vodiylari va etaklarida qurilishi har jihat­dan foydalidir, chunki suv ortiqcha bug`lanishga sarflanmaydi, suvning singib o`tishi ancha kam bo`ladi. Eng muhimi, suv kanallarga o`zi oqar holda taqsimlanadi. Bu mintaqada suv har doim toza, sho`rlanmagan bo`ladi.
Tog` daryosi va soylarda suv omborlarini qurish ancha yengilroq kechadi. chunki vodiyda o`zan baland to`g`on bilan to`silganidan so`ng uning orqasida katta hajmda suv to`planadi. Chorbog`, Ohan-garon, Janubiy Surxon va boshqa suv omborlari shu usulda qurilgan. Bu usuldagi qurilish katta mablag` talab qilmaydi. Avvalo, suv ombori qurilishi mumkin bo`lgan eng qulay joylarni tanlash, to`g`on ko`ta-riladigan joyning muhandis-geografik xususiyatlari barcha talablarga javob berishini ta'minlash lozim. Qurilish amalga oshiriladigan joyda isliqomat qiladigan aholi soni ko`p bo`lmasligiga, sug`orishga yaroqli yerlar suv ostida qotmasligiga, tabiatning so`lim go`shalari buzilmasligiga ahamiyat beriladi.

Vaxsh daryosida Norak suv ombori

Irtish daryosida Buxtarma suv ombori


Sirdaryoda Qayroqqum suv ombori
Chorvoq suv ombori
Sanoat korxonalarini joylashtirish. .Geografik nuqtayi nazardan sanoat korxonalari xom ashyo bazasiga yaqin va ishchi kuchlari ko`p bolgan hududlarda bunyod etiladi. Lekin shu bilan birga sanoat korxonasini qurish uchun zarur bo`lgan sharoitlar ham ma'lum darajada hisobga olinadi. Hududning meteorologik va relyef sharoitlari, gruntning litologik tarkibi doimo e'tiborda bo`ladi. Kimyoviy mahsulot ishlab chiqaradigan korxonalar tog` vodiy­larida. yirik daryo yoqalarida, konus yoyilmasida joylashtirihnagani ma'qul. Tog` vodiysida mahalliy shamol doimo tog`dan vodiy bo`ylab esadi, binobarin, korxona atmosferaga chiqargan chiqindilarni vodiyning quyi qismiga haydab keladi.
Chirchiq - Ohangaron, Sur-xondaryo vodiylarida shunday ahvolni kuzatish mumkin. Daryo bo`ylarida joylashgan korxonalar o`z chiqindilarini unga oqizib keladi, natijada suv turli chiqindilar bilan ifloslanadi. Zarafshon, Chirchiq, Ohangaron, Surxondaryo suvlarining iflosligi kor­xonalar tashlayotgan oqava suv va chiqindilar bilan izohlanadi. Konus yoyilmasida qurilgan korxonalar grunt suvlarini ifloslaydi.Shu jihatdan qaraganda sanoat korxonalarini loyihalashda albatta atrof-muhit ifloslanishining oldini olishga ahamiyat berilishi lozim.

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling