1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha
Yallig‘ pechlari (nur qaytarguvchi pechlar)
Download 129.95 Kb.
|
Yuqori harorat javobi full
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13. Siklonli qizdirish va eritish pechlari boshqa pechlardan nimasi bilan farqlanadi
12. Yallig‘ pechlari (nur qaytarguvchi pechlar)
Rangli metallurgiya korxonalarida boyitilgan mis rudasidan shteyn deb ataluvchi oraliq mahsulot olish uchun yallig‘ pechlari qo‘llaniladi. Shuningdek, chuyan, bronza, alyuminiy kabi turli metallarni qayta eritish va tozalash uchun ham yallig‘ pechlari qullaniladi. Mis eritiladigan yallig‘ pechlari (2.12- rasm)ni eritish vannasining uzunligi 30-50 m.ga teng. Eritish bo‘shlig‘ining ship qismi alangadan vannaga issiqlik uzatilishida juda muhim rol uynaydi. Mis eritish pechlarida yuqori sifatli yoqilg‘i - tabiiy gaz, mazut va kukunsimon ko‘mir ishlatiladi. Forsunka yoki yoqgichlar pechning bosh tomonia joylashadi, tutun gazlari eritish bushlig‘i bo‘ylab harakatlanib, uning qarama-qarshi tomonidan tashqariga chiqib ketadi. SHaxta pechga yuqori tomondan qator voronkalar yordamida yuklanadi; voronkalar avtomatik ishlaydigan qopqoq (zaslonka) lar bilan yopilishi mumkin Pechning vannasi butun ish davomida suyuq shteyn va toshqol bilan to‘lib turadi; shteyn va toshqol davriy ravishda pechdan chiqariladi. Suyuq shteyn katta cho‘michlarga quyilib, konverter sexiga yuboriladi, u erda shteyn qayta ishlanadi, undan xomaki mis olinadi. Kamerali pechlardan farq qilgan holda, yallig‘ pechlarida harorat eritish bo‘shlig‘ining uzunligi bo‘yicha o‘zgaradi: boshida 1400-15000Cbo‘lib, oxirida 1300-12500Cgacha pasayadi. Vanna ichidagi eritmaning harorati uning uzunligi bo‘yicha taxminan bir xil bo‘ladi. Eritish jarayoni normal o‘tishi uchun pechning oxiridagi harorat 11500C dan past bo‘lmasligi kerak. Yallig‘ pechlarda texnologik maqsadlar uchun tutun gazlari entalpiyalarining katta farqidan foydalniladi. 13. Siklonli qizdirish va eritish pechlari boshqa pechlardan nimasi bilan farqlanadi?Yuqori quvvatli qozon qurilmalarining siklonli old o‘txonalarida yoqilg‘ining jadal yonishi bu usulning afzalliklaridan turli texnologik jarayonlarda mayda donador xom materiallarni qizdirib pishirish va shuningdek, rudalarni eritish uchun foydalanish imkoniyatini yaratadi. Siklonli pechning prinsipial sxemasi 2.13- rasmda keltirilgan. Mayda donador material yuqoridan beriladi, yoqilg‘i bilan havo esa siklonga tangensial yo‘nalishda keltiriladi, buning natijasida oqimning buramali harakatlanishiga erishiladi.Markazdan qochma kuchning yuzaga kelishi va qattiq hamda suyuq zarrachalarning ajralishi asosan 120-180 m/sek tezlik bilan siklonga kirib kelayotgan havo oqimi yordamida amalga oshiriladi. Gaz oqimidagimaterial zarrachalari markazdan qochma kuch ta’sirida chetga chiqarib tashlanadi. Siklonning pastki qismida gaz oqimi 1800 ga burilib, markaziy quvur orqali yuqori tomonga harakatlanadi, oqimning bunday burilishi qattiq va suyuq zarrachalarning ajralib chiqishini osonlashtiradi. Ammo zarrachalarning bir qismini gaz oqimi ilashtirib, tashqariga olib chiqadi, ularning miqdori 5-10% dan oshmaydi.Siklondan chiqqan gazlar radiatsion-konvektiv rekuperatorga yunaltiriladi, u erda gazlarning issiqlik hisobiga havo 600-8000C gacha qizdiriladi.va yoqilg‘ini yoqish uchun beriladi. Siklonli pechlarning kamchiligi quyidagilardan iborat: 1.atrof-muhitga ko‘p miqdorda texnologik chang chiqariladi; 2.gaz oqimi tarkibidagi qattiq zarrachalar siklonning o‘tga chidamli qoplamasi tez emirilishiga sabab bo‘ladi. Download 129.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling