1. Sanoat pechlari haqida umumiy tushuncha
Qanday yoqilg‘ilar tabiiy qattiq yoqilg‘ilar sanaladi?
Download 129.95 Kb.
|
Yuqori harorat javobi full
14. Qanday yoqilg‘ilar tabiiy qattiq yoqilg‘ilar sanaladi?
Yoqilgʻi — yonganda muayyan miqdorda issiqlik ajratadigan uglerod va uglevodorodli moddalar, energiya manbai. Qattiq, suyuq va gaz holatida boʻladi, tabiiy hamda sunʼiy xillarga boʻlinadi. Tabiiy qattiq Yoqilgʻi — yogʻoch, torf, slanets, toshkoʻmir, antratsit va b., sunʼiy Yoqilgʻi — pista koʻmir, koks, aglomerat va b. Tabiiy suyuq Yoqilgʻi — neft, sunʼiysi — benzin, kerosin, mazut va b., tabiiy gazeimon Yoqilgʻi — tabiiy gaz, sunʼiysi — domna gazi, generator gazi va b. Atom energiyasi va yarimoʻtkazgichlardan foydalanish texnikasi hamda nazariyasining rivojlanishi bilan yangi xil Yoqilgʻi — yadro Yoqilgʻisi paydo boʻldi. Iqtisodiy nuqtai nazardan eng arzon Yoqilgʻi —neft va tabiiy gaz. Dvigatellarda ishlatiladigan Yoqilgʻi (mas, benzin, kerosin, yadro Yoqilgʻisi, reaktiv Yoqilgʻi va b.) yonilgʻi deb ataladi. Har qanday Yoqilgʻi va yonilgʻi issiqlik ajratuvchanl i k xossasi bilan ifodalanadi. Jadvalda ish holatidagi, yaʼni isteʼmolchilarga beriladigan holatdagi Yoqilgʻi va yonilgilarning issiqlik ajratuvchanligi (kaloriyasi) keltirilgan: YO.ning turli xillari haqidagi maʼlumotlar tegishli maqolalarda beriladi (mas, gazlar, koʻmir, ushin, torf va q. k.).[1] Yoqilgʻi sanoati — har xil yoqilgʻi turlarini qazib olish va qayta ishlash bilan band boʻlgan sanoat tarmoqlari majmui; neft qazib olish, neftni qayta ishlash, gaz, ko‘mir, torf, slanets sanoatlarini oʻz ichiga oladi. Yo. s. energetikaning yetakchi tarmoqlaridan biri. Texnika taraqqiyoti va u bilan chambarchas bogʻliq holda xalq xoʻjaligida energiya isteʼmolini jadal koʻpaytiradigan i. ch.ni mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, elektrlashtirish, issiqlik bilan taʼminlashning rivojlanishi yoqilgʻining ahamiyatini tobora oshirib boradi. Yoqilgʻi moddalari, ayniqsa neft va gaz kimyo sanoatida xom ashyo sifatida ishlatiladi. Turkiston oʻlkasida sanoat asosida neft qazib olish 19-asrning 80-yillariga toʻgʻri keladi (1870—72 yillarda Fargʻona vodiysida 200 dan ziyod manbalari aniqlangan va hisobga olingan). 1885 yilda rus neftchisi D. P. Petrov Fargʻona vodiysi (Chimyon neft koni) da ikkita quduqdan neft qazib olishga va uni Vannovsk (hoz. Oltiariq) temir yoʻl st-yasidagi oʻzining shaxsiy kichik zdida qayta ishlashga muvaffaq bulgan. Qayta ishlash natijasida olingan kerosin aravalarga va tuyalarga yuklanib, Andijon, Toshkent, Qoʻqon paxta zdlariga, moyjuvozlarga va aholiga sotilgan. Neft krldiklari esa temir yoʻl transportida yoqilgi sifatida ishlatilgan. Oʻzbekistonda 1913 yilda 13 ming t neft olingan. Oʻzbekistonda gaz sanoatittt tarkib topishi va rivojlanishi tarixi asosan 1953 yilda Qizilqum choʻlida Setalontepa hududida birinchi gaz koni ochilishi bilan boshlangan. Buxoro viloyatining gazneftli hududlarida katta hajmda ishlar olib borildi. 15.Sunʼiy yoqilg‘ilarga qanday mahsulotlar kiradi?"Sintetik yoqilg‘i" atamasining o‘zi g‘alati. Odatda, biror mahsulotni neft, yoki, neft mahsulotlaridan tayyorlangan bo‘lsa, uni sintetik mahsulot deyiladi. Agar mahsulot aytaylik yog‘ochdan, yoki xullas neftga aloqasi bo‘lmagan biror narsadan tayyorlangan bo‘lsa, uni tabiiy mahsulot deyiladi. Biroq, nimagadir yoqilg‘i haqida gapirilganda bu qoida teskarisiga o‘zgarib ketadi. Ya'ni, agar yoqilg‘i neftdan tayyorlangan bo‘lsa, u - tabiiy, aksincha, neftdan boshqa narsadan tayyorlangan yoqilg‘ilarni sun'iy, ya'ni, sintetik deb ataladi. Nimaga ushbu jihatga urg‘u qaratilmoqda? Bundan deyarli 100 yil muqaddam, XX asrning 10-yillarida neftni qayta ishlash natijasida olinadigan yoqilg‘i mahsulotlari butun dunyoni egallay boshladi va avvaliga transport vositalari uchun, keyinroq, boshqa sohalar uchun ham asosiy energiya vositasiga aylanib oldi. Bunday bo‘lishiga sabab shunchaki neftni qazib olish va qayta ishlashning sanoat miqyosida yo‘lga qo‘yilgani emas. Neftning jahon transport va energiya bozorini egallashining asosiy omili - neft mahsulotlarining, ya'ni, suyuq uglevodorodlarning foydalanish, saqlash va tashish uchun favqulodda qulay ekanligidir. Suyuq uglevodorodlarni istalgancha muddat saqlash mumkin va u o‘z sifatini yo‘qotmaydi. Boz ustiga, suyuq uglevodorodlarni tashish ham juda qulay. Suyuq uglevodorodlarni tarkibiy qismlarga parchalash va har bir tarkibiy qismni alohida tarzda, boshqa-boshqa maqsadlarda ishlatish mumkin (benzin, kerosin, parafin va ho kazo). Muhandislar tomonidan loyihalangan turli tuman ichki yonuv dvigatellarining istalgan turi, suyuq uglevodorod bilan ishlaganda, juda katta foydali ish koeffitsiyenti namoyon qiladi va o‘z resurslarini maksimal ishlatadi. Suyuq uglevodorodlarda jam bo‘lgan energiya konsentratsiyasi, ya'ni, ularning issiqlik hosil qilish layoqati, qattiq yonilg‘ilar, masalan, ko‘mirga yoki, o‘tinga taqqoslaganda, juda ulkan miqdordadir. Yonilg‘i mahsulotlari orasida hozircha hech qaysi biri suyuq uglevodorodlar bilan teng kela olmaydi. Sintetik yoqilg‘ilar ishlab chiqarilishi tarixi bosh-boshida ikki xil yo‘nalishda rivojlangan. Shulardan birinchisi - muqobil yoqilg‘i manbalari deb atalgan va ushbu yo‘nalish avvalboshdanoq, suyuq uglevodorodlarni o‘rnini bosuvchi, o‘z nomi bilan muqobil yoqilg‘i sifatida qaralgan. Uning maqsadi masalan, transport vositalarini ichki yonuv dvigatellaridan xalos qilib, uning o‘rniga biror boshqa muqobil dvigatel va unga mos arzon yonilg‘i taklif qilish edi. Bunday yonilg‘ini olishga bo‘lgan urinishlar deyarli o‘sha zamonlardan beri (1910-yillardan beri) davom etib kelmoqda. Aslini olganda, ichki yonuv dvigatellarini ilk namunalari shundoq ham neftdan olingan suyuq uglevodorodlarda ishlamagan, aksincha, ko‘mir changida, yoki, spirtda ishlagan. Ushbu yoqilg‘ilarning har ikkalasi ham samaradorlik nuqtai nazaridan suyuq uglevodorodlardan ancha orqada qoladi. Bu yo‘nalishda ish olib borayotgan izlanuvchilar bugungi kunda ham topiladi. Sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish borasidagi ikkinchi yo‘nalish - vodorod energetikasidir. Bu haqida ko‘pchilik eshitgan albatta. Agar, xuddi shaharlardagi tabiiy gaz tarmoqlari singari, vodorod tarmoqlari tortib chiqilsa va vodoroddan yoqilg‘i sifatida foydalanilsa bormi! Bu energetik samaradorlik jihatdan ham, ekologik jihatdan ham ulkan muvaffaqiyat bo‘lgan bo‘lardi. Download 129.95 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling