1. Sanoat pechlarining turlari. Ishlash prinsipiga ko’ra turlanishi
Download 51.91 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Amriddin
Sanoat pechlarining ishlash prinsipiga ko’ra turlanishi REJA:
2. Ishlash prinsipiga ko’ra turlanishi. 3. Pechlarda ochiq va bilvosita qizdirish sxemalari. 1. Sanoat pechlarining turlari. Sanoat pechlarida bir vaqtning o’zida qator murakkab jarayonlar kechadi: yoqilg’ining yonishi va gazlashtirilishi, ishchi bo’shliqda yonish mahsulotlarining harakatlanishi, issiqlik va massa almashuvi jarayonlari, ishlov berilayotgan materiallarning ekzotermik yoki endotermik kimyoviy o’zgarishlari bilan bog’lik bo’lgan jarayonlar va hokazo. Bu jarayonlar o’zaro bog’langan bulib, ularnig barchasi birgalikda yig’indi jarayonini tashkil qiladi. Bularning ichida issiqlik uzatish jarayoni eng muximi hisoblanadi. Pechlarda turli metal va nometal materiallar: kulolchilik buyumlari, bog’lovchi materiallarning xom-ashyosi, kimyoviy xom-ashyosi va boshqalar qizdiriladi. Eritish jarayonlarida barcha jismlar oldin qizdiriladi. Turli pechlarda metal buyumlarning yuzlari orqali qizdirish amalga oshiriladi. Bu paytda pechning ishchi bo’shlig’ida joylashtirilgan buyumlar harakatsiz xolatda bo’lishi yoki sekin harakatlanishi mumkin. Issiqlik almashuvi odatda qizdirish usuliga bog’liq bo’ladi. Qizdirishning quyidagi usullari mavjud: texnologik jarayonning turi bo’yicha: 2.1- rasm Yuqori haroratli jarayonlar vaqurilmalar fanini bulimlari a) materiallning tuzilishi va fizik-kimyoviy xosallari o’zgarmaydigan yoki ularning o’zgarishi kuzatiladigan qizdirish; б) shixta (ruda, toshkol, yoqilg’i va boshqalar aralashmasi) materiallarini qizdirish; issiqlik tashuvchidan foydalanish usuli bo’yicha: а) yonish mahsulotlari bilan ochiq (to’g’ridan - to’g’ri) qizdirish; b) yonish mahsulotlarini yoki buyumlarni ajratib quyilgan (izolyatsiyalangan) holda bilvosita qizdirish; в) oraliq bo’g’indagi issiqlik tashuvchining mavxum qaynash qatlamida qizdirish. qizdirilayotgan materiallarning aerodinamik xolati bo’yicha: a) materialning harakatsiz (zich) qatlamida qizdirish; b) materialning "mavxum qaynash" qatlamida qizdirish; в) muallaq xolatdagi material qatlamida (uyurmali, girdobli) qizdirish. Pechlarda qizdirish ochiq usulda va ayrim xollarda bilvosita (biror vosita yordamida) amalga oshiriladi. Ochiq qizdirish (1.1-rasm ) eng oddiy usulda hisoblanadi, unda tutun gazlari qizdiriladigan material bilan bevosita to’qnashadi. Bu usul eritish, qizdirish va toblash pechlarida qo’llaniladi. To’g’ridan-to’g’ri qizdirish amalga oshiriladigan pechlar o’z navbatida quyidagi turlarga bo’linadi: ishchi bo’shlig’i katta erkin hajmga ega bo’lgan pechlar, bo’lakli materiallarga ishlov berish uchun mo’ljallangan shaxtali (quduqsimon) pechlar, qaynovchi qatlamli pechlar, tsiklonli (girdobli) pechlar va boshqalar. 1.1. a-rasmda ishchi bo’shlig’i katta erkin hajmga ega bo’lgan pechning sxemasi tasvirlangan. Qizdiriladigan material pech tubida joylashadi uning ustida esa katta erkin hajm bo’lib, unda yoqilg’i yoqiladi.Erkin hajmning mavjudligi yonish alangasini qizdirilayotgan materialga yaqinlashtirish imkonini beradi, bu esa juda muhimdir, chunki bu paytda issiqlik uzatish jiddiy jadallashadi. Download 51.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling