1. Sanoat pechlarining turlari. Ishlash prinsipiga ko’ra turlanishi
Ishlash prinsipiga ko’ra turlanishi
Download 51.91 Kb.
|
1 2
Bog'liq2-Amriddin
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Pechlarda ochiq va bilvosita qizdirish sxemalari.
- Internet saytlari
2. Ishlash prinsipiga ko’ra turlanishi.
Natijada pechning yuqori unumdorligi ta‘minlanadi, issiqlikning solishtirma sarfi kamayadi.bunday pechlarning ishchi bo’shlig’ining xar bir nuqtasida taxminan bir xil harorat kuzatiladi. Metodik (rejali qizdiriladigan) pechlarda (1.1 b-rasm) esa harorat o’zgaruvchan bo’ladi.Po’lat buyumlarni ochiq qizdirish paytida metall yuzasi oksidlanadi va uglerodsizlanadi. Buning oldini olish uchun yoqilg’i xavo sarfi koeffitsentining kichik qiymatlarida, ya’ni α = 0,4-0,5 da yoqiladi. Talab qilingan haroratlar darajasiga erishish uchun yoqishga berilayotgan xavoni 800°C gacha qizdiriladi yoki kislorod qo’llaniladi. Keyinchalik chala yonish mahsulotlari to’la yondiriladi va havoni qizdirish yoki boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi. Aylanuvchi barabanli pechlarda erkin hajm pechning o’qi bo’ylab joylashadi; bu pechlarda turli sochiluvchan yoki bo’lakli materiallar toblanadi.Pechning ichki qoplamasi baraban bilan birga aylanib, navbatma-navbat goh qizigan gazlar bilan, goh qizdiriladigan material bilan to’qnashadi, bu esa issiqlik uzatilishini jadallashtiriladi. Shaxtali (quduqsimon) pechlarda (1.1, g-rasm) ishchi bo’shliq bo’lakli material qatlami bilan to’ldiriladi va tutun gazlari bo’lakchalar hosil qilagan kanallar orqali oqib o’tadi; bu kanallarning ko’ndalang kesimi pech balandligi bo’yicha bir xil emas, shuning uchun gazlarning tezligi doim o’zgarib turadi. Tezlikning o’zgarishi oqimning girdobli harakatlanishiga va konvektov issiqlik uzatilishining ortishiga sabab bo’ladi, ammo bu o’z navbatida material qatlamining qarshiligini oshiradi. 3. Pechlarda ochiq va bilvosita qizdirish sxemalari. Turli xildagi sochiluvchan materiallar pechlarda qatlamli usulda yoki mavxum qaynash qatlamida yoki, muallaq uchish xolatida qizdirilishi mumkin. Mayda zarrachali materiallarning "mavxum qaynash" qatlamidagi issiqlik almashuvi jarayonlari juda jadal kechadi. Buning asosiy sababi-pechning butun hajmi bo’yicha materialning yaxshi aralashishi va shu materialning xar bir zarrasi atrofidan qizdiruvchi gazlarning oson va jadal oqib o’tishidir. Shuning uchun qaynovchi qatlamli pechlar metallurgiya va kimyo sanoatida mayda zarrachali ruda va kontsentratlarni hamda oltingugurt kolchedanini toblash (pishirish) uchun, neftni qayta ishlash sanoatida esa neft mahsulotlarini kataliz krekinglash uchun keng qo’llaniladi. Shu bilan birga qizdirishning tsiklonli (girdobli) usuli keng qo’llanilmoqda. Bu usulda girdobli harakat amalga oshirilgani uchun issiqlik almashuvi jarayonlari keskin jadallashadi va natijada tsiklonli pech (1.11-rasm) unumdorligining yuqori bo’lishi ta’minlanadi. Bu usul ishlab chiqarishning turli sohalarida qo’llanishi uchun keng istiqbollarga ega. Materiallarni bilvosita qizdirish paytida u tutun gazlaridan ajratilgan (yakallangan) holda bo’ladi va unga issiqlik (ajratuvchi) devor orqali uzatiladi. Masalan, koks batareyalarida issiqlik tutun gazlaridan ko’mir shaxtasiga retortarning yon devorlari orqali uzatiladi.Bu bilan havosiz muhitda ko’mirni quruq xaydash jarayoni amalga oshiriladi. Bilvosita qizdirish pechlariga mufel pechlari va radiatsion quvurli pechlar (2.2-rasm) misol bo’la oladi. 2.2-rasm. Bilvosita qizdish pechi Po’lat qismlarga issiqlik bilan ishlov berish (pishirish, toblash, tsementatsiya) ga mo’ljallangan mufel pechlarida ishlov beriladigan buyumlar tutun gazlaridan mufel yordamida ajratilgan bo’ladi. Po’lat qismlar bilan tutun gazlarining bevosita to’qnashishi mumkin emas, chunki bu hol po’latning oksidlanishiga yoki uglerodsizlanishiga olib keladi. Buyumlar mufel orqali o’tadi (1.2,a-rasm), mufelning ichi esa himoyalovchi gaz bilan to’ldirilgan bo’ladi. Issiqlik mufel devori orqali uzatiladi. Radiatsion quvurli pechlarda (1.2,b-rasm) qizigan tutun gazlari radiatsion (nur tarqatuvchi) quvurlar orqali o’tadi. Issiqlik quvur devorlari orqali uzatiladi, pechning ishchi bo’shlig’i esa himoyalovchi gaz bilan to’ldiriladi. Umuman olganda bilvosita qizdirish to’g’ri qizdirishga nisbatan ancha murakkab va qimmatdir. Turli texnologik jarayonlarning asosida material va buyumlarga issiqlik bilan ishlov berish yotadi: materialni qizdirish va eritish, g’isht va chinnini buyumlarni pishirish, bog’lovchi materiallar (tsement, oxak) va shishani olish va xokazo. Material va buyumlarga issiqlik yordamida ishlov berish texnologik yokienergotexnologik agregatlar – sanoat pechlarida amalga oshiriladi; ularda material va buyumlarga yuqori haroratli sharoitda keyingi ishlovlar berish yoki tayyor mahsulot sifatida chiqarish uchun zarur bo’lgan xossalar beriladi. Masalan: qizdirish pechlarida ishlov berilgandan keyin yarim mahsulotlar chigirib yoyish va bog’lash uchun zarur bo’lgan chizuvchanlik va oquvchanlikka ega bo’ladi. Chuyan quyish vagrankalarida chuyan qattiq xolatdan suyuq xolatga o’tadi va bu xolatda u quyma qolip bo’shliklarini yaxshi tuldiradi. Ba’zi termik pechlarda pulat buyumlar qizdiriladi, undan keyin esa, oldindan belgilangan tartibda sovitiladi, buning natijasida ma’lum mexaniq xossalarga ega bo’lishga erishiladi (yumshatish, bushatish, normalash, toblash). Po’lat buyumlarga kimyoviy- termik ishlov beriladigan pechlarda metal yuzasini karbon yoki azot bilan tuyinishi (tegishlicha: tsementitlash va azotlash)ni osonlashtirish uchun ular qizdiriladi va xokazo. Pechlarda qator murakkab jarayonlar sodir bo’ladi- gazga aylanish va yoqilg’ining yonishi, ishchi bo’shliqda tutun gazlarining harakatlanishi, ishlov berilayotgan materialga alanga va tutun gazlaridan issiqlikning uzatilishi, issiqlikning buyum yuzasidan ichkari qatlamlariga o’tishi va xokazo. Bu jarayonlarning barchasi o’zaro bog’langan.Ular ichida eng muhimlari issiqlik uzatish jarayonlari xisoblanadi. Printsipial sxemalari va ularning tuzilishi quyidagilarga bogʼliq: texnologik jarayonning turiga; materialga qizdirib ishlov berishning sifatiga quyiladigan talablarga; ishlab chiqarish kulamiga; foydalaniladigan energiyaning turiga va hokazo. Umuman olganda, yoqilgʼining (energiyaning) kichik solishtirma sarflarida yuqori solishtirma unumdorlikni taʼminlaydigan sxema shu pechning eng yaxshi texnologik sxemasi sanaladi. Yuqori unumdorlik, birinchidan, texnologik jarayonning uzluksizligi bilan va ikkinchidan, issiqlik hamda massa almashuvining jadalligi bilan belgilanadi; bularga quyidagi yullar bilan erishiladi: 1) yoqilgʼini yoqish uchun beriladigan havoni oldindan qizdirish yuli bilan pechdagi umumiy haroratni oshirish. Bu asosan eritish pechlarida amalga oshiriladi. Masalan, pulat, shisha va boshqa materiallar eritiladigan regenerativ pechlarda yonish uchun beriladigan havo 1000-12000S gacha qizdiriladi, buning natijasida mazut yoki tabiiy gaz yonish alangasining harorati keskin ortadi. Аgar past kaloriyali domna va generator gazlaridan foydalanilsa, faqat havo emas, balki gaz ham qizdiriladi. 2) yoqilgʼining yuqori uyurmali oqim sharoitida yoqish (mavhum qaynovchi qatlamli pechlarda). 3) markazdan qochma kuch taʼsiridan foydalanib havo va gaz oqimini uyurmalash natijasida issiqlik va massa almashuvi jarayonlarini keskin jadallashtirish. 4) qizigan gazlar oqimining yuqori tezligidan foydalanish (yuqori tezlikli qizdirish pechlarida) 5) utxona devorining haroratini maxsus yassi alangali yoqgichlar yordamida jadal qizdirish hisobiga oshirib, ular orqali issiqlikni buyumlarga uzatish. 6) domna pechlarining ishchi bushligʼidan bosimni oshirish. Yuqorida keltirilganlardan tashqari pech qurilmasi yaxshi ishlashining asosiy shartlaridan biri qizdirish jarayonining uzluksizligidir. Bunga pechning ishchi bushligʼida materialning uzluksiz harakatlanishini taʼminlash natijasida erishiladi: shaxtali pechlarda gravitatsion kuchlar hisobiga; tunelli pechlarda yuklangan aravachalarni maxsus itarish moslamalari yordamida harakatlantirish; turli konveyrlarni qullash va hokazo. Asosiy adabiyotlar Rafael Kandiyoti Alan Herod Keith Bartle Trevor Morgan, Solid Fuels and Heavy Hydrocarbon Liquids: Thermal Characterization and Analysis, 2016. Zhongyang Luo Michalis Agraniotis, Low-rank Coals for Power Generation, Fuel and Chenical Production, 2017. Щукин А.А. Промышленные печи и газовые хазяйство заводов (учебник). – М.: Энергия, 2001, - 224с. Ключников А.Д. Высокотемпературные теплотехнические процессы и установки (учебное пособие). – М.: Энергоатомиздат, 2004, 336с. Клименко А.В. Промышленная теплоэнергетика и теплотехника, справочник. (Теплоэнергетика и теплотехника; Кн.4) 4-е издание. –М.: МЭИ, 2007. - 632с. Alimboyev A.U. Yuqori haroratli issiqlik texnologiyasi jarayonlari va qurilmalari (o’quv qo’llanma). –Toshkent.: TashGTU, 2002. Лебедев О.Д., Щукин А.А. Теплоисползующие установки промыщленных предприятий (учебник). М., « Энергия», 2000. Чечеткин А.В. Высокотемпературные теплоносители (учебник). М., «Энергия», 2001. Забродский С.С. Высокотемпературные установки с псевдоожиженным слоем (учебник). М., «Энергия», 2001. Qo’shimcha adabiyotlar Несенчук А.П. Огнетехнические установки и топливоснабжение (учебник), - М.: Высшая школа, 2002. Аверин С.И. Расчет нагревательных печей (учебник), - Харьков, 2009. Вальченко Н.А., Гурко В.В. Практическое пособие по выполнению курсогого проекта по курсу «Высокотемпературные теплотехнические процессы и установки» - ГГТУ, 2001. Internet saytlari www.ziyonet.uz www.twirpx.ru www.03-ts.ru www.aseanenergy.org www.iea.org www.tgv.khstu.ru www.polytech.sfu-kras.ru Download 51.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling