1. Saqlanayotgan asl ko`rinishi. Saqlashga qabul qilinadigan donning xolati


Don uyumlarini saqlashda ularning chidamliligini oshirish tadbirlari


Download 419.87 Kb.
bet5/7
Sana08.01.2022
Hajmi419.87 Kb.
#241772
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
13 maruza

4.Don uyumlarini saqlashda ularning chidamliligini oshirish tadbirlari. Don uyumlarini aralashmalaridan tozalash. Don uyumlarini quruq yoki sovutilgan holatda saqlashning texnologik va iqtisodiy afzalligi, yuqori samaradorligi ularning chidamliligini oshirishga mo`ljallangan turli yordamchi usullarni kompleks yoki alohida – alohida qo`llashga bog`liqdir. Ana shunday usullarga: donlarni begona aralashmalardan tozalash, tez – tez shamollatib turish, jamg`armalarni zararkunandalardan saqlash va boshqalar kiradi. Yuqori namlikka ega bo`lgan, oziva – yemga mo`ljallangan don uyumlarini saqlash imkonini yaratish uchun esa maxsus usul – kimyoviy konservalash usulidan foydalaniladi. Hosilni yig`ishtirish paytida don uyumlarini yovvoyi o`simlik urug`laridan, yashil qismlari , chang va mikroorganizmlarning ma’lum turlaridan o`z vaqtida tozalash uning fiziologik faolligini keskin susaytiradi. Ayniqsa, urug`lik jamg`armalarni tozalashni kechiktirib bo`lmaydi. Don to`plamidagi aralashmalar tarkibini dastavvl xo`jaliklarda tozalash yaxshi natija beradi. Don uyumlarinin aralashmalardan o`z vaqtida tozalash ishlarini tashkil etish va qishloq xo`jalikda mexnat xarajatlarini iqtisod qilish maqsadida 20 va 40 t/soat ishlab chiqarish quvvatiga ega bo`lgan don tozalovchi agregatlardan keng foydalaniladi. Don tozalovchi agregatlar donlarni qabul qilish, tozalash, vaqtincha saqlash va ortishni to`xtovsiz ta’minlaydigan mexanizmlar tuzilmasidir. Don tezlovchi mashinalar bunkerlar blok ustiga joylashgan, temir ustunlarga maxkam o`rnatilgan bo`ladi. Ish jarayonini boshqarish masofali pulьt orqali amalga oshiriladi. Unga himoya va singan sistemalari moslashtirilgan bo`ladi. Agregatni bir mexanizator boshqaradi. Asosiy texnologik sxemada donni o`raga to`kish, uni kavishlar yordamida avval yuqoriga chiqarib, keyin o`z oqimida don tozalovchi mashinaga uzatiladi. Shundan so`ng tozalangan don transportyor orqali trper blokiga ko`chiriladi va keyingi bosqichda tozalangan donga mo`ljallangan bunkerga to`kiladi. Havo – panjarali mashinada havo oqimi yordamida yengil aralashmalar ajratiladi. Don uyumi uch fraktsiyaga: toza don; furaj doni; va don qoldiqlariga bo`linadi. Don to`pini bu mashinadan o`tkazayotganda ortib qolgani zaxira bakteriyaga to`shadi, bu o`z yo`lida mashinaning bir tekis ishlashini ta’minlaydi. Urug`larga ishlov berish va tayyorlashning texnologik sxemasi quyidagi ishlardan iborat: dastlabki tozalash, don uyumlarini faol shamollatish, quritish, ikkilamchi tozalash, dorilash va qoplarga joylash.

Moslama turlari. Faol shamollatish ombor, maydoncha, maxsus bunker va elvator xirmonlarida amalga oshiriladi. Xo`jaliklarda quyidagi moslamalar mavjud: ombor yoki maydoncha sathida doimo foydalaniladigan havo quruqlari tuzilmalari, doimiy to`ldirmalar; omborcha yoki maydoncha satxining zarar joyiga o`rnatiladigan suriladigan havo tarqatuvchi quvurli sistema ko`rinishidagi ko`chma to`ldirmalar, bunkerli, quvurli moslamalar. Birinchi moslama turida havo diffuzor orqali quvur va panjaralarga tushadi. U markazga intilib xarakatlanuvchi, quvvati yetarli va yuqori ishlab chiqarish darajasidagi elektr shamolatgichlar bilan bog`langan bo`ladi. Shamollatgichlar diffuzorga omborxonadan tashqarida ulanadi. Omborxonada odatda 1 – 2 ta shamollatgichlar bo`ladi, ular g`ildirakka o`rnatilib, zarur paytlarda kerakli diffuzalarga yaqin olib kelinadi va ishlatiladi. Don uyumlarini faol shamollatish uchun zarar havo bosimini ta’minlovchi ko`plab asosli va markazga intilib xarakatlanuvchi shamollatgichlardan foydalaniladi. Moslamalarning yaxshi ishlashi, shuningdek, barcha havo taqsimlash shaxobchalarining to`g`ri tuzilishiga, omborxonaning hamma qismlarida tegishli havo bosim hisobga olinishiga bog`liqdir.

Aks holda shamolatish notekis bo`lishi ya’ni shamollatiladigan don to`plamining ba’zi joylarida havo to`planishi yoki yetarlicha bo`lmasligi natijasida donlarning namlanishi va sovutilmasligi natijasida donlarda buzilish o`choqlari paydo bo`ladi. Bunker moslamalari (shamollatiladigan bunker) tsilindr yoki to`g`ri burchak shaklidagi, turli balandlikdagi, don uyumlarida havo bosimini ko`paytiruvchi maxsus quvurlar bilan jihozlangan. Ushbu moslamalarning tuzilishlari har xildir. Ba’zilarida havo xirmon ostidan yuboriladi va xirmonning barcha qatlamlaridan o`tadi, boshqalarida esa radial yoki qavatma – qavat amalga oshiriladi. Baland xirmonlar uchun yuqori bosimli ventilyatorlardan foydalaniladi. Don yetishtiruvchi xo`jaliklarda radial usulda havo o`tkazuvchi temir tsilindr bunkerlari ishlatiladi.

Bunker ichida (markazida) tsilindr shaklidagi quvur tik o`rnatilib, devorlari, bunker singari havo o`tishini ta’minlaydigan maxsus teshiklarga ega. Shamolatgichlar yordamida yuborilgan havo quvur bo`ylab (ichki tsilindr bo`ylab) don uyumiga o`tadi va perforirlangan devor orqali tashqariga chiqadi. Havo taqsimlovchi quvurlar ichidagi ko`chib yuruvchi parshen don uyumida havoni bir tekisda taqsimlashni ta’minlaydi. Bunkerning bunday turlari elektr havo isitgichlar bilan jixozlangan bo`lib, don uyumini quritish zaruriyati bo`lgan vaqtlagina ulunadi. Don uyumi quritilganda so`ng sovutiladi. Bunkerlarni don bilan to`ldirish cho`michli transportyorlar orqali, bo`shatish esa o`z oqimi bilan amalga oshiriladi. Xo`jaliklarda ko`chma quvur moslamalaridan ham foydalaniladi. Diametr 102 m quvurlarni don uyumiga botirish va undan tortib olish elektrtitratgichli bolg`a yordamida bajariladi. Quvurlarning yuqori qismiga saotiga 500 m3 havo yubaruvchi shamollatgich o`rnatiladi. Ana shunday moslamalarni urug`lar saqlanadigan omborxonalarda ishlatish yaxshi samara beradi, lekin ko`chma quvur moslamalarining kamchiligi havodan foydalanish sistemasi hisoblanadi. Shamollatish uchun tashqaridagi havodan emas, balki omboxona havosidan foydalaniladi.

Moslamalarning yana bir kamchiligi, doimiy moslamalarga qaraganda elektr quvvatini 2 – 3 barobar ko`p sarflaydi.

Don uyumlarini faol shamollatish. Faol shamollatishning muvaffaqiyati, boshqa texnologik tadbirlar singari, nafaqat qo`llaniladigan moslama tuzilishiga, balki undan to`g`ri foydalanishga ham bog`liqdir. Shamollatish samarasi, shuningdek havoning harorati va foydalaniladigan havoning namlikka ega bo`lishi don uyumining namligi va haroratidan kelib chiqadi. Don uyumiga yuboriladigan havoning umumiy miqdori, shuningdek ma’lum bir vaqtgacha (m- n 1 saotdagi) uning hajmi katta ahamiyatga ega.

Masalan: donlarni hosil yig`ishtirib olingandan keyin yetilishi uchun ularga sepishdan oldin issiq emas, balki namli havo bilan ishlov beriladi. Quruq don to`plamlarini sovutish uchun sovuq yetarli darajada bo`lgan quruq havo zarur.

Yuqori namlikka ega bo`lgan donlarda ko`pincha o`z – o`zidan qizish ro`y beradi, ularni nam singdirilgan sovuq havo bilan yaxshilab sovutiladi. Shamollatishning texnologik samaradorligiga tezroq erishish uchun havo va don uyumi orasidagi ko`rsatkichlar farqi katta bo`lishi kera. M- n, harorat farqi 50S va havoni uzutish 100 m3 bo`lganda, shamollatish saotiga 0,20S pasayib boradi, 150S xarorat farqida esa 0,50S pasayib boradi. Faol shamollatish don uyumi havosi nam bug`i bo`lsa ham o`tkaziladi. Ammo faol shamollatishning istalgan davrida ham don uyumi va shamolatgichni so`riuvchi teshiklarini suv tomchilari hamda qordan himoya qilish zarar shamollatishda xirmonning balandligi yetarli darajada bir xil bo`lishi kerak.

Isitilgan havo bilan faol shamollatish. Ko`pchilik mamlaktlarda yuqori namlikka ega bo`lgan don xosilini yig`ishda donlarni isitilgan havo yordamida quritish keng tarqalgan. Havo +3 - 50S isitilganda, donning nam sig`imini va qurish qobiliyatini keskin oshirish. Uni amalga oshirishda havo isitkichlari yoki shipga maxkamlangan maxsus quritgichli bunkerlardan keng foydalaniladi. Maydonchaning eptimal kattaligi 40 – 60 m2 bo`lib, bir vaqtining o`zida 50 – 60 sm yoki 70 – 80 sm qalinlikdagi 20 – 30 t don joylanishi mumkin. Uzluksiz quritishni amalga oshirishda ikki kamerali quritgichlardan foydalaniladi. Bitta kamera don bilan to`la bo`lsa, ikkinchisi bo`shatilib boriladi.

Xar bir quritish kamerasining kattaligi 50m pasib, atrofi 1m balandlikda o`ralgan bo`ladi. Quritish muddati amalda 1-3 kecha-kunduzni tashkil etadi. Faol shamollatib quritish urug`larni xosil yig`ilgandan keyingi yetilishni taminlaydi, ortiqcha qizib ketishdan saqlaydi. Bu usulning kamchiligi urug`larning notekis qizdirilishi va ularni xirmon qatlamlarida turlicha quritilishdir: pastki qatlam kuchli qiziydi va ko`p quriydi, ammo past harorat qo`llanilsa, zararli ta’sirlar yo`qoladi, don quritilgandan keyin transport vositalarida aralashishi sezilarli darajada namlikni tekislaydi. Quritish xirmonning yuqori qatlamidagi donlarning namligi 16 – 17% ga yetganda to`xtatiladi. Faol shamollatish sabzavot ekinlarining kam to`kilish xususiyatiga ega bo`lgan urug`larini, kanakunjut, juxori, kanop va sebarga urug`larini quritishda keng foydalaniladi. Urug`li don to`plamlaridagi havoni vaqti – vaqti bilan almashtirib turish ulardagi unish qobiliyati saqlaydi, yangi yig`ilgan donni quruq issiq havo bilan ishlov berish ularni yig`imdan keyingi yetilishni ta’minlaydi. Faol shamollatishni qo`llab, urug`larga ekishdan oldin issiqlik bilan ishlov berish ham mumkin. Shamollatish moslamaridan foydalanib, don uyumlariga fumigatlar bilan ishlov bergandan so`ng ularni yengil va tez degazatsiyadan o`tkaziladi. Don uyumlarini isitilgan havo bilan faol shamollatishning yana bir afzalligi shundaki, quritish moslamalari orqali o`tkazilganda va transport vositalarida tashishda donlar zararlanmaydi. Bu, ayniqsa urug`lik materiallari to`plamlari uchun ahamiyatlidir. Avvallari faol shamollatishda faqat atmasfera havosidan tabiiy holatda foydalanib kelinardi. Hozirda esa isitilgan havo bilan faol shamollatishi don uyumini ombor yoki maydonchalarda aralashtirmasdan quritish imkonini yaratadi.

Donni kimyoviy konservalash. Donlarni saqlashda ulardagi aloxida komponentlarining xayotiy faoliyatini sekinlashtirish yoki to`xtatishni kimyoviy vositalar yordamida amalga oshirish. Kimyoviy konservalar deb yuritiladi. Nam donni xamda ozuqa maqsadidagi donlarni kimyoviy konservalash muxim axamiyatga egadir. Bu maqsadda ko`proq metabisul’fat qulay deb topilgan. Ma’lumotlarga qaraganda, bug`doy va arpa don uyumlarning 19% dan 52% gacha bo`lgan namligida shu dorilarning 1.0-1.5% lik meyorini qo`llash donlarini 40-80 kun davomida mog`orlash unish va o`z o`zidan qizib ketishdan saqlaydi. Don uyumiga mexanizmlar yordamida qo`shilgan va puxta aralashtirilgan metabisulfat asta – sekin parchalanadi va hayvonlar uchun zararsiz bo`lgan Glauber tuzi singari mahsulotlarga aylanadi. Kimyoviy konservalash usuli oziqa – yem sifatida foydalanishga mo`ljallangan va yuqori namlikka ega bo`lgan donlarga xosdir. Oziq – ovqat va urug`lik sifatida foydalanilishga mo`ljallangan donlarga ulurni qo`llab bo`lmaydi. Lekin donlarning unish xususiyatlariga ta’sir etmaydigan dorilar bilan kimyoviy konservalash urug`lik fondlarni saqlashda ham qo`llanilishi mumkin. Don uyumlarining sifati va saqlanishga mog`or zamburug`lari va hashoratlarni kuchli ta’sir etish natijasi qo`llaniladigan konservalash uchun ishlatiladigan moddalar, avvalo, ularning funktsid va insektitsid xususiyatlarini o`rganishni talab qiladi. Bir qator izlanishlar natijasida kichik kontsentratsiyada ham mog`or zamburug`lariga kuchli ta’sir etuvchi ko`plab ingibitorlar topilgan. Ulardan, ayniqsa tiomochevina va 8 – oksixino sulьfat samarali ta’sir ko`rsatadi. Ammo bu va boshqa ingibitorlarni ishlatish maqsadga muvofiq emas. Chunki ular donni oziq – ovqat va ozuqa – yem xususiyatlariga salbiy ta’sir etadi. Boshqalari inson va hayvonlar uchun zaharli, yana boshqalari urug`larning hayot faoliyatini so`ndiradi. Ko`pchilik inbitorlar iqtisodiy tomondan samarali emas. Shu boisdan hozirgi davrda don va urug`larni mikroorganizmlardan himoya qilishda kimyoviy vositalardan foydalanish ancha cheklangan. Qishloq xo`jalik amaliyotida oldindan urug`lar dorilanadi va yuqori namlikka ega bo`lgan yem – donlar konservalanadi. Chora uchun yem – maqsadida yuqori namlikka ega bo`lgan donlarni kimyoviy konservalash katta ahamiyatga ega.

Ana shu maqsadda metabisulьfatdan (Na2 S2 O5) foydalanish maqsadga muvofiq bo`ladi. Keyingi yillarda ko`pchilik davlatlarda konservant sifatida past molekulyar karbon va propion kislotalardan foydalanish yaxshi samara bermoqda. Bu kislotalar kuchli ingibitorlar bo`lib, mog`or zamburug`iga qarshi qo`llaniladi va yaxshi bakteritsidlik ta’siriga ega. Ular asosida Angliya “Propkorn”, Germoniyada esa bitta propion kislotasidan iboratbo`lgan “Lyuprozil” preparatlari ishlab chiqarilmoqda. Kanadada ishlab chiqarilgan “Kemstor” preparati 65% sirka kislotasidan, 32,5 % propion kislotasidan, 2,0% may va chumoli kislotalari aralashmalaridan tashkil topgan. Ushbu preparatlarni qo`llash darajasi donning namligiga bog`liqdir. Preparatni suyuq holatda 240 t/soatda maxsus mashinalar yordamida don bilan aralashtiriladi. Ko`pgina davlatlarda o`tkazilgan tajribalarning ko`rsatishicha, shu usul bilan konservalangan nam don zararsiz holda yaxshi iste’mol qilinadi. Propion kislota bilan urug`lik donlarga ishlov berish ta’qiqlanadi.

Don mahsulotlarini saqlashda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etiladi:

1.Barcha xo`jaliklarda don omborxonalarini sizot suvlari chuqur joylashgan, suv havzalaridan uzoqda, loyiha asosida kerak.

2. Omborxonalarning devorini va yuzasini 50 – 100 sm balandlikda tsementlash, yog`och eshiklarni temir tunika bilan qoplash, derazalarga oyna solish yoki mayda temir to`rlar bilan qoplash lozim.

3. Har yili yangi hosilni qabul qilishdan avval, omborxonani, ayvon va boshqalarni ta’mirlash kerak.

4. Omborxona, maydoncha va ayvonlarda saqlanayotgan mahsulotlarni doimiy ravishda bir oyda uch marta zararkunandalar bilan zararlanishni nazorat qilib turish kerak.

5. Doimiy ravishda omborxona va maydonlar atrofi tozalanib turilishi kerak. Axlatlar zudlik bilan yoqib yuborilishi yoki 50 sm chuqur qazib, ko`mir qo`yiladi. himoyalangan hudud ichiga zararkunandalar kirib ketmasligi uchun uning atrof


4 – 5 m kenglikda himoya qilish uchun ishlov beriladi.


Download 419.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling