1. Savod o‘rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish etishning ahamiyati


Download 427.48 Kb.
bet1/13
Sana25.03.2023
Hajmi427.48 Kb.
#1295902
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Xamzayeva Maxliyo ona tili


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Universiteti
BOSHLANG’ICH TA’LIM FAKULTETI
Boshlang’ich ta’lim sport tarbiyaviy ish yo’nalishi
Sirtqi 412- guruh talabasi
Xamzayeva Maxliyo Mansur qizining
“Ona tili va uni o’qitish metodikasi ”
fanidan

KURS ISHI


Mavzu: Savod o’rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish
Bajardi: M.Xamzayeva
Kurs ishi rahbari: G.Bomurodova


Reja:
I. Kirish
II.Asosiy qism
1. Savod o‘rgatish darslarida mantiqiy mashqlarni tashkil etish etishning ahamiyati.
2. Savod o‘rgatish metodikasida mantiqiy mashqlar tizimi
3. Savod o‘rgatishda orfografik mashqlar tizimi
4. Boshlang‘ich sinflarda mantiqiy mashqlar ustida ishlash jarayoni
5. Savod o‘rgatish jarayonida mantiqiy mashqlar bajarishga o‘rgatish
III.Xulosa
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Kirish
Mavzuning dolzarbligi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgandan keyin iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘liga ega bo‘ldi. Mustaqillik omili ta'lim sohasini ham tubdan yangilash zaruriyatini yuzaga keltirdi. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunda pedagogik texnologiya ta'limning maqsadi, vazifasi, mazmuni, shakli, vositasi hamda prinsiplarini tanlash birinchi darajali ehtiyotga aylandi. Boshlang‘ich sinflarda ona tili ta'limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatini kengaytirishga, ularga erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishga, jamiyat a'zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Rеspublikаmiz Prеzidеnti SH.Mirziyoyevning: “Xalq irodasi bilan tanlangan yo‘l” mavzusidadagi 12-chaqiriq O‘zbekiston Oliy Kengashining Birinchi sessiyasida so‘zlagan nutqi “Birinchi navbatda inson ehtiyoj va talablari, jismoniy va ma`naviy yuksalishi respublikada bo‘lajak milliy-davlat va ijtimoiy-iqtisodiy siyosatning markazida bo‘lishi shart”,-deb ta’kidlaydi va ta’lim-tarbiya ishlari sifatini ko‘tarish vazifasini qo‘yadi. Tа’lim-tаrbiya tizimini tubdаn islоh qilish masalasini kun tartibiga qo‘yiildi. Bu bоrаdа “Tа’lim to‘g‘risidа“gi Qоnun, ular asosida “Umumiy o‘rta ta`limning davlat ta`lim standarti” yarаtildi. “Tа’lim to‘g‘risidа”gi Qоnundа “Davlat ta`lim standartlarini bajarish O‘zbekiston Respublikasining barcha ta`lim muassasalari uchun majburiydir”,- deb ta’kidlab ko‘rsatildi.
Bugungi kunda ona tili ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim jarayoni sifatida qaraladi. Ona tili ta’lim standarti ko‘rsatkichlari bolaning fikrlay olishga, ifodalangan fikrni anglashga va o‘z fikrini savodli, mantiqiy izchillikka rioya qilgan holda bayon qila olishga o‘rgatish nuqtai nazaridan belgilangan. 1-3- sinflarda o‘quvchilari matn ustida ishlash, matn mazmunini ongli bayon qilish, matn topshiriqlarini erkin bajarish, matn asosida fikrni izchil va mantiqiy bayon qilish hamda matnni lisoniy tahlil qila olishlari kerak. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda: “Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir”. Mustaqil fikrlaydigan, matn mazmunini to‘g‘ri tushunadigan o‘quvchini nutqi ravon va jozibali bo‘ladi. Bugungi kunda ona tili ta'limida matn ustida ishlash dolzarb masalalardan sanaladi. Matn o‘z mazmun va talablari bilan ijodiy tafakkur sohibi, erkin va mustaqil fikrlovchi komil insonni tarbiyalaydi. Matn va uning lisoniy xususiyatlarini buguni kun, yangi pedagogik texnologiya va zamon talablariga mos tadqiq etish mavzuning dolzarbligini tashkil etadi.

Download 427.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling