Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi odam ekologiyasi fani
Download 30.06 Kb.
|
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Antropoekologik sistemalar
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING EKOLOGIK DIFFERENSIATSIYALANISHI Odam ekologiyasi fani antropoekologik sistemalar kelib chiqishi, yashashi va rivojlanishi qonunyatlarini o‘rganadi. Odam ekologiyasi fani faqat tabiiy-ilmiy masalalargina emas, ijtimoiy, falsafiy, geografik muammolar bilan ham shug'ullanadi. Antropoekologik sistemalar muhit bilan o‘zaro dinamik bog‘- langan va shu tufayli o‘z ehtiyojlarini qondiruvchi insonlar uyush- masidir. Antropoekologik sistemalarning tabiiy ekosistemalardan asosiy farqi unda insonlar jamiyatining mavjudligi va dominant rol o‘ynashidir. Antropoekologik sistemalarda insonlar jamiyati bilan tabiiy muhit orasida o‘zaro ta’sir ikki xil yo‘nalishda boradi: 1. Muhit ta’sirida biologik va ijtimoiy ko'rsatkichlar o'zgaradi. 2. Insonlar ehtiyojini qondirish natijasida muhitning o‘zi ham o‘zgarib boradi. Odam ekologiyasi fanining asosiy vazifalari: Yashash muhitini idora qilishning usullarini ishlab chiqish. Tabiat zaxiralalaridan oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ishlab chiqish. Insonlarning yashash muhitlarini optimizatsiyalash choralarini o'rganish. Insonlarning yashash muhitiga ekologik adaptatsiyasini o'rganish. Inson bioijtimoiy mavjudot bo'lganligi uchun uning yashash muhiti bilan munosabatlarida bir qancha o'ziga xosliklar mavjud. Inson ekologik omil sifatida hayvonlar kabi faqat tabiiy zaxiralardan foydalanibgina qolmaydi, balki uning tabiatga ta’siri maqsadga muvofiqli, ongli bo’ladi, tabiat ustidan hukmronlik qiladi, tabiatni o‘z ehtiyojlariga moslashtiradi. Insonning tabiatga ta’siri o'simlik va hayvonlarnikiga qaraganda juda kuchlidir. Hayvonlar va o'simliklar faqat fotosintez natijasida jamlangan energiyadan foydalansa, odamlar qazilma boyliklar, suv, atom termoyadro energiyalaridan foydalanadi. Bu esa insonlar jamiyatining planetada keng tarqalishi va tez ko’payishiga imkoniyat yaratadi. Inson keng kosmopolitik arealga egadir. Insonning ekologik omil sifatida yana bir o‘ziga xosligi — uning faoliyati faol va ijodiy xarakterga ega ekanligidir. Insonning boshqa tirik mavjudotlardan yana bir farqi uning ekologik optimumining chegaralanganligidir. Insonlarning tabiatda keng tarqalishi ularning biologik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari orqali emas, balki inson o'ziga loyiq muhit yaratishi tufayli amalga oshadi. Odamning yashash muhiti ikkita tarkibiy qismdan tashkil topadi: Biologik-tabiiy (tabiiy muhit). Ijtimoiy-madaniy (sun’iy muhit). Ijtimoiy omillar ta’sirida insonlar jamiyatining xo‘jalik-madaniy tiplari kelib chiqadi va o‘sha sharoitga qarab almashinib turadi. Download 30.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling