Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi odam ekologiyasi fani


Download 30.06 Kb.
bet4/6
Sana23.06.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1652637
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING

Tog‘ adaptiv tipi — atmosfera bosimi past, kislorodning parsial bosimi kam, gipoksiya, sovuq, ovqatning nisbatan bir xilligi sharoitida shakllangan.
Xarakterli xususiyatlari:

O‘zbekiston aholisining ayrim qismlari tog‘li adaptiv tiplarga kiradi.
Antropogen ekosistemalar — asosiylari urbanobiotsenozlar va agrobiotsenozlar.


Agrobiotsenozlar (qishloq biotsenozlari) — turlar tarkibi cheklangan bo‘lib, asosan madaniy o‘simliklar va uy hayvonlaridan tashkil topadi. Ekologik sharoitlarning: havo, suv, atrof-muhit omillarining nisbatan yaxshi ko’rsatkichlari bilan xarakterlanadi. Tibbiyot nuqtai nazardan bu ekosistemalarda antropozoonozlar (exinokokkoz, trixinellez), geogelmintozlar (askaridoz, trixotsefalyoz, ankilostomozlar), biogelmintozlar (shistosomoz, trixinellez) ko‘p tarqalgan, atrof-muhit kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar, gerbitsidlar bilan ifloslanganligini e’tiborga olib, ularning profilaktikasi, atrof- muhitni muhofazalash chora-tadbirlarini amalga oshirish talab qilinadi.
Urbanotsenoz (shahlar biotsenozi) ijobiy tomonlari — hayot darajasi yuqoriligi, umumiy kasallanish ko’rsatkichlari nisbatan pastligi, aholining ish bilan ta’minlanishi va tibbiy yordam yaxshi yo‘lga qo’yilganligidir.
Ammo urbanotsenozlarning salbiy tomonlari ham anchadir:

  • aholi zichligi yuqumli kasalliklar ko‘p tarqalishiga omil hisoblanadi.

  • shovqin, gipodinamiya, shahar hayotining ancha tangligi, keskinligi asab, ruhiy, yurak-tomir kasalliklari uchun zamin hisob­lanadi (bu kasalliklar qishloqqa nisbatan 1,5-2 baravar ko’proq uchraydi).

  • atmosferaning ifloslanganligi ultrabinafsha radiatsiyasi jadalligini ancha susaytiradi (bolalar orasida raxit, D-avitaminozlari ko'proq uchraydi).

  • o'simlik ovqatlari, sut mahsulotlari nisbatan kam iste’mol qilinadi;

  • tug'ilish ko'rsatkichlari ancha past.

Urbanotsenozlarda quyidagi tibbiy-sanitariya chora-tadbirlarini amalga oshifish tavsiya etiladi:

  • atrof-muhit zararlanishi oldini olish;

  • ishlab chiqarishda, chiqindisiz, yopiq texnologiyalardan foydalanish;

  • shovqinlarni kamaytirish, ishlab chiqarish va transport jarohatlari oldini olish;

  • yashil zonalarni yaratish;

  • aholi o'rtasida sog'lom hayot tarzi, jismoniy tarbiya, sportni targ'ib qilish.


Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling