Odam ekologiyasi. Odamning ekologik differensiatsiyalanishi odam ekologiyasi fani


Download 30.06 Kb.
bet2/6
Sana23.06.2023
Hajmi30.06 Kb.
#1652637
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
ODAM EKOLOGIYASI. ODAMNING

Xo‘jalik-madaniy tiplar: kelib chiqishi farqlanadigan, bir xil tabiiy sharoitlarda yashaydigan, bir xil ijtimoiy-iqtisodiy darajada bo’lgan, xo‘jalik-madaniy faoliyatlari o'xshash bo’lgan shaxslar umumlashmasidir. Shunday qilib, inson o‘z faoliyati natijasida xo‘jalik-madaniy muhitni yaratadi. Bunday muhitning asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar:

  1. Insonlarning hayot tarzi.

  2. Kasalliklar strukturasi.

  3. Sog‘liq ko‘rsatkichlari.

Muhit sifatning integral mezoni insonlarning sog‘ligi ko'rsatkichlaridir.
Insonlarning ekologik differensiatsiyalanishi. Evolutsiya jarayonida inson populatsiyalari doimo ekologik omillar ta’sirida bo‘lib kelgan. Ilmiy-texnik revolutsiya insoniyat tarixining faqat 1% qismiga teng. O‘z tarixining asosiy qismida insoniyat: iqlim, alimentar omillar, geokimyoviy jarayonlar, biologik omillar ta’sirida rivojlanib kelgan. O‘sha yuqoridagi omillar ta’sirida insonlarning har xil ekologik adaptiv tiplari shakllangan.
Adaptiv tip — ma’lum muhitga eng yaxshi moslanishni ta’minlovchi morfologik, funksional, biokimyoviy, immunologik va boshqa belgilar rivojlanishini ta’minlovchi reaksiya normasidir. Reaksiya normasi qancha keng bo‘Isa moslashish ham shuncha yaxshi bo’ladi.
Adaptiv tiplar kelib chiqishining asosiy zaxirasi va zamini o‘zgaruvchanlikdir.
Boshqa populatsiyalar kabi insonlar populatsiyalarida ham genetik polimorfizm mavjud bo'lib, uning natijasida bo‘yi, ko‘krak qafasi kengligi, teri osti yog‘ kletchatkasi qalinligi, gaz almashinishi, qon oqimi tezligi, suyaklar mineralizatsiyalanishi, qonda xolesterinning miqdori kabi ko‘rsatkich bo'yicha 10-25% farqlar mavjud.
Adaptiv tiplar irqlarga bog‘liq emas. Ular genofondi ma’lum yashash sharoitiga moslashgan populatsiyalardir. Adaptiv tipga xos ko‘rsatkichlar embriogenez davridayoq namoyon bo‘la boshlaydi (masalan, tana proporsiyalari).
Quyida adaptiv tiplarnng asosiylari, ularning kelib chiqish sharoitlari, xarakterli belgilari bilan qisqacha tanishamiz.

Download 30.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling