II. Boʻlim. Alifbe davri (134 soat)
1. O‘qishga o‘rgatish (40 soat)
Unli va undosh tovushlar, ularning talaffuzidagi farqlanish haqida ma‘lumot berish; harf va tovush munosabatiga oid tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirish; kesma harf va bo‘g‘inlar asosida so‘z hosil qilish, tuzilgan so‘zlarni to‘g‘ri o‘qish; so‘zlarni avval bo‘g‘inlab, ravon o‘qishga o‘rgatish; taqqoslash va chamalash qobiliyatlarini o‘stirish; tinish belgilariga rioya qilib, ifodali o‘qishga o‘rgatish; o‘qish jarayonida amal qilinishi lozim bo‘lgan gigiyena qoidalariga rioya qilishga o‘rgatish.
2. Yozuvga o‘rgatish (94 soat)
Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish (genetik metod), kichik harflarga o‘xshash bosh harflarni farqlash; o‘quvchida yozuv sifatini, ya‘ni harflarni to‘g‘ri bog‘lab yozish; harflarni belgilangan 65º qiyalikda yozish (chiziqli metod); har bir qatorda harflarning bir xil balandlikda bo‘lishiga erishish (sanoq-ohang metodi); harf elementlari, harflar va so‘zlar orasidagi masofalarni bir xilda saqlash kabilarni shakllantirish; tasavvur qilish orqali havoda harflarning shaklini yozdirish orqali (tasavvur orqali yozish metodi), har bir harf yoki harflarning bog‘lanishi, og‘zaki yoki doskada tushuntirish orqali, qo‘lni qayerga qo‘yish, qayerda bu harakatni burish yoki uzish kerakligi, harflarning yozuv chizig‘i bo‘ylab joylashishi haqida nazariy va amaliy tushuncha va malakalarni rivojlantirish; bir va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan talaffuzi va yozilishi bir xil so‘zlarni, 2-3 so‘zdan tuzilgan gaplarni eshitib yozish; so‘z va gapni to‘g‘ri yozish; eshituv va ko‘ruv xotirasiga asoslangan kichik diktantlar yozish.
Namunaga qarab bo‘gin, so‘z yozish (15 soat)
Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish (genetik metod), kichik harflarga o‘xshash bosh harflarni farqlash; o‘quvchida yozuv sifatini, ya‘ni harflarni to‘g‘ri bog‘lab yozish.
Kesma harflardan so‘z tuzish va yozish (14 soat)
Unli va undosh harflarning bosh va kichik shakllarini yozish, kichik harflarga o‘xshash bosh harflarni farqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |