1. Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari. Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar
Download 139.36 Kb.
|
1. Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari. Alifbogacha tayyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish. 5.Savod o‘rgatish o‘qish darslarining turlari va tuzilishi.
- Alifbegacha davr
- “Alifbe davri”
O’quvchilarni savod o’rgatishga tayyorlov (Alifbegacha bo’lgan davr)davrda nutq o’stirish Reja: 1.Savod o‘rgatish jarayoni va uning davrlari. 2.Alifbogacha tayyorgarlik davri va bu davrda beriladigan bilimlar. 3.Alifbo davri, bu davrning maqsadi va vazifalari. 4.Savod o‘rgatish davrida o‘quvchilarni bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish. 5.Savod o‘rgatish o‘qish darslarining turlari va tuzilishi. 6.Savod o‘rgatish davrida nutq o‘stirish usullari. Savod o’rgatish jarayoni Savodga o‘rgatish va nutq o‘stirish Savod o‘rgatish ishlari birinchi sinfda yil mobaynida olib boriladi. Birinchi sinf dasturi ikki bo‘limdan iborat: alifbegacha bo‘lgan tayyorgarlik davri va alifbe davri. Alifbegacha davr: bu davrning asosiy vazifalari-o‘quvchilarni dastlabki o‘qish va yozish malakalarini o‘zlashtirishga tayyorlash. Tayyorlash ishlariga: - bolada o‘qishga qiziqish uyg‘otish; - o‘z kuchiga ishonch hosil qilish; - har bir bolaning umumiy va nutqiy rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash; - og‘zaki nutqini o‘stirish; - eshitish idrokini rivojlantirish; - ko‘rish idrokini o‘stirish; - mayda qo‘l muskullarining harakatchangligini oshirish ishari kiradi. Alifbegacha davr tayyorlov yoki propedevtik davr deb ham yuritiladi. Ushbu davrning asosiy vazifasi bolalarni xat-savod o‘rgatishga tayyorlash. Bu davrda olib boriladigan ishlarning mazmuni yozma nutq mexanizmlaridan kelib chiqadi. Yozma nutq og‘zaki nutq asosida shakllanadi. Bolaning eshitish analizatori, ko‘rish analizatori faoliyati, mayda qo‘l muskullarining harakatchanligi yaxshi bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bolani o‘quv faoliyatiga kiritish, o‘qishga qiziqish uyg‘otish, bolalarni yosh hamda individual xususiyatlarini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Alifbegacha davrda og‘zaki nutqning funksional sistemasi o‘rganiladi va takomillashtiriladi. Bolalar bilan sabzavot, meva, kiyim, o‘quv qurollari, transport kabi va boshqa mavzular bo‘yicha suhbatlar uyushtiriladi, analiz-sintez malakalari rivojlantirib boriladi. Eshitish analizatorini rivojlantirish ishlari ikki yo‘nalishda, nutqdan tashqari tovushlar asosida va nutq tovushlari-fonemalar asosida eshitish diqqati, xotirasi, fonematik o‘quvi rivojlantiriladi. Ko‘rish analizatori faoliyatini rivojlantirish ishlari rang, shakl hajmi, uzoq-yaqinligi, katta-kichikligini ajratish, ko‘rish diqqati, xotirasini o‘stirish, kuzatuvchanligini rivojlantirish, fazoviy idrokni o‘stirishlardan iborat bo‘lishi kerak. Bolaning umumiy motorikasi qanchalik yaxshi bo‘lsa, uning nutqiy motorikasi va mayda qo‘l muskullarining harakatchanligi shunchalik yaxshi bo‘ladi. Demak, alifbegacha davrda bolaning motorikasini yaxshi yo‘lga qo‘yish, ayniqsa mayda qo‘l muskullarining harakatchanligini o‘stirish muhim ahamiyatga ega. Birinchi sinf dasturining ikkinchi bo‘limini “Alifbe davri” tashkil etadi. Bu davrda o‘quvchilar tovush-harflarni tahlili asosidagi usul bilan o‘zlashtiradilar. Maxsus mehnat ta‘limi maktabida tovush-harflarni, bo‘g‘in hamda so‘zlarni o‘rgatish tartibi o‘zbek tilidagi tovushlarning fonetik xususiyatlari, ya‘ni hosil bo‘lish o‘rni, usuli, talaffuzi, bo‘g‘inga birikishi va boshqalar hamda o‘quvchilarning rivojlanishidagi o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilanadi. 1-sinf o‘quvchilari tovushlarni eshitish yo‘li bilan nutqdan ajrata oladigan, ularni aniq va to‘g‘ri talaffuz etadigan, boshqa tovushlardan farqlay oladigan bo‘lishi kerak. Har bir harf barcha bosqichlarda quyidagi tartibda o‘rgatilishi maqsadga muvofiqdir: - gap tuzib, uning ichidan o‘rganiladigan harf ishtirokidagi so‘zni ajratib olish; - so‘z ichidan tovushni ajratib olish va uning o‘rnini aniqlash; - tovushning artikulyatsiyasi, ya‘ni qanday talaffuz etilishi (havo oqimi qanday chiqadi, lablar qay holatda, til uchi qayerda turibdi, un paychalari tebranishi yoki tebranmasligi) aniqlanadi; - bir necha so‘z, bo‘g‘in ichidan tovushni ajratib olish, o‘rnini aniqlash; - tovushning yozuvdagi belgisi-harf shakli bilan tanishtirish; - tovush va harfni solishtirish; - harfni avval yopiq, so‘ngra ochiq bo‘g‘inlarda qo‘shib, bir nafas chiqarishda o‘qish. Ongli bo‘g‘inlab o‘qishga o‘rgatish maqsadida rasmlar ustida ishlash, alifbe darsligidagi har bir betni to‘g‘ri o‘qish ishlari olib boriladi. Savod o‘rgatish qiyinligini inobatga olib, ishni soddadan murakkabga qarab tashkil etish muhimdir. Download 139.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling