1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari


Download 166.36 Kb.
bet56/73
Sana03.02.2023
Hajmi166.36 Kb.
#1152433
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73
Bog'liq
MATFAK shpargalka

113- Tarmoq kartasi
Tarmoq kartasi(tarmoq platasi, , Ethernet-adapter, NIC(network interface controller)) – kompyuterni tarmoqdagi boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishi uchun mo’ljallangan kompyuterning periferik qurilmasidir. Tarmoq kartasi uch xil ko’rinishda bo’ladi:
1. Ichki tarmoq kartasi. Kompyuterning ISA, PCI portlariga ulanadigan karta.
2. Tashqi tarmoq qurilmasi. Bu tarmoq qurilmasi alohida bir qurilma bo’lib, USB, PCMCIA yoki LPT portlari orqali kompyuterga ulanadi. Bu turdagi tarmoq qurilmasidan asosan notebook foydalanuvchilari foydalanishadi.
3. Birlashtirilgan tarmoq kartasi. Kompyuterning ona platasiga birlashtirilgan bo’ladi. Zamonaviy kompyuterlar tarmoq qurilmasining shu turi orqali boshqa kompyuterlar bilan aloqa o’rnatadi. Tarmoq kartalari bir vaqtning o’zida ma’lumotlarni qabul qilib jo’natishi mumkin, 10,100,1000 Mbit/sek (Mbitlarda o’lchanadi) tezliklarda ishlay oladi.
Ilk tarmoq platalari diskret mantiqiy mikrosxema asosida yig’ilgan
bo’lib, buffer xotirasi 1 kadrga ega edi. Ishonchliligi juda past. Ma’lumotlar oqimi ko’p va ketma-ket uzatilganda buffer xotira ulgurib bera olmay, ma’lumotlar yo’qotilishi sodir bo’ladi. Bu esa tarmoq kartasini qayta qayta so’rov jo’natishiga sabab bo’lib, ish tezligini keskin kamayishiga olib keladi. Shu bilan birga ilk tarmoq kartalari har biri uchun alohida drayver kerak bo’lgan.
Ikkinchi avlod tarmoq kartasi bufer xotirasi ko’p kadrga asoslangan bo’lib, kompyuterdan yuklangan kadr tarmoqqa uzatilguncha ikkinchi kadr ham qabul qilinadi. Bu avlod tarmoq platalarida integrallashgan mikrosxemalar qo’llanila boshladi. Bu esa ishonchlilikning oshganligini anglatadi. Shu bilan birga drayverlar 3Com, Microsoft, Novell firmalari tomonidan standartlashtirilishiga erishildi.

Uchinchi avlod tarmoq platalari operativ xotiradan olgan ma’lumotlarni bufer xotirada konveyer sxemasi asosida qayta ishlaydi. Bu esa ish jarayonini tezligini 25-55% ga oshishini ta’minlaydi. Bu avlod platalari maxsus integral sxemalar asosida yig’ilgan bo’lib, ishchanligi va ishonchliligini oshishiga, narxini esa kamayishiga olib keldi.


To’rtinchi avlod tarmoq platalari – hozirgi kunda ishlab chiqari-layotgan kartalardir. Bu avlod tarmoq kartalari kompyuterni tarmoq orqali masofadan boshqarish, tarmoqdan operastion tizimni yuklash va boshqa imkoniyatlarga ega. PCI raz’yomli tarmoq platasi PCI shina
Hozirgi tarmoq platalari RJ (Registered jack)45 razyomiga mo’ljallangan bo’lib, juda katta tezliklarni ta’minlab bera oladi. Mis kabellar, optik kabellar orqali ma’lumotlar almashinuvini amalga oshirish mumkin. Eski ISA shinali tarmoq kartalarida esa koaksial kabellar ishlatilar edi.

Download 166.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling