1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari


Download 166.36 Kb.
bet64/73
Sana03.02.2023
Hajmi166.36 Kb.
#1152433
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73
Bog'liq
MATFAK shpargalka

128..Utilitlar va drayverlar
Utilitlar - yordamchi dasturlar. Unga nusxa olish uchun ishlatiladigan antivirus, arxivator, himoya va shunga o'xshash yordamchi funksiyalami bajaruvchi programmalar kiradi.
Utilitlar - ma'lumotlarni qayta ishlashda qo'shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki kompyuterga xizmat ko’'rsatishga tashxis, apparat va dasturiy vositalami testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirishga
mo'ljallangan dasturlardir. Ba'zan utilitlar majmualarga birlashib ketadi.
Utilit dasturlarga quyidagilar kiradi:
kommunikatsion dasturlar;
kompyuterni diagnostikasi uchun dasturlar;
qattiq disk, kesh va boshqa dasturlar uchun.
Utilita turlari:
qattiq disk utilitalari;
qattiq diskni defragmentatsiya qiluvchi dasturlar;
diskni tekshirish - har-xil fayl yo'llarida va disk hududlarida zararlangan yoki noto'g'ri yozilgan va undagi bo'sh joylarni hosil qilish maqsadida so'nggi marotaba samarali tarzda fayllarni o'chirib tashlash;
diskni tozalash - vaqtinchalik fayllarni o'chirish, keraksiz fayllar, «savatchani» tozalash;
diskni belgilash - mantiqiy disklarni disklarga ajratish bo'lib, fayl tizimlarini turli hil holatlarga egaligida va OTni bir nechta har xil disklarda qabul qilish;
rezervli nusxalash - butun diskning rezervli va alohida fayllarning nusxasini yaratish, hosil bo'lgan fayllarni qayta tiklash;
diskni ixchamlash - qattiq disklarda fayllarni qabul qilish hajmini kattalashtirish uchun axborotlarni diskda ixchamlash;
reestrlar bilan ishlovchi utilitalar;
qurilmalarda monitoring o'tkazuvchi utilitalari;
qurilmalarni tekshiruvchi.
Shuni yodda saqlash kerakki, utilitalarning bir qismi OTning tarkibiga kiradi, boshqa qismi esa avtonom vazifalarni bajaradi. TDTning katta qismi OT tarkibiga kiradi. DTning umumiy qismi esa kompyuterning tarkibiga kiradi OTning dasturlar qismi va nazoratli testlovchi dasturlar DXQ yoki DDXQ (dasturlashgan doimiy xotira qurilmasi)da yozilgan bo'lib, tizimli plataga o'rnatilgan. DTning umumiy qismi avtonom dasturlarni tashkil etadi va alohida o'ringa ega.
Drayver bu — kompyuterdagi qurilmalarni(videkarta, wifi modul, bluetooth modul vahakazo) operatsion tizim bilan bog’lab beruvchi maxsus dastur. Bu dastur bo’lmasa, sizdagi qurilmalar umuman ishlamaydi.
Misol uchun, notebook sotib oldingiz, undagi Wi-Fi modul ishlamayapti, yoki statsionar kompyuteringiz bor, lekin undan ovoz chiqmayapti. Tanish holatmi).
Demak, xulosa shuki, drayversiz sizning qurilmangiz temirning o’zi.
Drayver sizda mavjud bo’lishi kerak.
Odatda, kompyuter yoki notebook sotib olsangiz, sizga qo’shimcha disk beriladi, shu diskda sotib olgan hisoblash mashinangizdagi barcha qurilmalarning drayverlari mavjud bo’ladi, kompyuterni yoqasiz diskni tiqasiz va drayverlarni ketma-ket o’rnatib chiqasiz, hammasi oddiy.
Men bilishimcha, hozirda ko’p kompyuter do’konlari, notebook yoki statsionar kompyuterlarga drayver yozilgan disk qo’shib berishmayotgan ekan.
Kompyuter sotib olayotganda, albatta, sotuvchidan drayver yozilgan disklarni so’rang, uyalmang va qo’rqmang.
Sotib olayotganda drayver diskini olmagan bo’lsa, nima qilish kerak?
Sizga kerak bo’ladigan drayverlarni topishning ko’p usullari bor, shulardan birini yozib o’taman. Bu usul maxsus dastur — Driver Booster (https://t.me/planetaitsoft/100) orqali drayverlarni qidirish.
1. Driver Booster dasturini o’rnatasiz. O»rnatish jarayonida internet talab qilinmaydi, faqat yandex brauzerlarni o’rnatish taklif qilinadi, belgilashlarni olib tashlab, ularni o’rnatmang.
2. Dastur avtomat ishga tushadi, «Сканировать» bosiladi va dastur sizni kompyuterni analiz qiladi va qaysi drayverlar kerakligini aniqlaydi, bu holat uchun kompyuter internetga ulangan bo’lishi lozim.
3. Sizga 3 xil ustun taklif qilinadi:
— Drayver o’rnatilmagan qurilmalar.
— Drayver o’rnatilgan, lekin eski versiyasi.
— Drayverning oxirgi versiyasi o’rnatilgan.
4. O’rnatish kerak bo’lgan qurilmalarni belgilaysiz va «Обновить сейчас» tugmasini bosasiz, albatta internetga ulangan holda.
5. Dastur o’z bazasida mavjud bo’lgan va sizga mos keladiganlarini o’rnatib beradi.
6. Kompyuterni qayta yuklash so’raladi va barcha qurilmalaringiz ishga tushadi.



Download 166.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling