1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari


Tizimli dasturiy ta'minoti va uning turlari?


Download 166.36 Kb.
bet60/73
Sana03.02.2023
Hajmi166.36 Kb.
#1152433
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73
Bog'liq
MATFAK shpargalka

121.Tizimli dasturiy ta'minoti va uning turlari?
Tizimli dasturiy ta'minot (Sistem software) - kompyutеrning va kompyutеr tarmoqlarining ishini ta'minlovchi dasturlar majmuasidir.
Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
kompyuterning va kompyuterlar tarmog‘ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
kompyuter va kompyuterlar tarmog‘i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish.
Tizimli dasturlar ta'minoti deganda avvalo operatsion Itizim tushuniladi. Operatsion tizim maxsus dastur, aniqrog’i dasturlar umumiy tizimda jamlashgan bo’lib, u kompyuter qurilmalarining ishini boshqaradi, turli qurilmalarining boshqa dasturlar tomonidan ishlatilishini tashkillashtiradi, bir necha dasturlarning birgalikda ishlashini xotira qurilmalarida ma’lumotlarni saqlanishi, ularning xafvsizligi va butunligi ta’minlaydi.
Tizimli dasturiy ta’minot tarkibiy qismlari
Asosiy dasturiy ta’minot (baze software) - bu, kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarining minimal to‘plamidan iborat. Ularga quyidagilar kiradi:
- operatsion tizim (OT);
- tarmoq operatsion tizimi.
Yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengaytiruvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, kompyuterning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.


122.Total Commander dasturi funksional tugmachalar vazifasini yozing?
123. Total Commander dasturi va unda ishlash imkoniyatlari.
Windows (Total) Commander dasturida quyidagicha ishlarni amalga oshirish mumkin:
1. Windows (Total) Commander ni yuklash .
2. Windows (Total) Commander da yordam olish.
3. Fayl yaratish, unga ma’lumot yozish va diskka yozish.
4. Fayl mazmunini ko‘rish.
5. Faylni tahrir qilish.
6. Faylni nusxalash bir nechta faylni bir vaqtda nusxalash.
7. Faylni qayta nomlash, chop qilish.
8. Faylni o‘chirish.
9. Katalog yaratish.
10. Katalogga kirish va undan chiqish.
11. Katalogni qayta nomlash.
12. Katalogni o‘chirish.
13. Darchada katalog daraxtini ko‘rish boshqa diskka o‘tish.
14. O‘ng yoki chap darchaga disk mundarijasini chiqarish.
15. Darchalar bilan ishlash, ular o‘rnini almashtirish, chap yoki o‘ng darchani olib tashlash, bir darchadan boshqa darchaga o‘tish.
16. Diskdan faylni tez qidirib topish .
17. Diskdagi bo’sh joyni aniqlash.
18. Fayllar guruhini tashkil etilgan sanasi, hajmi, alifbo bo’yicha nomi bilan saralash va hokazo.
19. Total Commander ning boshqa menyu buyruqlari bilan ishlash.
20. Windows (Total) Commander dan chiqish.

Download 166.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling