Zomin tuman Axborot-kutubxona markazi tomonidan
2-APREL-XALQARO BOLALAR KITOBI KUNIGA BAG’ISHLAB
“KITOB-ILM NURI” nomli
Axborot-bibliografiyasi xizmati tomonidan tayyorlangan
ESLATMA
2-APREL XALQARO BOLALAR KITOBI KUNI
Ushbu kun 1967 yilda Xalqaro bolalar kitobi bo‘yicha kengash – IBBY tomonidan ta’sis etilgan. Bayram sanasi sifatida esa 2 aprel 1805 yilda tug‘ilgan daniyalik mashhur bolalar yozuvchisi Xans Kristian Andersenning tavallud sanasi asos qilingan.
Bahor oyining ikkinchi oyida Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan jahonda ko‘plab yangi bolalar adabiyoti nashrlarining chop etilishi, yirik kitob yarmarkalarining o‘tkazilishi ham an’ana tusiga kirgan.
O‘zbekistonda ham bu kun keng nishonlanadi va turli tadbirlar o‘tkaziladi. Misol uchun 2016 yilda "Farzandimga kitob sovg‘a qilaman" aksiyasi bo‘lib o‘tgan.
Bolalar va o‘smirlar adabiyoti xalqaro kengashi (International Board on Books for Young People — IBBY) tashabbusi bilan 1967 yildan buyon har yili 2 aprelda Hans Kristian Andersenning tug‘ilgan kunida bolalarda kitob o‘qishga mehr uyg‘otish va e’tiborni jalb qilish maqsadida Xalqaro bolalar kitobi kuni nishonlanadi.
Ma’lumot uchun: IBBY 1953 yilda Shveysariyaning syurix shahrida YuNESKOning Bolalar va o‘smirlar adabiyoti bo‘yicha xalqaro kengashi tomonidan tashkil etilgan. IBBY Nizomiga muvofiq har bir davlatda Milliy sho‘ba tashkil etilishi mumkin, uning asosiy maqsadi — bolalar va yoshlar uchun milliy adabiyotni xalqaro miqyosda rivojlantirish va ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida ijodiy va ijtimoiy kuchlarni birlashtirishdan iborat.
2022 yil yanvar oyidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tashabbusi bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika bolalar kutubxonasi, O‘zbekiston noshirlari va kitob savdosi milliy assotsiatsiyasi ishtirokida IBBYda O‘zbekiston Respublikasining Milliy sho‘basi tashkil etildi.
IBBY Milliy sho‘balari Xalqaro bolalar kitobi kunining xalqaro tashkilotchisi (homiysi) bo‘lish imkoniyatiga ega. Tashkilotchi davlat — IBBY ijroiya qo‘mitasi tomonidan tanlov asosida aniqlanadi. Tashkilotchi mavzuni belgilash, butun dunyo bolalariga Murojaat yozish uchun mezbon mamlakatning taniqli muallifini va maxsus afishani loyihalash uchun taniqli rassomni taklif qilish huquqiga ega bo‘ladi. Ushbu materiallar kitob va kitobxonlikni targ‘ib qilish uchun foydalaniladi.
2022 yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni tashkilotchisi — IBBY Kanada Milliy sho‘basi hisoblanadi.
2022 yilgi Xalqaro bolalar kitobi kuni munosabati bilan jahon bolalariga murojaat:
«Hikoyalar, ertaklar qanot yozsa qanday soz,
Ular bergan zavq ila yuraklar qilar parvoz!»
Mutolaa — bu erkinlik. Mutolaa — bu nafas olmoqlikdir.
Mutolaa zavqi, ya’ni kitob o‘qish istagi Seni dunyoga boshqacha ko‘z bilan qarashga o‘rgatadi. Seni yangi va yangi olamlarga boshlaydi, Sen bu yangi dunyolarni sira tark eta olmaysan.
Mutolaa qalbingga orzular havasini soladi.
Kitob — bizning do‘stimiz, deyishadi, darhiqaqat shunday, u — do‘stlarning ham eng sadoqatlisidir.
Sen kitob o‘qiyotganingda qalbingdagi bor ezguliklar bo‘y ko‘rsatadi, o‘sadi, ulg‘ayadi va kamolotga erishadi.
Chindan ham hikoyalar, rivoyatlar — sening qanotingdir. Sen ularning yordamida bepoyon osmonlarda charx urib, o‘zingga manzur kitoblar sari talpinasan, kitoblar esa Seni o‘z qalbing, yuraging hamda aqling tomon boshlab boradilar.
Hikoyalar, rivoyatlar — bamisoli malhamdir. Ular Seni davolaydi.
Ko‘ngligga taskin beradi. Seni ilhomlantiradi. Bilimingni oshiradi. Modomiki shunday ekan, keling, barchamiz baralla: «Yashasin hikoyanavislar, roviylaru baxshilar, o‘quvchilar hamda tinglovchilar!» — deylik. «Yashasin kitoblar!» — deylik.
Zero, ular bizlarni davolaydi, dardlardan forig‘ qiladi. Dunyoni yanada go‘zal, yanada mukammal etadi!
Manbaa: AOKA kanali.
Начало формы
Конец формы
TAYYORLADI: Zomin tuman Axborot-kutubxona markazining Axborot-bibliografiya xizmati
Do'stlaringiz bilan baham: |