1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari


Ona plata bilan tanishish va uning turini, imkoniyatini aniqlash


Download 166.36 Kb.
bet44/73
Sana03.02.2023
Hajmi166.36 Kb.
#1152433
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73
Bog'liq
MATFAK shpargalka

90. Ona plata bilan tanishish va uning turini, imkoniyatini aniqlash
Ona plata. Biz ,,Tizim platasi’’ deb nomlayotgan qurilmamiz o’sha siz bilgan ,,ona plata’’ yoki ,,materinskaya plata’’ dir. Qurilmaga nisbatan ,,ona’’ iborasini ishlatish biroz noqulay bo’lgani uchun biz uni ,,tizim platasi’’ deb nomladik. Inglizchada bu qurilma ,,Motherboard’’ yoki ,,Mainboard’’ deb ataladi.Tizim bloki ochib ko’rilsa, uning yon devoriga vertical ravishda maxkamlab qo’yilgan kattaroq elektron sxemaga ko’zingiz tushadi. Mana shu ,,tizim platasi’’ hisoblanadi. Tizim 3platasi aynan nima ish bajaradi, qanday vazifalari bor, bularni bilish uchun avval tizim bloki (keys)ning ichida qanday qurilmalar borligini va ular nima ish qilishini qisqacha aytib o’tamiz.1.Ozuqa bloki (blok pitaniya). Ma’lumki, kompyuterning barcha qurilmalari elektr energiyasi hisobiga ishlaydi. Lekin, elektr manbalaridan olinadigan elektr energiyasini to’g’ridan-to’g’ri kompyuter qurilmalariga ulab bo’lmaydi. Buning uchun avval elektr toki va kuchlanishini biroz pasaytirish, uni qayta ishlash kerak bo’ladi. Ozuq bloke aynan shu ishni amalga oshiradi. Agar u ishdan chiqsa, kompyuterning birorta qurilmasi ishlay olmaydi. Shuning uchun kompyuter yig’dirayotganimizda quvvati kattaroq bo’lgan ozuqa bloke olish kerak bo’ladi.
2.Tezkor xotira (RAM, DDR). Kompyuterning ishlashi jarayonida oydalanuvchi uchun zarur bo’lgan ba’zi ma’lumotlarni vaqtinchalik saqlab turish kerak o’ladi. Mana shu vazifani tezkor xotira amalga oshiradi. Tezkor xotira ham, boshqa qurilmalar singari, electron sxema ko’rinishida tayyorlangan.3.Doimiy xotira (Hard disk, HDD). Foydalanuvchiga tegishli bo’lgan barcha audio, video, matnli yoki dasturiy ma’lumotlarni saqlab turish uchun kerak bo’lgan qattiq metal yoki keramik disk. Doimiy xotiraga ma’lumotlar o’zidan- o’zi tushib qolmaydi. Unga fleshkalardan, CD yoki DVD disklardan, butusdan, internet tarmog’idan ma’lumotlarni yozish mumkin. Va aksincha, doimiy xotiradagi ma’lumotlarni turli ko’rinishlarda chiqarish qurilmalariga uzatish mumkin: rinterga,monitorga, audio dinamikka va hokazo.4.Protsessor(CPU). Kompyuterga foydalanuvchi tomonidan berilgan buyruqlarni qayta ishlab, bajarish, kompyuter ichida raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash kabi vazifalarni aynan protsessor bajaradi. Protsessor hamma qurilmalar bilan ,,aloqa bo’lib turadi’’. Kompyuterning ishlash tezligi aynan protsessorning takt chastotasiga bog’liq bo’ladi.
5.Videokarta (VGA). Videokarta monitorga uzatilishi kerak bo’lgan qo’zg’almas yoki harakatli,ikki o’lchamli (2D) yoki uch o’lchamli (3D) rang-tasvirlarining hisob-kitobini qiladi. U kompyuterning asosiy protsessoriga va tezkor xotirasiga haqiqiy yordamchi vazifasini o’taydi6.Modem. Agar kompyuterdan internetga mavjud telefon tarmog’I yoki liniyalari orqali ulanmoqchi bo’lsak, bizning kompyuter va tashqi tarmoq o’rtasidagi bog’lanish va moslashish jarayonlarini aynan modem bajaradi7.DVD (CD)ROM.DVD disklardan ma’lumotlarni doimiy xotiraga olish uchun bu disklarni DVD disk yurituvchiga qo’yish lozim.U lazer nuri yordamida diskka ,,o’yib’’ yozilgan raqamli ma’lumotlarni kompyuterga ,,o’qib,tushirib beradi’’

Download 166.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling