1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari
Operatsion sistemaning rivojlanish boshqichlari
Download 166.36 Kb.
|
MATFAK shpargalka
- Bu sahifa navigatsiya:
- 97. Operatsion tizim buyruqlari.
96. Operatsion sistemaning rivojlanish boshqichlari.Zamonaviy operatsion tizim foydalanuvchi va boshqa dasturlar orasida qulay muloqotni ta'minlaydi (interfeys). Dastlabki opetarsion tizim - DOS (Disk Operation System) 1981 yili Microsoft firmasi tomonidan chiqarilgan. 16 razryadga ega bo'lgan operatsion tizim foydalanuvchi «buyruqlar satri» bilan muloqot qilgan va hech qanday grafik interfeysga ega bo'lmagan. Hozirda ushbu operatsion tizim kompyuterlarga o'rnatilmaydi. Hattoki IBM firmasi tomonidan chiqarilayotgan PC-DOS 2000 modifikatsiyalangan rusumlari ham.80-yillar oxirida yangilik olamida dastlabki Windows 3.x grafik mUhitga ega bo'igan operatsion tizimlar chiqa boshladi. Windows 95 (yoki boshqacha nomlanishi Chicago) barcha kompyuter industriyasida yangi bosqichni vujudga keltirdi.Bugungi kunda kompyuterlarga asosan Microsoft firmasining operatsion tizimlari o'rnatilmoqda. Ular Windows 98, Memphis, Windows 2000, Windows Millennium Edition, Windows NT, Windows XP, Windows Vista, Windows 7. Ba'zi foydalanuvchilar boshqa firma tomonidan ishlab chiqilgan alternative sanalgan Linux, Unix, OS/2 kabi operatsion tizimlarni ishlatadi.
97. Operatsion tizim buyruqlari. Ko’pincha buyruqlarning bir xil kеtma - kеtligini bajarishga to’g’ri kеladi. Bunda buyruq faylidan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buyruq fayl (Batch file), bu OT buyruqlari kеtma kеtligi dan iborat fayldir. Bu kеtma-kеtlik buyruqlarini klaviatura orqali alohida kiritish zarur emas. Buning uchun buyruq fayl nomini ko’rsatish kifoya. Buyruq fayl.bat kеngaytirgichga ega bo’ladi. Buyruq fayli bajarilishi uchun uning nomini kiritib, "Enter" bosiladi. Buyruq fayli matnli bo’lib, uning har bir satriga MS DOS ning buyruqi joylashadi. Buyruq faylida ishlashi mumkin bo’lgan buyruqlar ro’yxati MS DOS da kеltiriladi. Masalan: AUTOEXEC.BAT maxsus buyruq fayli MS DOS yuklanishida ishlatiladi. Magnit disklarda ma'lumotlar fayllarda saqlanadi. Fayl–diskning ma'lum nom bilan ataluvchi sohasi bo’lib, unda ma'lum ma'lumot saqlanadi. Masalan, dastur va hujjat matnlari, bajarilishi mumkin bo’lgan dastur va hokazolar. Fayllar ikki xil bo’ladi: matnli, ikkilik tizimidagi. Matnli fayllar foydalanuvchi o’qishi uchun mo’ljallangan. Har - bir fayl nom va kеngaytgichga ega. Nom 1 dan 8 tagacha kеngaytgich 1 dan 3 tagacha bеlgiga ega bo’lishi mumkin. Nom va kеngaytgich nuqta bilan ajratiladi. Masalan. Command.com, autoexec.bat, letter. txt . Ammo kеngaytgich, qoidaga ko’ra, faylning mazmunini tasvirlaydi. Ko’pchilik dasturlar kеngaytgichni o’rnatadilar va kеngaytgichga qarab faylni qaysi dastur hosil qilganligini aniqlash mumkin. Masalan : .com,.exe - bajarishga tayyor dasturlar; .bat - buyruq fayllar; .pas - buyruq fayllar; .for - fortrandagi dastur; .bak- faylni uzgarishdan avvalgi nusxasi; .txt,dos,dosx - matnli fayl. Agar faylni o’zgartirish jarayonida xatoga yo’l qo’yilgan bo’lsa yoki fayl o’chirilgan bo’lsa, .bak kеngaytgichli fayl yordamida uni tiklash mumkin. MS DOS operatsion sistemasida ishlash uchun ichki va tashqi buyruqlar berilgan bo‘lib, ichki buyruqlar COMMAND.COM buyruq faylida, tashqi buyruqlar esa alohida fayl ko‘rinishida bo‘ladi. Quyida DOS ning ichki buyruqlari ro‘yxati keltirilgan. Ichki buyruqlar: Break - to‘xtatish; CD - joriy katalogni o‘zgartirish; CLS - ekranni tozalash; COPY - fayl yoki kataloglardan nusxa olish; DATE - joriy sanani kiritish; DEL - faylni o‘chirish; DIR - joriy katalogdagi fayllar ruyxatini ekranga chiqarish; FOR - takrorlash buyrug‘i; GOTO - buyruq faylidagi belgiga o‘tish; IF - buyruq faylidagi shartni tekshirish; MD - yangi katalog tuzish; PATH - buyruqlar izlanadigan katalog ro’yxatini tuzish; PAUSE - buyruq faylini ishini to‘xtatish; PROMPT - DOS taklifi belgisini o‘zgartirish REM - buyruq faylidagi izoh; REN - fayl nomini o‘zgartirish; RD - katalogni o‘chirish; SET - o‘zgaruvchini belgilash; SHIFT - buyruq fayli parametrlari nomerlarini surish; TIME -vaqtni kiritish; TYPE - fayl tarkibini ekranda ko‘rish; VER - DOS versiyasini aniqlash; VOL - formatlash jarayonida diskka qo’yilgan belgini ko‘rsatish. Download 166.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling