1-savol: Amaliy dasturiy taʼminot va ularning turlari


Operatsion sistemaning yangi turlarining imkoniyatlari


Download 166.36 Kb.
bet45/73
Sana03.02.2023
Hajmi166.36 Kb.
#1152433
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73
Bog'liq
MATFAK shpargalka

91. Operatsion sistemaning yangi turlarining imkoniyatlari.
Zamonaviy operatsion tizim foydalanuvchi va boshqa dasturlar orasida qulay muloqotni ta'minlaydi (interfeys). Dastlabki opetarsion tizim - DOS (Disk Operation System) 1981 yili Microsoft firmasi tomonidan chiqarilgan. 16 razryadga ega bo'lgan operatsion tizim foydalanuvchi «buyruqlar satri» bilan muloqot qilgan va hech qanday grafik interfeysga ega bo'lmagan. Hozirda ushbu operatsion tizim kompyuterlarga o'rnatilmaydi. Hattoki IBM firmasi tomonidan chiqarilayotgan PC-DOS 2000 modifikatsiyalangan rusumlari ham.
80-yillar oxirida yangilik olamida dastlabki Windows 3.x grafik mUhitga ega bo'igan operatsion tizimlar chiqa boshladi. Windows 95 (yoki boshqacha nomlanishi Chicago) barcha kompyuter industriyasida yangi bosqichni vujudga keltirdi.
Bugungi kunda kompyuterlarga asosan Microsoft firmasining operatsion tizimlari o'rnatilmoqda. Ular Windows 98, Memphis, Windows 2000, Windows Millennium Edition, Windows NT, Windows XP, Windows Vista, Windows 7. Ba'zi foydalanuvchilar boshqa firma tomonidan ishlab chiqilgan alternative sanalgan Linux, Unix, OS/2 kabi operatsion tizimlarni ishlatadi. Bugungi kunda zamonaviy kompyuterlarda grafik interfeysga ega bo’lgan (CUI) operatsion tizimlar ishlatiladi.


92.93. Operativ xotira.
Foydalanuvchi tomonidan bajarilayotgan amallarni ma’lum bir muddatga saqlab turish uchun mo’ljallagan xotira operativ xotira deyiladi.Operativ xotira kompyuterning asosiy qurilmalaridan biri bo'lib,u energiyaga bog'liq xotira hisoblanadi, yani undagi ma`lumotlar kompyuterni energia manbaidan uzganingizda o'chib ketadi.
Operativ xotirani kompyuterda bajaradigan vazifasi shundan iboratki, ayni damda ekranda ko'rsatib turilgan ma`lumot va miktoptotsessor yuklagan jarayonlarni saqlab turish uchun ishlatiladi. Mikroprotsessor biror jarayonni ko'p marta ishlatsa, va ayni damda ishlab turgan dasturlar uchun kerakli jarayonlarga ko'p marta murojaat qilishga to'g'ri keladigan bo'linsa, uni xar safar qattiq diskdan borib o'qib kelavermaslik uchun ham operativ xotiraga yuklab qo'yadi. Operativ xotirani quyidagi parametrlari bor:
Tip : operativ xotirani bugungacha bir necha xil tip (tur)lari bor. Bular
-SIMM;
-DIMM;
-DDR
-DDR2
-DDR3
bular bir-biridan ko'rinishi, xotiraxajm, chastotasi va boshqa parametrlari bilan farqlanadi.
Operativ xotira xajmi: tipidan kelib chiqib bir-biridan farqlanadi. Ona platada operativ xotira qurilmasi uchun 2 va undan ortiq joy bo'lishi ham mumkin. Bugungi kunga kelib DDR3 turidagi operativ xotiralarni3-4 Gb xajmlilari va undanda yuqori hajmlilari ham bor. DDR2 turidagi operativ xotiralarda 1-2 Gb yuqori hajm hisoblanar edi. Operativ xotirani xotira xajmi haqida gap ketganida operatsiontizimni ham hisobga olish kerak bo'ladi. Chunki agar, operatsion tizim maksimum 2 Gb ma`lumot bilan ishlay olsayu, operativ xotira hajmi 8 Gb bo'lsa, unda qolgan 6 Gb ishlatilmay yotaveradi. Tuzlishi jihatidan DDR3 - DDR2 dan ancha kichikroqko'rinishda bo'lsada, ko'pgina parametrlari undan yuqoridir.
Chastotasi: bu ona plata bilan ma`lumot almashish vaqtida operativ xotira kanalidan qanchadir vaqtda (masalan bir sekundda) necha marta ma`lumot o'tish ko'rsatkichidir. Operativ xotira chastotasi haqidagapirilganda, ona platadagi operativ xotira portlari bilan mikroprotsessor orasidagi shinani chastotasini ham hisobga olish kerak, chunki operativ xotira chastotasi 1600 Mhz bo'lsayu, ona platadagi operativ xotirani mikroprotsessor bilan ulovchi shina chastotasi 1066 Mhz bo'lsa,unda maksimal operativ xotira vamikroprotsessor o'rtasidagi ma`lumot almashish tezligi 1066 Mhz dan oshmay turaveradi.

Download 166.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   73




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling