72-savol
Og’zaki bayon qilish metodi qanday amalga oshiriladi?
- Monologik va dialogik bayon qilinadi.
- Yangi mavzu tushuntiriladi.
- Yangi ma’lumotlar beriladi.
- Suhbat, savol-javob o’tkaziladi
73-savol
Suhbat metodining maqsadi
- O’qituvchi to’g’ri qo’yilgan savollar bilan o’quvchilarga ilgari o’zlashtirgan bilimlarni esga tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil qilishga undaydi.
- Yangi mehnat tushunchalari ochib beriladi, mehnat va texnologik jarayonlari haqidagi ma’lumotlar o’rganilib chiqiladi.
- O’quvchilar o’qituvchilar savoliga javob berib boradi.
- O’quvchilardan intervyu oladi.
74-savol
Hikoya va tushuntirish metodiga qo’yiladigan talablar qaysilar?
- Mazmunining to’g’riligi, materialni o’zini oqlagan izchillikda bayon qilish, aniqlik va isbotlilik, bayonning emotsionalligi, o’qituvchining nutq madaniyati
- Faqat 3 ta: mazmunning to’g’riligi, aniqlik va isbotlilik, bayonning emotsionalligi.
- Faqat 2 ta: aniqlik va isbotlilik hamda mazmunning to’g’riligi.
- Faqat aniqlik va isbotlilik.
75-savol
Ko’rgazmali qo’llanmalarni namoyish qilish metodi nimalarga asoslanadi?
- O’quvchilarning o’rganayotgan ob’ektlarini hodisalar va ishlab chiqarish jarayonlarini ko’rgazmali hissiy idrok qilishni ta’minlaydi
- Mehnat va hunar ta’limining o’rganilayotgan ob’ektlarini ko’rgazmali hissiy idrok qilishga asoslangan metoddir.
- O’qituvchi to’g’ri qo’yilgan savollar bilan o’quvchilarga ilgari o’zlashtirgan bilimlarini esga tushiradi va shu asosida yangi bilimlar hosil qilishga undaydi.
- Darsda ko’rgazma va slaydlardan foydalaniladi.
76-savol
Mehnat ta’limini rejalashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak?
- DTS talablariga, o’quv dasturiga, o’quv rejaga.
- Darsni tashkil etilishiga, kirish, joriy va yakuniy instruktajlarga
- O’quv jarayonini aniq tashkil etishdan iborat bo’lib, u didaktika printsiplariga to’la to’kis mos keladigan bo’lishi kerak.
- Davlat ta’lim standartlariga e’tibor berish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |