19-savol
4-sinfda gapning uyushiq bo‘laklarini o‘rganish bilan o‘quvchilarning nima haqidagi bilimlari kengaytiriladi?
- Gap bo‘laklari haqidagi bilim kengaytiriladi.
- Ot so‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi.
- Sifat so‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi
- Olmosh so‘z turkumi haqidagi bilimlari kengaytiriladi
20-savol
Nutqiy xatolar deganda nimani tushunasiz?
- Noo‘rin tanlangan so‘zlar, noto‘g‘ri tuzilgan gaplar, morfologik shakllarni noto‘g‘ri ishlatilishi;
- Sinonim, antonim, frazeologizmlardan noo‘rin foydalanish
- Og‘zaki va yozma nutqning noto‘g‘ri ishlatilishi
- Nutqning mantiqiyligi, aniqligi, til vositalari, ifodaliligi kabi talablarga rioya qilinmasligi.
21-savol
Nutqiy xatolar necha turga ajratiladi va ular qaysilar?
- Lug‘aviy-uslubiy, morfologik-uslubiy, sintaktik-uslubiy;
- Grammatik, morfologik
- Analitik, sintetik
- Lakonizm va ko‘p so‘zlilik
22-savol
Boshlang‘ich sinflarda ko‘proq qaysi xatolar uchraydi?
- Lug‘aviy-uslubiy
- Morfologik-uslubiy
- Sintaktik-uslubiy
- Grammatik.
23-savol
Lug‘aviy-uslubiy xatolarga qaysilar kiradi?
- Bir so‘zni qayta-qayta ishlatish; So‘zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik; Shevaga xos so‘zlardan foydalanish
- Imloviy va punktuatsion xatolar
- So‘zning ma’nosini yoki ma’no qirrasini tushunmaslik natijasida uni aniq ma’nosida ishlata olmaslik
- Sintaktik tuzilmalarning bir xil yoki har xilligi
24-savol
… xatolarga so‘z shaklini, so‘z o‘zgartiruvchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalarni noto‘g‘ri qo‘llashdan kelib chiqadigan xatolar kiradi.
- Morfologik-uslubiy
- lug‘aviy-uslubiy
- imloviy va punktuatsion
- sintaktik-uslubiy
Do'stlaringiz bilan baham: |