1-savol Foiz va stavkalar
Download 22.6 Kb.
|
savoljavob (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inson kapitaliga investitsiya kiritish, ijtimoiy himoya tizimlari va COVID-19 pandemiyasidan keyin elastik va "yashil" tiklanishni ta’minlashga qaratilgan moliyaviy choralarni muhokama qilish.
базавий ставкалар "Олис ҳудудлардаги бюджет ташкилотларига малакали мутахассисларни жалб қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент қарори қабул қилинди.
Қарорга кўра, 2021 йил 1 январдан олис ва чекка ҳудудларда қуйидаги имтиёзлар берилади: -бюджет ташкилотларига ишга қабул қилинган олий маълумотли мутахассисларга БҲМнинг 50 баравари (11 млн 150 минг сўм) миқдорида бир марталик бошланғич ёрдам пули ва уй-жойларни ижарага олганлик учун БҲМнинг 2 баравари (446 минг сўм) миқдорида ҳар ойлик пул компенсацияси тўланади; -оилавий шифокор пунктлари ва оилавий поликлиникаларга ишга қабул қилинган шифокорларга камида 3 йил ишлаб бериш шарти билан 30 млн сўм миқдорида бир марталик бошланғич ёрдам пули, уй-жойи бўлмаганларга эса 3 йил давомида хизмат уй-жойлари берилади ёки БҲМнинг 2 баравари (446 минг сўм) миқдорида ҳар ойлик пул компенсацияси тўланади. Бошланғич ёрдам пули ва ҳар ойлик пул компенсацияси солиқ тўловчининг жами даромадига киритилмайди ҳамда жисмоний шахслардан олинадиган даромад солиғининг солиқ солиш объекти ҳисобланмайди. Мазкур имтиёзлардан ОТМнинг бакалавриати ёки магистратурасини (таълим шаклидан қатъи назар – кундузги, сиртқи, кечки, шунингдек, иккинчи мутахассислик) тамомлаганидан кейин уч йил мобайнида олис ва чекка ҳудудларда жойлашган бюджет ташкилотлари, шу жумладан тиббиёт муассасаларига ишга кирган битирувчилар фойдаланиш ҳуқуқига эга. Бунда уй-жой учун ҳар ойлик пул компенсацияси мутахассис ишга қабул қилинган ойдан бошлаб 36 ойгача тўланади. Олий маълумотли мутахассис ва (ёки) тиббиёт ходими тегишлилиги бўйича олис ва чекка ҳудудда жойлашган бир бюджет ташкилотидан ва (ёки) тиббиёт муассасасидан бошқасига ўтказилганида, ҳар ойлик пул компенсациясини тўлаш белгиланган муддат тугагунга қадар давом эттирилади. Қарорга кўра, 2021 йил 1 мартдан таълим сифати паст мактабларда дарс бериш учун бошқа ҳудудлардан жалб қилинган олий ва биринчи тоифага эга ўқитувчи-педагогларнинг базавий тариф ставкаларига махсус устамалар жорий қилинади. 2-savol
Ma’lumot uchun: Inson kapitalini rivojlantirish loyihasi ijtimoiy adolatni mustahkamlash va iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida insonlarga yanada kengroq va samarali investitsiyalarni amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan global tashabbusdir. Bugungi kunda 81 mamlakat Jahon Banki guruhi bilan ushbu loyiha doirasida inson kapitali natijalarini o‘zgartirish bo‘yicha strategik yondashuvlar ustida hamkorlik qilmoqda. Jahon Banki guruhi Prezidenti Devid Malpass ta’lim va sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni davom ettirish, bu yo‘nalishdagi xarajatlar samaradorligini ta’minlash hamda budjet va moliyaviy imkoniyatlarni yaratish bilan birga inson kapitaliga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Timur Ishmetov o‘z ma’ruzasida 2017 yilda O‘zbekiston hukumati respublikada ochiq bozor iqtisodiyotiga yo‘naltirish, xususiy sektorning rolini mustahkamlash maqsadida iqtisodiy va ijtimoiy o‘zgarishlarning ulkan dasturini ishga tushirganini ta’kidladi. Transformatsiya doirasida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimlarining sifati, ishonchliligi va barqarorligini o‘zgartirish eng muhim choralardan biri hisoblanadi. Islohotlar boshlanganidan buyon hukumat tomonidan qabul qilingan birinchi qarorlardan biri Jahon Banki, BMT agentliklari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish edi. Xususan, 2019 yilda YuNICYeF va JB bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri" axborot tizimi ishga tushirilishi qayd etildi. Dastlab, yagona ijtimoiy reyestr Sirdaryo viloyatida sinovdan o‘tkazildi va 2020 yil sentyabr oyida butun mamlakat bo‘ylab joriy etildi. Ayni paytda yagona ijtimoiy reyestrni yanada takomillashtiriish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda. Ushbu yangi raqamli tizim 20 dan ortiq vazirlik va idoralarning ma’lumotlar bazalarini birlashtiradi va ijtimoiy yordamni aniqlash va qamrab olishdagi bo‘shliqlarni yo‘q qiladi. Shuningdek, joriy yilning fevral oyida barqaror ijtimoiy himoya tizimini yaratish va ijtimoiy integratsiyani ta’minlash uchun 2021-2030 yillarda aholini ijtimoiy muhofaza qilish milliy strategiyasi konsepsiyasi tasdiqlandi. Konsepsiya XMT, Jahon Banki va YuNICYeFning faol yordami bilan ishlab chiqilgan. Download 22.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling