1-savol. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’ekti deganda nimani tushunasiz?
Download 16.85 Kb.
|
1 mavzu Nazorat savollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi bosqich
1 mavzu 1-savol. Fuqarolik jamiyati fanining predmeti va ob’ekti deganda nimani tushunasiz? Javob: fuqarolik jamiyatining shakllanishi, rivojlanishi, har bir milliy davlatda fuqarolik jamiyati qaror topishining umumiy, o’ziga xos qonuniyatlarini va tamoyillarini o’rganish fuqarolik jamiyati fanining predmeti hisoblanadi. 2. Fuqarolik jamiyati fanini asosiy vazifalari nimalardan iborat? Fanning asosiy vaazifalari etib quydagilar belgilangan: -jahon tajribasi va milliy voqeliklarni o‘rganish asnosida fuqarolik jamiyatiga doir konsepsiyalar mazmun-mohiyatini ochib berish; -talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir tushunchalarni tahlil qilishda, unga doir nazariyalarni o‘rganishda har tomonlama ko‘maklashish, ularning jamiyatga doir qarashlarini boyitish; -fuqarolik jamiyati qurish islohotlarida shaxsning rolini ochib berish asnosida talabalarda shaxsiy fuqarolik nuqtai nazarlarni shakllantirishga yordamlashish; -talabalar ongiga fuqarolik jamiyati qurish jarayonida paydo bo‘ladigan muammolar va ularning echimlariga doir bilimlarni singdirish; talabalarga fuqarolik jamiyatiga doir nazariy ishlanmalarni tahlil qilish ko‘nikmalarini shakllantirishlarida ularga har tomonlama ko‘maklashish; taraqqiyotning “o‘zbek modeli” va fuqarolik jamiyatini barpo etishning ilmiy-metodologik asoslariga doir bilimlarni o‘zlashtirishlariga ko‘maklashish; talabalarga huquqiy davlat vafuqarolik jamiyatining asosiy belgilari va o‘zaro ta’sir etish mexanizmlariga doir tushunchalarga doir bilimlar berish; fuqarolik jamiyatini barpo etishning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ma’naviy asoslarini ochib berish; fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi – nodavlat va shaxsiy mulkchilik, tadbirkorlik va fermerlikni rivojlantirishga doir bilimlar berish; talabalar ongini fuqarolik jamiyatining ma’rifiy va ruhiy asosi – milliy ma’naviyatni tiklash va uni rivojlantirishga doir bilimlar bilan boyitish; “Kuchli davlatdan – kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilining mazmun-mohiyatini tushuntirish; “Adolat – qonun ustuvorligida” tamoyilining mohiyati va ahamiyatiga doir bilimlar berish; saylov huquqi erkinligi - fuqarolik jamiyatining muhim mezoni ekanligini asoslash; fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishida jahon tajribasining o‘rnini ochib berish; ijtimoiy innovatsiyalarning fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishiga ta’siri to‘g‘risida bilimlar berish; siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarni erkinlashtirish islohotlarini fuqarolik jamiyatini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berish; jamiyatda fuqarolar manfaatlari muvozanatini ta’minlash masalasi haqida tuShunchalar berish; fuqarolik jamiyatini rivojlantirishda siyosiy partiyalarning o‘rni va ahamiyatini ko‘rsatib berish; nodavlat notijorat tashkilotlarining fuqarolik jamiyati instituti sifatidagi o‘rnini ochib berish; ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishga doir bilimlar berish; fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini yoritib berish; jamoatchilik nazorati va davlat organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlanish masalalarini yoritish; ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida bilimlar berish va yoshlarda faol fuqarolik pozitsiyalarini shakllantirish mexanizmlariga doir bilimlar berish. 3.Fuqarolik jamiyati fanining asosiy tushunchalari mazmuni to‘g‘risida qanday tasavvurlarga egasiz? Fuqarolik jamiyati shakllanishi uzoq jarayon hisoblanib, uning yaralishida ba’zi atama va tushunchalar qo’llaniladi. Bu tushunchalar fuqaro, davlat, jamiyat, davlat hokimyati, siyosiy institutlar, fuqarolarning huquq va erkinliklari, inson huquqlari bo’lishi mumkin. Davlat bo’lish uchun ham ma’lum shart va talablar bo’lib, o’zining hududi, fuqarosi, ramzlari, tili shular jumlasidan. Fuqaro esa shu davlatni tashkil etuvchi asosi aholisi hisoblanadi. Davlat hokimyati qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimyatidan iborat bo;lishi mumkin masalan bizning davlatda ya’ni O’zbekiston Respublikasida. O’zini o’zi boshqaruvchi organlar mahalla, nodavlat, notijorat tashkilotlar bular siyosiy institutlar hisoblanib, fuqarolarning siyosiy ongi, dunyoqarashini o’zgartirib, bilimlarini oshiradi. 4.Fuqarolik jamiyati shakllanishining asosiy bosqichlarini yoritib bering. Fuqarolik jamiyati shakllanishi uch bosqichdan iborat bo’lib: Birinchi bosqich o’z ichiga 1991-2000 yillarni qamrab oladi. Bu davrda, birinchi navbatda fuqarolik jamiyatining shakllanishining asoslari yaratildi. Ikkinchi bosqich (2000-2010 yillar) damamlakatni demokratlashtirish va modernizatsiyalash bo’yicha faol jarayonlar davom ettirildi. 2010 yil 12 noyabrda O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “Mamlakatda demokratik islohatlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi”e’lon qilindi. Bu Konsepsiya mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan ishlarning ikkinchi bosqichiga yakun yasadi va ya’ni – uchinchi bosqichni boshlab berdi. Download 16.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling