1-Savol Morfologiya va sintaksisning munosabati


-Savol Sintaktik birliklar


Download 35.79 Kb.
bet2/6
Sana09.02.2023
Hajmi35.79 Kb.
#1180256
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abulqosimova Sarvinoz

3-Savol Sintaktik birliklar.

Asosiy sintaktik birliklar. Soʻz birikmasi va gap sintaksisning asosiy birliklari. Shunga ko'ra, sintaksis iktida bo'linadi:


1) so'z birikmasi sintaksisi ; 2) gap sintaksisi.
So'zning nutqda o'zaro aloqaga kirishuvidan so'z qo'shilmasi vujudga keladi. So'z qo'shilmasini ikki guruhga birlashtirish mumkin:
1) gap ( Osmon tip- tiniq) ; 2) so'z birikmasi ( rip- tiniq osmon). Ti jamiyatda aloqa qilish, axborot uzatish vositasi hisoblanadi. Axborot uzatish esa gap orqali amalga oshiriladi. Demak, gap fikr ifodalaydi. So'z birikmasi fikr emas, balki so'z kabi tushunchа ifodalaydi. ( Biroq so'z birikmasi ifodalagan tushunchа so'z ifodalagan tushunchadan farqlanadi.) Ko'rinadiki, sintaksisning bosh birligi gap, so'z birikmasi so'z kabi bevosita yoki bilvosita uning tashkil etuvchisidir. Sintaktik birlik- gap va so'z birikmasi so'zning qo'shilishidan hosil bo'lishi, bu qo'shilishning esa turli vosita ( qo'shimchа, yordamchi so'z) va usul ( masalan, tobe aloqaning turi) orqali yuzaga kelishi sintaksisning boshqa sathlar blan zich aloqada ekanligini ko'rsatadi.
Demak, nutqda:
1) so'zlar o'zaro sintaktik aloqaga kirishib, tushunchа ifodalovchi birlik so'z birikmasi vujudga keladi. So'zlarning o'zaro birikib, tushunchа ifodalovchi birlik hosil qilish qonuniyatini o'rganish so'z birikmasi sintaksisining vazifasi ;
2) so'z fikr ifodalashga ixtisoslashgan nutqiy birlik gapni shakllantiradi. Gap hosil qilish qonuniyati bilan gap sintaksisi mashg'ul bo'ladi.


4- Savol Lisoniy sintaktik qolip (LSQ)ning asosiy turlari uni ajratish usullari.

Nutqiy sintaktik birlik sifatida nutqda qoʻllanadigan, sezgi a'zolariga ta'sir qiladigan, o'qish, yozish, aytish, eshitish mumkin bo'lgan so'z birikmasi va gap tushuniladi. Lisoniy sintaktik birlik esa so'z birikmasi va gap hosil qilish qolipi. Lisoniy sathga tegishli boʻlganligi uchun ularni lisoniy sintaktik qolip ( qisqachа LSQ) deb ataymiz. LSQ g'isht qclipiga o'xshaydi. Inson ongida ham so'zlash, nutqni shakllantirish maqsadida leksemalari so'z birikmasi shakliga keltirish, gap hosil qilish qolipi mavjud. Ular LSQ, model, konstruksiya, qurilma deb nomlansa- da, aslida bir tushunchani ifodalaydi. Masalan, kitobni o'qimoq kabi cheksiz birikmani chiqaradigan [ otum kelishigi+ fe'l] so'z birikmasi qolipi qanday nomlanmasin, uning mohiyatiga ta'sir qilmaydi. Qolip va nutqiy hosila ( so'z birikmasi va gap) lar dialektik birlikda. Qolip nutqiy hosilasiz o'lik va jonsiz, nutqiy hosila esa qolipsiz bo'lishi mumkin emas. Quyida LSQ va nutqiy so'z birikmasi hamda gapning bir- biriga o'xshamaydigan, farqli xususiyatini bayon etamiz.


LSQning asosiy turlari. Umuman, qolip asosida birikuvidan vujudga kelgan nutqiy hosilani 3 guruhga birlashtirish mumkin: 1) yasama so'z ;


2) so'z birikmasi ;
3) gap.
( ishla) yasama so'zi [ ish] leksemasi va [-la] morfemasining, kitobni o'qimoq nutqiy so'z birikmasi [ kitob] va [ oʻqi) leksema- larining, O'qidim gapi esa ( o'q leksemasi va [-dim] kesimlik kategoriyasi shaklining birikishidan hosil boʻlgan.
LSQni ajratish usullari. LSQni tiklash
LSQni aniqlashda ham LSQga daxldor boʻlmagan, bir qolipdar chiqqan nutqiy hosilalarning turli- tumanligini keltirib chiqarayotgan hodisalar LSQga bog'liq bo'lmagan nosintaktik hodisalar sifatida ahamiyatsiz deb qaraladi va e'tibordan soqit qilinadi. Masalan, Gulnoraning kitobi nutqiy hosilasining mohiyati, ya'ni LSQini aniqlamoqchi bo'lsak, shu ko'rinishdagi va turdagi so'z birikmalarini tasavvurimizda to'plab, saralaymiz. Shu usulda Muniraning daftari, Sitoraning ruchkasi kabi yuzlab nutqiy so'z birikmalarida [ otatoqli+ oftroshotdan anglashilgan pred./shaxsga tegishli
narsa]
umumiyligini topgandek bo'lamiz. Biroq mening kitobim, uning ruchkasi, bizning uyimiz, qizilning qizili, yashashning zavqi nutqiy birikmasini oldingi so'z birikmalari bilan qiyoslash natijasida ularning farqli ekanligiga, qolipga solib ko'rish natijasida unga joylashmayotganligiga amin bo'lamiz. Zero, LSQning birinchi uzvi ot turkumiga mansub so'z bo'lishi kerak edi. Misollarda esa tobe uzvlar olmosh. Shuningdek, LSQning ikkinchi uzvidagi egalik kategoriyasi III shaxs qo'shimchasi haqida ham shunday deyish mumkin. Yuqorida qoliplarning umumiylik tabiatiga ega ekanligini, unda nutqiy hosilalarning umumiy, bir xil belgilari o'rin olishini ta'kidlagan edik. Shuning uchun nutqiy hosilalardan farqlarni fikran chЕТlashtirib, umumiy belgilami saqlab qolamiz. Keltirilgan birinchi ( tobe) a'zolardagi umumiylik va farqlarni quyidagichа beramiz ( 28- jadval):

Download 35.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling