1-Savol Morfologiya va sintaksisning munosabati


Download 35.79 Kb.
bet1/6
Sana09.02.2023
Hajmi35.79 Kb.
#1180256
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abulqosimova Sarvinoz


1-Savol Morfologiya va sintaksisning munosabati.
Grammatikaning tarkibiy qismlari, o'rganish obyekti. Grammatika deganda tor ma'noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma'noda tilning barchа qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so'z o'zgartirish va so'z biriktirish qoidalari haqida bo'lib, bunda so'z o'zgartirish doirasida so'zshakllari, so'zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o'zgarishi asosida farqlanuvchi so'zning grammatik guruhi so'z turkumi hamda bu hodisalarning mahsuli bo'lmish so'z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o'z- o'zidan ularni o'rganuvchi ikki sohа morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi. Morfologiyaning obyekti so'zning o'zgarish bilan bog'liq, ya'ni morfologik strukturasi. So'zning morfologik strukturasi grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi- morfologik kategoriya, so'zning o'zgarish asosidagi sistemasi ( masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan [ kitob] leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o'zgarish sistemasi), soʻzshakining hosil boʻlish yo'l va usuli, vositaci, bu vositalarning turlari.ning obyekti so'zning o'zgarish bilan bog'liq, ya'ni morfologik strukturasi. So'zning morfologik strukturasi grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi- morfologik kategoriya, so'zning o'zgarish asosidagi sistemasi ( masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan [ kitob] leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o'zgarish sistemasi), soʻzshakining hosil boʻlish yo'l va usuli, vositaci, bu vositalarning turlari.


2-Savol Sintaksisning morfologiya bilan aloqasi.
Tillar o'zaro grammatik xususiyatiga ko'ra ham tasniflanadi. Masalan, o'zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barchа bo'laklami o'z atrofida uyushtirishi, eganing fakultativligi, sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning bo'lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikkiyoqlama aloqaga egaligi, to'ldiruvchi va to'ldirilmish, hol va hollanmish, sifatlovchi va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi kabilar uning boshqa qarindosh tillar bilan birgalikda bir til oilasiga kirishini ta'minlaydi. Ammo bu bir til oilasiga kiruvchi barchа tillar orasidagi farqning mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o'xshashlik, morfologik qurilishida esa farq ko'proq. Til hamishа taraqqiyotda. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga beriladi. Ijtimoiy hayotning o'zgarishi leksikada keskin oʻzgarish yasaydi. Yangi so'zning vujudga kelishi, soʻzlarning tirilishi, iste'moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o'zgarishga befarq, unda faqat vaqt o'z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan oʻzgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta'siri natijasida, masalan, o'zbek tilining morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o'zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday oʻzgarish bo'lib turadi. Masalan, eski o'zbek tilida [-gu] affiksi yordami bilan yasalgan ish otiga [-m], [-ng) affiksi qo'shilib, ushbu so'zning kesim ekanligini koʻrsatgan: Men koʻrgum tipida. Bu hozirgi o'zbek tilida kuzatilmaydi. [ UI, ( alar), ( andin), ( anda), ( koʻzun koʻrub) ( ko'zi bilan ko'rib) kabi qator soʻzshakl fikrimiz dalili. Yoki eski o'zbek tilida Bu sening, Bu mening ko'rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo'lgan. U hozirgi kunda Bu seniki, Bu meniki ko'rinishiga ega. Bu vatan meningdir kabi qurilmalar uning « qoldig'i ».



Download 35.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling