Kurs ishi mavzu: So’zning grammatik strukturasi Topshirdi: Murodova Aziza Qabul


Download 185.26 Kb.
bet1/11
Sana20.06.2023
Hajmi185.26 Kb.
#1630365
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
So’zning grammatik strukturasi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNVERSITETI
Sirtqi ta’lim, Boshlangʻich taʼlim
yo‘nalishi 505-guruh talabasi Murodova Azizaning “Ona tili marfologiyasi” fanidan


KURS ISHI
Mavzu: So’zning grammatik strukturasi
Topshirdi: Murodova Aziza Qabul qildi:


Jizzax – 2023



MUNDARIJA
KIRISH

  1. BOB. SO’ZLARNING GRAMMATIK SHAKLLARI VA MA’NOLARI

    1. Grammatik ma’no va grammatik shakl hamda grammatik kategoriya.

1.2 Grammatik ma’noni ifodalash usullari hamda xususiyatlari

  1. BOB. O`ZBEK TILI GRAMMATIK SHAKLLARINING AMALIY AHAMIYATI

    1. Grammatik shakl va uning turi

    2. O`zbek tili grammatik shakllarining o`rganilish tarixi.

2.3 Grammatik tushunchaning mohiyati va mazmuni


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI

KIRISH




Mavzuning dolzarbligi. Til hamisha taraqqiyotda. Bunda ustuvorlik, asosan, tilning leksik sathiga beriladi. Ijtimoiy hayotning o‘zgarishi leksikada keskin o‘zgarish yasaydi. Yangi so‘zning vujudga kelishi, so‘zlarning «tirilishi», iste’moldan chiqib ketishi kabilar bunga misol. Tilning fonetik va grammatik sathlari ijtimoiy o‘zgarishga befarq, unda faqat vaqt o‘z izini qoldiradi. Chunki yaqin yillarda tubdan o‘zgarishga uchragan ijtimoiy hayotning ta’siri natijasida, masalan, o‘zbek tilining morfologik strukturasi, sintaktik qurilishida o‘zgarish kuzatilmaganligi buning yorqin dalili. Lekin asrlar davomida bunday o‘zgarish bo‘lib turadi. Masalan, eski o‘zbek tilida Bu sening, Bu mening ko‘rinishidagi sintaktik qurilma mavjud bo‘lgan. U hozirgi kunda Bu seniki, Bu meniki ko‘rinishiga ega. Bu vatan meningdir kabi qurilmalar uning «qoldig‘i».
Grammatika ko‘plab tilshunoslik atamasi kabi ikki ma’noli. Bir ma’nosida tilning grammatik qurilishi tushunilsa, ikkinchi ma’nosida tilshunoslikning shu grammatik qurilishni o‘rganuvchi sohasi anglashiladi. Demak, u so‘z va gapning formal-grammatik tomoni – so‘z o‘zgarishi, sintaktik birliklar va ularning turli ko‘rinishi, strukturasi va hosil qiluvchi vositalari, shuningdek, ifodalaydigan grammatik ma’nosini o‘rganadi.
Tillar o‘zaro grammatik xususiyatiga ko‘ra ham tasniflanadi. Masalan, o‘zbek tilida kesimning gap markazi sifatida boshqa barcha bo‘laklarni o‘z atrofida uyushtirishi, eganing fakultativ(ixtiyoriy)ligi, sifatlovchining sifatlanmishdan oldin kelishi, bunda inversiyaning bo‘lmasligi, ega va kesim, qaratuvchi va qaralmishning ikkiyoqlama aloqaga egaligi, to‘ldiruvchi va to‘ldirilmish, hol va hollanmish, sifatlovchi va sifatlanmish, izohlovchi va izohlanmishning bir yoqlama aloqada ekanligi kabilar uning boshqa qarindosh tillar bilan birgalikda bir til oilasiga kirishini ta’minlaydi. Ammo bu bir til oilasiga kiruvchi barcha tillar orasidagi farqning mavjudligini inkor qilmaydi. Masalan, turkiy tillarning sintaktik qurilishida o‘xshashlik, morfologik qurilishida esa farq ko‘proq.

Download 185.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling