Kurs ishi mavzu: So’zning grammatik strukturasi Topshirdi: Murodova Aziza Qabul
Download 185.26 Kb.
|
So’zning grammatik strukturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining predmeti
- Kurs ishining vazifalari
Kurs ishining maqsadi va ob’ekti. Grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va sintaksis yaxlitligi, keng ma’noda tilning barcha qurilish sathi tushuniladi. Aytilganidek, grammatika tilning so‘z o‘zgartirish va so‘z biriktirish qoidalari haqida bo‘lib, bunda so‘z o‘zgartirish doirasida so‘zshakllari, so‘zshakllarini hosil qiluvchi grammatik kategoriya va o‘zgarishi asosida farqlanuvchi so‘zning grammatik guruhi – so‘z turkumi hamda bu hodisalarning mahsuli bo‘lmish so‘z birikmasi va gap bir vujudning ikki tomoni sifatida ajraladi. Bu o‘z-o‘zidan ularni o‘rganuvchi ikki soha – morfologiya va sintaksisni farqlashni ham taqozo qiladi.
Morfologiyaning obyekti so‘zning o‘zgarish bilan bog‘liq, ya’ni morfologik strukturasi. So‘zning morfologik strukturasi -grammatik morfema, grammatik morfema sistemasi - morfologik kategoriya, so‘zning o‘zgarish asosidagi sistemasi (masalan, kitob, kitobning, kitobni, kitobga, kitobda, kitobdan [kitob] leksemasining kelishik kategoriyasi asosidagi o‘zgarish sistemasi), so‘zshaklning hosil bo‘lish yo‘l va usuli, vositasi, bu vositalarning turlari. Kurs ishining predmeti. Tilshunoslik, xususan, o`zbek tilshunosligi hozirgi darajaga yetguncha uzoq tarixiy rivojlanishni bosib o`tdi. Tilshunoslik fani bosib o`tgan uzoq o`tmishga nazar tashlasak, o`zbek tili taraqqiyoti va takomillashuvining olis moziyga borib taqalishiga guvoh bo`lamiz. Shu davr mobaynida boshqa sohalar singari o`zbek tilshunosligining barcha tarmoqlarida ilmiy izlanishlar olib borildi va fandagi yangiliklar hayotda tadbiq etilmoqda. Kurs ishining vazifalari. Grammatik shakllarni grammatik kategoriyani tashkil etgan unsurlar deyish mumkin. Aslida grammatik shakl deganda, maʼlum grammatik maʼnoning moddiy tomoni tushuniladi. Grammatik shakl grammatik kategoriyani tashkil etgan qismlarning bir tomonini — shakliy tomonini ifodalaydi. Shu bois, grammatik kategoriyalar grammatik shakllarning munosabatidan yuzaga kelgan umumiylik, deyilsa mantiqan toʻgʻri boʻlmaydi. Chunki grammatik kategoriya tarkibiga kirgan har bir qism ham, oʻz navbatida, shakl va mazmun munosabatidan tashkil topgan yaxlitlikdir. Shu sababli ayrim mualliflar grammatik kategoriya tarkibiy qismlari uchun grammema atamasidan foydalanmoqdalar. Download 185.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling