Kurs ishi mavzu: So’zning grammatik strukturasi Topshirdi: Murodova Aziza Qabul
Kurs ishining maqsadi va vazifalari
Download 185.26 Kb.
|
So’zning grammatik strukturasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Kurs ishning maqsadi: Boshlang‘ich sinflar o‘quvchilarining gramatik tahlilga o‘rgatish metodikasani yoritib o‘tishdan iborat.
Kurs ishi predmeti: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida Grammatik tahlil malakalarini shakllantirish. Grammatik birliklarni grammatik kategoriyalarga birlashtirishda shu kategoriyaga xos umumlashgan maʼno asos boʻlib xizmat kiladi. Kategoriyaga xos bu umumlashgan maʼno mazkur kategoriyaga birlashgan har bir grammemada takrorlanadi. Shu bilan birgalikda kategoriya doirasidagi har bir grammemaning boshqasidan farq qiladigan maʼnosi ham bor. Ana shu maʼnolar kategoriya unsurlarining oʻzaro zidlanishida asos boʻlib xizmat kiladi. Shunday kilib, kategoriya maʼnosi bilan kategoriya tarkibidagi grammema maʼnosi oʻrtasida tur-jins munosabati mavjud. Kurs ishining tuzilishi.Kirish, asosiy qism, xulosa, foydalangan adabiyotlar ro’yxati. I BOB SO’ZLARNING GRAMMATIK SHAKLLARI VA MA’NOLARIGRAMMATIK MA’NO VA GRAMMATIK SHAKL. GRAMMATIK KATEGORIYA Grammatik ma’no haqida umumiy tushuncha. Ma’lumki, grammatik ma’no ifodalashning turli vositasi mavjud. Masalan, fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vosita shular jumlasidan. Demak, grammatik ma’noni faqat so‘z yoki so‘zshaklga nisbat berish ma’qul emas. Nutqni shakllantiruvchi barcha lisoniy birlik grammatik ahamiyat kasb etishi mumkin. Grammatik ma’no deganda til (fonetik, leksik, morfologik va sintaktik) birliklarning nutqni shakllantiruvchi umumlashma abstrakt ma’nolari tushuniladi. Ta’rifni qisqacha sharhlaymiz. Ko‘rinadiki, ta’rifda uch muhim unsur mavjud. Ular quyidagilar: grammatik ma’noning barcha til birliklariga xosligi; bevosita (!) nutqni shakllantirishi; d) umumlashma va abstraktligi. Keyingi mavzularning birida grammatik ma’no ifodalash usullari haqida fikr yuritganda grammatik ma’no ifodalashning barcha til birliklariga xosligini anglab yetasiz. Grammatik ma’noning bevosita nutqni shakllantirishi deganda shuni tushunish lozimki, lisoniy birlik grammatik ma’nodan xoli qilinsa, u nutq uchun tayyor bo‘lmay qoladi. Masalan, [bola] leksemasining lug‘aviy ma’nosi nutqqa grammatik ma’no vositasida kiradi. Uning kelishik, son, subyektiv baho, hokim yoki tobe uzvlik, qaysi gap bo‘lagi ekanligi kabi grammatik ma’nolari lisoniy sathda yo‘q. Demak, leksema lug‘aviy ma’nosi ustiga ana shu grammatik ma’no qavatlansa, u nutq tarkibiga kira oladi. Grammatik ma’no umumlashma tabiatga ega deganda uning juda ko‘p lisoniy birliklarga birday tegishli, umumiy ekanligi nazarda tutiladi. Masalan, «ot», «sifat», «son» grammatik ma’nosi juda katta miqdordagi so‘zlar uchun umumiy. Lug‘aviy ma’no (semema) har bir leksemada o‘ziga xos va yakka, xususiy bo‘lsa, grammatik ma’no bir turdagi juda ko‘p leksema uchun umumiy. Grammatik ma’noning abstraktligi deganda uning bevosita kuzatishda berilmaganligi nazarda tutiladi. Grammatik ma’no morfologik sathda so‘zlarning umumiy ma’nosi bo‘lgan so‘z turkumlari (masalan, otlarda umumiy predmetlik, fe’llardagi jarayonlilik), shuningdek har bir so‘zshaklning ma’lum bir morfologik kategoriya doirasida qarama-qarshi qo‘yiluvchi ma’nosi (masalan, zamon, shaxs-son egalik, kelishik) sifatida yuzaga chiqsa, sintaksis doirasida predikativlik, so‘z birikmasidagi hokim va tobe uzvlarning, gap bo‘laklarning bir-biriga o‘zaro munosabati sifatida namoyon bo‘ladi. Keng ma’noda so‘z yasalish hodisasi ham grammatik ma’noga daxldor Chunki yasalish natijasida so‘zning turkumlardagi o‘rni o‘zgarib ketadi. Bu esa ularning yangi grammatik tabiat kasb etganligini ko‘rsatadi. Masalan, [aql] so‘zi «ot, mavhum ot, grammatik ma’nolariga ega. Undan [-li] so‘z yasovchi shakli vositasida sifat yasalishi bilan albatta, grammatik ma’noda ham katta o‘zgarish yuz berdi Ko‘rinadiki, birorta lisoniy birlik (bir planli bo‘lgan fonetik birliklardan tashqari) grammatik ma’nodan xoli bo‘lolmaydi. Faqat mustaqil leksemadagina lug‘aviy va grammatik ma’no dialektik bog‘liqlikda bo‘ladi. Sintaktik qolip, yordamchi leksema va grammatik shaklda faqat grammatik ma’no mavjud. Grammatik ma’no grammatik shakllanmagan leksemaning lisoniy mohiyatida mavjud bo‘lishi ham, grammatik shakl yoki grammatik qolip yordamida ifodalanishi ham mumkin. Masalan, (kitoblar) so‘zshaklining «turdosh ot» grammatik ma’nosi boshqa barcha turdosh otda bo‘lgani kabi uning mohiyatida mavjud, «ko‘plik» ma’nosi esa ma’lum bir shakl (-lar) yordamida ifodalangan. Kitobni o‘qimoq birikuvidagi (kitob) so‘zining «tobe uzv» grammatik ma’nosi unga lisoniy sintaktik qolip asosida «yopishtirilgan». - 7 - Download 185.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling