1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu: Farmatsevtik injiniring fanidan fizik kattaliklar va ularni o’lchash. Maqsad


Download 0.54 Mb.
bet121/129
Sana08.11.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1754284
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129
Bog'liq
1-semestr 1-lаborаtoriya ishi mavzu Farmatsevtik injiniring fan-www.hozir.org

Nazorat uchun savollar
1. Quritish jarayoni haqida tushuncha.
2. Quritishning turli usullari.
3. Quritishning turlari. Konvektiv, kontaktli quritish.
4. Quritishning maxsus turlari.
5. Quritish va namlanish orasidagi farq.
6. Dinamik mavozanat va muvozanat namlik haqida tushuncha.
7. Gisterezis haqida tushuncha.
8. Quritish jarayonining mexanizmi.
9. Desorbsiyalanish izotermasi.
10. Sorbsiyalanish izotermasi.
11. Materialning muvozanat namligi.
12. Nisbiy va muvozanat namlikning o’zaro bog’liqligi.
13. Kimyoviy usulda birikkan namlik.
14. Mexanik usulda birikkan namlik.
15. Fizik-kimyoviy usulda birikkan namlik.

Amaliy mashg`ulotni chuqurlashtirish maqsadida aqliy hujum, klaster, elpig’ish usullari va 3x3 texnologiyalaridan foydalaniladi.

Adabiyotlar:
1. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, S.G. Zokirov “Kimyoviy texnologiya asosiy jarayon va qurilmalar” 2003 yil.
2. Z. Salimov, I.S. To`ychiyev “Ximiyaviy texnologiya protsesslari va apparatlari” 1987 yil.
3. N.R. Yusupbekov, H.S. Nurmuhammedov, P.R. Ismatullayev, S.G. Zokirov, U.V. Mannonov “Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarining asosiy jarayon va qurilmalarining hisoblash va loyihalash” 2000 yil.


18-LАBORАTORIYA ISHI

Mavzu: Kristallizatorning hisobi.

Maqsad: Kristallanish statikasi va kinetikasi, kristallanish usullari bilan tanishish.

Nazariy qism.

Kristallanish. Umumiy tushunchalar.
Eritmalardan erigan qattiq komponentlarni kristall holda ajratib olish kristallanish jarayoni deb nomlanadi.
Kristallanishga teskari jarayon eritish jarayoni deb nomlanadi.
Kristall deganda har xil shakldagi, tekis qirralar bilan cheklangan bir jinsli qattiq moddalar tushuniladi.
Kristallanish qattiq moddalarni toza holda olishning asosiy usuli, chunki kristallanish jarayonida har doim shunday sharoit yaratish mumkinki, keraksiz moddalar eritmada qolib, faqat toza modda kristallanadi.
Kristallanish jarayoni kimyo, neft kimyosi, metallurgiya, meditsina, farmasevtika, oziq – ovqat va boshqa sanoatlarda keng miqyosda qo’llaniladi. Kristallanish jarayonini o’tkazishdan maqsad: eritmalardan kristallik fazani ajratish, bir va ko’p bosqichli kristallash usullarida aralashmalarni ajratish; moddalarni aralashmalardan o’ta tozalash; monokristallar yetishtirish.
Kristallanish jarayonida turli o’lchamli kristallar, ya’ni sochiluvchan mahsulot olinadi.
Har doim modda kristallarining o’ziga xos geometrik shakllari bor. Hammasi bo’lib 32 xil kristallar simmetriya o’qlar soni mavjud va ular 7 ta kristallografik guruhga ajratilgan: kubik, trigonal, tetragonal, geksagonal, rombik, monoklin, triklin.
Bir kimyoviy modda bir necha xil kristallar hosil qilishi polimorfizm deb yuritiladi.
O’z tarkibida suv molekulalarini turgan kristall kristallogidratlar deyiladi.
Kristallanish jarayoni ro’y berishi uchun boshlang’ich eritma o’ta to’yingan holatda bo’lishi kerak. Agar, eritmadagi erigan modda konsentratsiyasi uning eruvchanligidan yuqori bo’lsa, bunday eritmalar o’ta to’yingan deb nomlanadi. Lekin, o’ta to’yingan eritmalar noturg’un sistema bo’lgani uchun, undan erigan moddaning ortiqcha miqdori ajralib chiqadi, ya’ni kristallanish jarayoni sodir bo’ladi. Kristallar ajralib chiqishi to’xtagandan keyin to’yingan eritma qoladi
Sanoat texnologik jarayoni 3 bosqichdan iborat: 1) kristallanish; 2) kristallarni eritmalardan ajratish; 3) kristallarni yuvish va quritish.


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling